Aromatik uglevodorodlar - molekulasida benzol yadrosi bo‘lgan uglevodorodlar. A.u.ning asosiy vakillari benzol (С6Н6) va uning hosilalaridir (mas, toluol — С6Н5 — СН3, stirol — С6Н5— СН = СН2 va b.). Benzol yadrolari kondensirlangan A.u.ga naftalin, antratsen, fenantren va b. kiradi. Ba’zi kondensirlangan A.u.ning molekulasi juda ko‘p benzol yadrosidan tashkil topgan bo‘ladi. (Mac, koronenda 6 ta). A.u.ning asosiy manbai toshko‘mirni kokslash natijasida olinadigan mahsulotlardir. Neftdan ham ko‘p miqdorda A.u. olinadi. Ayrim A.u. sintetik usullar b-n olinadi. A.u. muhim ahamiyatli xilma-xil aromatik birikmalar olish uchun boshlang‘ich mahsulotdir.
Arxey (grekchadan – archaios “juda qadimgi”) erasi – bu erada Yerda xayvon organizmlari рamda o‘simlik organizmlari bo‘lmagan. Indeksi Аr, rangi to‘q pushti.
Asr (yarus) – bu geologik epoxaning bir qismi bo‘lib, davomiyligi bir necha million yilni qamrab oladi. Asrlarning nomlari shu vaqtda rivojlangan yotqiziqlar birinchi bor o‘rganilgan viloyatlar, rayonlar, daryo havzalari, aholi manzillari nomidan olingan bo‘ladi.
Astrofizika - (ostro... va fizika) — astronomiyaning eng katta bo‘limlaridan biri. Osmon jismlarining fizik tuzilishi va xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini, paydo bo‘lishi, rivojlanishi va taqdirini, yuza va ichki qatlamlarida ro‘y berayotgan fizik jarayonlar tabiatini hamda ular orasidagi muhitning fizik xususiyatlarini o‘rganadi.
Atmosfera – yer sharini o’rab olgan havo qobig’i. Yer ustidagi havo tarkibining 80 foizi azot, 19 foiziga yaqini kislorod, bir foizi har xil gazlar (ko’mir gazi CO2, sux bug’i, chang, argon, neon, geliy va boshqa) dan iborat. Yuqoriga ko’tarilgan sari havo suyuqlashadi va harorat pasayadi. Atmosferaning qalinligi bir necha o’n ming km bo’lishiga qaramay, uning asosiy qismi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamga joylashgan. Uning butun massasining taxminan 50% yer sirtidan 5 km balandlikgacha bo’lgan qatlamda, qolgan 50% esa 30-35 km balandlikgacha bo’lgan qatlamda to’plangan. Yer sirtida atmosferaning zichligi 103 g/sm3 bo’lsa, taxminan 700 km balandlikda 10-16 g/sm3 ga teng.
Atom – (yunonocha “atomos” – bo’linmas) kimyoviy elementning, oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir. Atom yadro va elektrondan tashkil topgan.
Atsetilen - cheksiz gasimon uglevodorod С2Н2 (СН=СН). Qaynash t-rasi - 82,5°С. А. xadining quyi a’zosi. Avtogenli payvandlash va mayeriallarni qirqish uchun muhim texnik mahsulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |