Ona qatlam – cho’kindi cho’kish jarayonida cho’kmalar bilan birga organik qoldiqlar qo’shilib cho’kishidan hosil bo’lgan qatlam.
Oolitlar (yun. oon — tuxum va lithos — tosh) — temir, marganetsning yumaloq va ellips shaklidagi oksid va silikat birikmalari. O. tarkibida, odatda, kalsit, dolomit, aragonit, rodoxrozit, leptoxlorit va b. minerallar ham bo‘ladi. Mayda (mikroskopik) zarra holidan no‘xat kattaligigacha o‘lchamda uchraydi. O.ning 2—5 mm kattalikdagilari pizol itlar deb ataladi.
Orogen - (yun. oros — tog‘ va ... gen) — Yer po‘stining tektonik faol zonasi — geosinklinallar rivojlanishining 2-bosqichi. Bu bosqichda ko‘tarilishlar bo‘lib, tog‘lar yuzaga kelgan. O. terminini fanga avstraliyalik geolog L. Kober (1921) kiritgan. Uning fikricha, O., u kuzatgan Alp tog‘lari singari simmetrik tuzilishga ega bo‘lib, qattiq massalar orasida joylashgan bo‘ladi va ular tomonidan ta’sir qiluvchi bosim ostida yuzaga keladi. Kober O.ni bir necha zonalar (markaziy, tutashgan va chekka) ga ajratishni taklif etib, ularni tavsiflab bergan. Burmali tog‘lar, geosinklinal, geosinklinal sistemadan O. sinonimi sifatida foydalaniladi.
Paleozoy (grekchadan – paleo “qadimgi”, zoy – “hayot”) erasi – unda hozirgilardan juda kam farq qiladigan, lekin ancha yuqori tuzilgan o‘simlik va xayvonlar bo‘lgan. Indeksi Pz, rangi jigarrang.
Paragenezis - (para... va genezis), minerallar paragenezisi — hosil bo‘lish sharoiti umumiyligi b-n o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va Yer po‘stida qonuniyatli birga uchraydigan minerallar. «P.»terminini 1849 y. I. Breytgaupt taklif qilgan. «P.» tushunchasi 1920-y.larda V. I. Vernadskiy asarlarida rivojlantirildi.
Peridotit - o‘ta asosli intruziv tog‘ jinsi. Tarkibi, asosan, olivin (40—90%), piroksen, ba’zan shox aldamchisidan iborat. P.da kremnezyom miqdori SiO2 44% dan oshmaydi. Shuningdek, ikkinchi darajali mineral sifatida magnetit, ilmenit, pirrotin, xromit, shpinel, granat va b., ba’zan platina hamda ayrim nikel minerallari uchraydi.
Plankton - (lot. planktos — sayr qiluvchi) — suv qatlamida yashab, suv oqimi b-n harakatlanuvchi organizmlar majmui. P. tarkibiga o‘simliklar (fitoplankton), bakteriyalar (bakte-rioplankton), hayvonlar (zooplankton) kiradi.
Platforma - Yer po‘stining sust harakatlanadigan qismi, geosinklinallarning aksi xisoblanuvchi kontinentning asosiy struktura elementi. Maydoni bir necha mln. km2 ga yetadi. P. tuzilishi 2 qavatdan iborat. Pastki kavat magmatik, metamorfik va vulkan jinslaridan tarkib topgan. Yuqori qavat cho‘kindi, ba’zan vulkan jinslaridan tuzilgan. Qalinligi 3—7 km dan 9 km gacha, ayrim joylarda undan ham ortiq.
Polimerlanish - bir yoki bir necha turli moddalarning nisbatan oddiy molekulalarining kimyoviy reaksiyaga kirishib murakkab moddalarga aylanishi (polimerlar, sopolimerlar). Organik birikmalarning P. i odatda 500-550 К (225-275 °С) t-rada to‘yinmagan bog‘lanishlar hisobiga yuz beradi. Neft kimyosida P. krekingning gazsimon alkenlarini qayta ishlash orqali suyuq yoqilg‘i va qimmatbaxo maxhsulotlarga aylantirishda muhim reaksiyalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |