Xemofossiliyalar (biologik belgilar, biokimyoviy kazilmalar, relikt moddalar) -organik moddalar va neftda uchraydigan kimyoviy birikmalar. Strukturasi bo‘yicha ba’zi bir biologik moddalar yoki ular parchalari (fragmentlari)ga yaqin. X. ga odatda porfirinlar, izoprenoidli uglevodorodlar, steranlar, terpanlar va b. turdagi to‘yingan politsiklik uglevodorodlar kiritiladi. Neft hosil bo‘lishi haqidagi xoz. zamon farazlariga ko‘ra X. neftni biogen yo‘l b-n hosil bo‘lishining isboti hisoblanadi.
Yonuvchi slanetslar – gilli yoki ohakli, otdatda yupqa qatlamli qo‘ng‘ir-kul rangli, yashilsimon-kul rangli jinslar bo‘lib, ularning tarkibida organik moddalar miqdori 20% dan 60% gacha bo‘ladi.
Zaxira – burg’ilash ma’lumotlari asosida gaz, kondensat, neft, tabiiy bitumlar manbalari miqdorini aniqlash va ular tarkibidagi foydali komponentlarni sanoat miqyosida olishga yaroqliligini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |