Katalizator zaharlari
. Katalizatorlar ba‟zi moddalar ta‟sirida o„z faolligini
butunlay yo„qotadi
yoki kamaytiradi, ya‟ni zaharlanadi. Zaharlanish qaytar yoki
qaytmas bo„lishi mumkin.
Qaytar zaharlanishda zahar molekulasi katalizatorning
sirtiga qaytar
adsorbsiyalanadi. Masalan, vodorodni oksidlashda qo„llaniladigan platina
katalizatori
CO
yoki etilen ta‟sirida zaharlanadi.
Ular platina sirtidan
desorbsiyalanganda esa, katalizator yana faol bo„lib qoladi. Ammiak sintezida
qo„llaniladigan katalizatorlar
CO, CO
2
, spirt va suv bug„laridan qaytar zaharlanadi.
Qaytmas zaharlanishda zahar molekulalari barqaror sirt birikmalar hosil qiladi
va natijada desorbilanmaydi. Bunda katalizator faolligini tiklash uchun sirtda hosil
bo„lgan birikmalar parchalanishi kerak.
“Kataliz” bobini o„zlashtirilganlik darajasini
tekshirish uchun savollar
1.
Gomogen katalizatorlarning reaksiya tezligini oshirishdagi ta‟sirining
mohiyati nimada?
2.
Gomogen katalitik reaksiya tezligi gomogen katalizatorning reaksiyadagi
boshlang„ich konsentrasiyasiga bog„liqmi?
3.
Gomogen katalitik reaksiyalarning qanday turlari mavjud?
4.
Kislota-asosli gomogen katalitik reaksiyalarning sinflanishini keltiring.
5.
Maxsus kislotali katalizda katalizator sifatida qanday moddalar qo„laniladi?
6.
Umumiy asosli katalizda katalizator sifatida qanday moddalar qo„llaniladi?
7.
Oksidlanish-qaytarilish gomogen katalitik reaksiyalar mexanizmining
mohiyati nimada?
8.
Gomogen katalizning geterogen katalizdan asosiy farqi nimada?
9.
Gomogen reaksiyada oraliq modda deganda nimani tushuniladi?
10.
Geterogen kataliz deb qanday katalizga aytiladi?
11.
Geterogen katalizning qanday turlari mavjud?
12.
Geterogen katalizda kimyoviy sorbilanish roli qanday bo„ladi?
13.
Geterogen katalizatorlarni tayyorlashning qanday usullari mavjud ?
14.
Katalizatorlarning muhim xususiyatlari nimalardan iborat?
15.
Katalizatorlarning solishtirma
sirt yuzasi deganda nimani
tushunasiz?
16.
Fermentativ katalizda energiya rekuperasiyasi.
17.
Fermentativ katalizning mexanizmi.
18.
Katalizator reaksiyaning muvozanat konstantasiga
qanday
ta‟sir ko„rsatadi?
19.
Katalizator reaksiyaning tezlik konstantasiga qanday ta‟sir
ko„rsatadi?
20.
Gomogen katalitik reaksiyalarni oraliq birikmalar
nazariyasi
orqali tushuntiring.
21.
Zanjir reaksiyalarida katalizatorning roli qanday?
22.
Eritmalardagi
gomogen-katalitik
reaksiyalarning
mexanizmlarini tushuntiring.
23.
Geterogen kataliz qanday bosqichlardan iborat?
24.
Geterogen katalizning qanday nazariyalari bor?
25.
Katalizning multiplet nazariyasi.
26.
Faol ansambllar nazariyasi.
27.
Katalizning elektron nazariyasi.
28.
Katalizning zanjir nazariyasi.
29.
Katalizatorlarga qo„yiladigan talablar.
30.
Katalizatorning ingibirlanishi va regenerasiyasi.
31.
Katalizatorlarni tayyorlash usullari.
32.
Promotorlar. Katalizator zaharlari.