Rasm 8.10. M ielinli nerv tolasi tuzilishi va unda kechadigan
jarayonlar. Shvann hujayrasidan mielin pardcw hosil ho lishi.
Nerv tolasining degcreratsiyasi va
regeneratsiyasi
Nerv tolalari butun tana bo‘ylab keng tarqalganligi tufayli ular
ko‘pincha shikastlanadi. Regeneratsiya shikastlangan joyga
bogMiq boMadi. Markaziy nerv sistemasida ham. periferik nerv
sistemasida ham oMgan neyronlar qayta tiklanmaydi. Markaziy
nerv sistemasida odatda nerv tolalarining toMiq regeneratsiyasi
kuzatilmaydi. Ammo, periferik nerv sistemasi tarkibidagi mielinli
nerv tolalari quyidagi sharoitlar mavjud boMgan taqdirda yaxshi
tiklanishi mumkin: a) tegishli neyron tanasi shikastlanmagan
boMsa; b) shikastlangan nerv tolasining qismlari o'rtasidagi
masofa katta boMmasa; v) ushbu aismlar oMtasiga biriktiruvchi
to‘qima o ‘sib kirmagan boMsa. Oxirgi ikkita sharoit nima uchun
276
jarroluar doimo shikasilangan nervning uchlarini bir-biriga tikib
qo'yishga harakat qilishlarini izohlab berad',
Nerv tolalari shikastlanganda shikastlanish darajasiga mos
ravishda ularda muayyan o‘zgarishlar sodir bo'ladi. Agar nerv
qisqa muddatga ezilib qolsa, qon tomirlarining siqilib qolishi
natijasida nerv tolalari faoliyati huzilislii mumkin. Bunda ayniqsa
sezuvchi nerv tolalari tezroq shikactlanadi. Ta’sir bailara*"
etilganidan so'ng. shikastlanish darajasiga qarab sezish yoki
harakat faoliyati bir necha minut, bir necha soat, kun yoki
hafladan so'ng qayta tiklanishi mumkin.
Nerv tolasi kesilganda neyron tanasida, tolaning neyron tanasi
bilan kesilgan joy oralig‘ idagi (proksimal segment) qismida va
shikastlangan joydan key in joylashgan. neyron tanasi bilan
bog'lanmagan pastki bo'lagi (distal segment) da turlicha
o'zganshlar
sodir bo'ladi.
Penferik nervning mielin tolalarini regenerat'iyasida dastlab
(1-1.5 o>) reaktiv jarayonlar rivojlanadi. Tolaning pastga qarab
kituvchi degcneratsiyasi ro‘y beradi: neyron o'wimtasining neyron
tanasi bilan aloqasini yo’qotgan distal qismi to'liq degenatsiyaga
uchraydi va o’ lam. Nerv tolasi periferik qismining to'Iiq
degencratsiyaga uchrashi birinchi marta Uoller tumonidan qayd
qilingani uchun uni ko'pincha “Uoller degeneratsiyasi”, deb
nomlanadi
Uoller dcgcncratsiyasida dastlab o‘q silindrning
shishishi. so'ngra yeniiHib. parchalanishi (fragmentatsiya), mielin
pardaning ham yemirilishi ro'y beradi. O q silindr va mielinni
yemirilish mahsulotlari (detrit) makrofaglar va qisman Shvann
hujayralari tomonidan fagotsitoz qilinadi. Ammo bu yerda
bo'linish qobiliyatiga ega bo'lgan lemniotsitlar saqlanib qoladi va
ularning tez bo' linishi evaziga tolaning distal qismi batamom
yo'qolib ketmaydi. u sekin-asta yangi hosil bo'lgan lemmotsitlar
tasmasi bilan almashinadi. Nerv tolasining proksimal segmentida
yuqoriga ko'tariluvchi degeneratsiya ro‘y beradi: nerv tolasining
proksimal segmentining shikastlangan joyga eng yaqin ozgina
qismida ham degenerativ o‘zgarishlar - retrograd degeneratsiya
ro‘y beradi; keyinchalik neyron o'simtasi proksimal segmentining
qisqarib qolgan oxirida kengayma - retraksion kolba hosil bo'ladi.
277
Neyron tanasi (perikarion)dagi o ‘zganshlar uning shishishi,
tigroliz - tigroid parchalarining erib, yo‘qolib ketishi va yadroning
hujayra tanasining chetiga surilishi bilan kechadi. Tolaning distal
qism emirilish mahsulotlaridan makrofaglar tomonidan odatda 1
hafta ichida tozalanadi. Makrofaglar detritdan tozalashi bilanoq
uning o‘sishi va tiklanish jarayonlari boshlanadi. So‘ngra
shikastlanishdan keying
1—1,5 oy mobaynida perikarionning
strukturasi ham qayta tiklanadi. Makrofaglar Shvann hujayralarini
qo‘zg‘atuvchi interleykin-I ishlab chiqaradi. Shvann hujayralar esa
nervning o‘sishini ta’minlovchi moddalar sckrctsiya qiladi.
Tolaning degeneratsiyaga uchragan qismi (proksimal qismida
ham, distal qismida ham) ning tez bo'linayotgan lemmotsitlari bir
qator bo‘lib joylashib, Byungncr tasmalarini
hosil
q ila d i.
Byungner tasmalari tola yo‘nalishini takrorla>di va kesilgan
joydagi chandiq to‘qima ichiga ham markaziy, ham periferik
qismlardan o‘sib kiradi hamda kesilgan joyda bir-biri bilan birikib,
nerv tolasining struktur yaxlitligini tjnminlaydi. Byungner
tasmalari tayanch va yo‘naltiruvchi vazifalarni bajaradi: ushbu
tasmalar bo‘ylab retraksion kolbadan markaziy segmenlning o‘q
silindri ko‘p sonli kollateral tannoqlar chiqaradi va ular sutkasiga
3-4 mm tezlikda o‘sa boshlaydi hamda nerv tolalarining ortiqcha
o'sishini hosil qiladi. 0 ‘sayotgan nerv tolalari bazal membrana
bilan Shvann hujayralari orasiga kirib boradi.
Byungncr
tasmalarining
lemmotsitlari
o‘sayotgan
o‘simtalarning
o'q
silindrlari atrofida mielin pardasini
hosil qiladi. Shvann
hujayralari tasmalari ichiga kirgan tolalargina saqlanib qoladi. ular
o‘sib innervatsiyadan malirum bo'lgan a’zoga etib boradi va uning
faoliyatini tiklaydi. Shvann hujayralari aksonning o‘sishini
kuchaytiradigan (stimullovchi) omillar va adgeziya molekulalari
man’basidir.
Shvann
hujayralari
ishlab
chiqargan
turli
stimulyatorlar (neyrotrofik omillar) o ‘q silindrga so‘riladi va
retrograd oqim bilan perikarionga etib keladi. Bu omillar
perikarionda oqsillar sintezini kuchaytiradi va uni yuqori darajada
tutib turadi. Shvann hujayralari qayta tiklanayolgan tolada tez
ko‘payadi, bazal membrana komponentlarini, hujayra atrofidagi
matriksni sintezlaydi. Shvann hujayralarisiz aksonlar uzoq
278
masofaga o sa olmaydi. Agar kesilgan nerv tolasining markaziy va
periferik boMaklari bir-biridan uzoq bo'lib, ular o'rtasida
biriktiruvchi toqim ali chandiq hosil bo'lsa yoki nervning
markaziy bo'lagini aksonining periferik bo'Iakning Shvann
hujayralari tasmalari ichiga o‘sib kirishi uchun to'siq (katta
jarohat. yallig'Ianish jarayoni. chandiqning borligi) mavjud bo'lsa,
markaziy bo Iakning aksoni bu yerda tez va tartibsiz o'sadi hamda
amputatsion nevroma (chigal, o'sma) hosil qilishi mumkin.
Amputatsion nevroma keyingi regeneratsiyaga va innervat-
siyaning tiklanishiga halaqit beradi. Uning ta'sirlanishida huddi
avval innervatsiya qilinadigan sohadan chiqayotgandek kuchli
og'riq paydci bo'ladi. masalan, amputatsiya qilingan (kesib
tashlangan) oyoq-qo‘ldagi og'riq (“fanton. og'riqlar) kabi. Bosh
va orqa miyaning shikastlangan nerv tolalari qayta tiklanmaydi,
gipotalamusdagi
sekretor
neyronlarnmg
aksonlari
bundan
mustasnu. Dastlab mikrogliya huiayralari va boshqa gliotsitlar
shikastlangan joyni tozalaydi. So’ngra astrotsitlar bu joyda glial
chandiqni hosil qiladi. Markaziy nerv sistemasining tolalari
regenerate} asmi tajribada. unga periferik nervni ko'chirib
o'tkazish orqali chaqir'sh mumkin. Markaziy nerv sistemasida
nerv tolalarining qayta tiklanmasligining sababi, ehtimol bazal
membranasiz gliotsitlar tiklanayotgan aksonlarga o'tkazish uchun
zarur bo'lgan xemotaksis omillardan mahrum bo'lganligidir.
Ammo, markaziy nerv sistemasining kichik jarohatlarida nerv
to'qimasining plastikligi hiisobiga uning faoliyati qisman qayta
tiklan.shi mumkin.
Nerv oxirlari
Nerv tolalari oxirg’ apparatlar — nerv oxirlari (terminationis
nervorum! hosil qilib tugaydi. Nerv oxirlarining uch turi
larqlanadi: sinapslar - neyronlar orasidagi o'zaro birikishlar;
impulsni ishchi a zolarning to'qimalariga uzatuvchi effektorlar
yoki harakatlantiruvchi nerv oxirlari; retseptorlar (afFektorlar)
yoki sezuvchi nerv oxirlari.
279
N eyronlararo sinapslar
Sinapslar ikkita nerv hujayrasining turli qismlari o‘rtasida hosil
boMadigan birikishlar boMib, impulsni bir neyrondan ikkinchisiga
o ‘tkazish uchun xizmat qiladi. Sinapslar neyronlar zanjiri bo‘ylab
impulsni o ‘tkazishda qutblanishni ta minlaydi. ya’ni impulsni
o ‘tkazish yo‘nalishini belgilab beradi. Agar aksonni elekir toki
bilan ta’sirlansa, impuls ikki tomonga yo‘naladi, lekin neyron
tanasi va uning dendritlari tomon ketayotgan impuls boshqa
neyronga uzatila olmaydi. Faqat akson tenninaliga etib borgan
impulsgina qo‘zg‘alishni sinaps yordamida boshqa neyronga,
mushak yoki bez hujayrasiga uzatishi mumkin. Birinchi neyron
akson shoxchalar'ming terminal oxirlarini joylashgan joyiga qarab
aksodendrik (birinchi neyronning aksoni ikkinchi nevronning
dendritlari bilan sinaps hosil qiladi), aksosomatik (birinchi
neyronning ikkinchisining tanasida tugaydi) va aksoaksonal
(birinchi neyronning aksoni ikkinchi neyronning aksonida
tugaydi) sinapslar tafovut qilinadi. Impulsni o'lkazish yoMiga
ko‘ra sinapslar kimyoviy va elekirik farqlanadi. Kimvoviy
sinapslar impulsni boshqa hujayraga maxsus biologik laol
moddalar — sinaps pufakchalarida boMgan neyromediatorlar
yordamida uzatadi. Sinapslarda ikkita: presinaptik va postsinaplik
qutblar (qismlar) tafovut qilinadi. Sinapsning presinaptik qismi
aksonning terminalidan ibora'
boMsa, postsinaplik qismni
impulslari qabul qiluvchi neyronning tanasi, dendriti yoki aksoni
qilishi mumkin. Presinaptik qism sinaptik pufakchalar. ko'p sonli
mitoxondriyalar va ayrim neyrofilamentlar tutishi bilan ajralib
turadi. Sinaptik pufakchalarning shakli va ichidagi narsalan
sinapsning funksiyasiga bogMiq. Masalan. impuls atselilxolin
yordamida uzatiluvchi sinapslarda (xolinergik sinapslar) diametri
30-50 nm boMgan dumaloq tiniq sinaptik pufakchalar uchraydi.
Parasimpatik va oreganglionar simpatik sinapslar, akso-mushak
sinapslar va markaziy nerv sistemasining ayrim sinapslari xoline
rgik sinapslar hisoblanadi. Neyromediator sifalida noradrenalin
ishlatiluvchi adrenergik sinapslarda yirikroq, diametri 50-90 nm
boMgan va diametri 15-25 nmli zich o‘zak tutgan sinaptik
pufakchalar boMadi. Noradrenalin
postganglionar simpatik
280
sinapslaming mediaiori hisoblanadi. Atsetilxolin va noradrenalin
eng keng tarqalgan mediatorlar hisoblanadi, lekin ularning juda
ko'p boshqa turlari ham mavjud. Nisbatan kichik molekulyar
og'iiiikdagi neyromediatorlar (atserilxolin, noradrenalin, dofamin,
serotonin, glitsin," y-ainin-moy kislotasi, serotonin, gistamin,
glyutamat) i neyropeptidlar- opioidlar (endorfinlar, enkefalinlar,
dinorinlar), R moddasi va boshqalar tafovut qilinadi. Dofamin,
glitsin va y-amin-moy kislotasi torrnozlovchi sinapslaming
mediatori hisoblanadi. Bosh miyada lohlab chiqariladigan endorfin
va enkefalinlar og'riq sezishni pasaytiradi. Lekin ko pchilik
mediatorlar vamos ravishda ko'pchilik sinapslar qo'zg atuvchilar
bo'lib hisoblanadi.
Presmaplik qutb odatda aksonning oxiri hisoblanadi va u o'ziga
xos kengayma - oxirgi to'g'nog'ich hosil qilib tugaydi.
Presinaptik qutb ko’p sonli mitoxondriyalar va diametri 40-100
nm keladigan sinaptik putakchalar tutishi bilan elektron mikros-
kopda yaqqol ajralib turadi. Presinaptik qutbning bevosita sinaps
hosil qilishda va impulsni uzatisnda qatnashadigan plazmolem-
masining yuzasi presinaptik membrana, deb yuriiiladi. Presinaptik
membranada sinaptik pufakchalami presinaptik membrana bilan
qo'shilib, mediaiorni sinaps bo'shlig iga ajralishini ta’minlovchi
kalsiy kanallari joylashgan.
Postsinapuk qutb esa sinapsning impulslami qabul qiluvchi
qismi bo lib. uni hosil qilishda neyronning tanasi, dendriti yoki
aksoni ishtirojj eiishi mumkin. Postsinaptik qutbning bevosita
smaps hosil qilishda qatnashadigan plazmolemmasining yuzasi
postsinaptik membrana. deb ataladi. Postsinaptik membrana
ionkanallarini, nejromediatorlarning retseptorlarini va aynan shu
sinapsga xos bo'lgan mediatorni (mediatorlami) parchalovchi
fermentlarni tutadi. Pre- va postsinaptik membranalar o'rtasid? tor
tirqish - sinaps bo'shlig'i bo'lib, uning kengligi odatda 20 nm
atrofida bo ladi. Membranalar sinaps sohasida sinaps bo'shlig'ini
kesib o'tuvchi filamentlar bilan bir-biriga mustahkam birikkan
(rasm 8.11).
Neyron
plazmolemmasi
bo'ylab
tarqalayotgan
impuls
(depolyarizatsiya-repolyarizatsiya to'lqini) presinaptik qutbga etib
281
kelgach, presinaptik membranani depolvarizatsiyasini chaqiradi.
Depolyarizatsiya presinaptik membranani kalsiy ionlari uchun
o‘tkazuvchanligini oshiradi. kalsiy kanallari ochilib, Sa2+ - ionlari
darhol presinaptik aksoplazmaga kira boshlaydi. Sa2+ - ionlarining
kirishi, o ‘z navbatida, mediator tutgan sinaptik pufakchalarni
presinaptik membrana bilan qo‘shilishiga va pufakcha ichidagi
mediatorni sinaps bo‘ shlig‘ iga ajralishiga olib keladi.
Sinaps bo'shligMga tushgan mediator postsinaptik membrana-
dagi retseptorlarga ta’sir qilib. membranadagi ion kanallarini
ochilishiga
keladi,
postsinaptik
membrananing
tinchlik
potentsialini o‘zgartiradi va uni depolyarizatsiyaga uchratadi, shu
orqali qo‘zg‘alish (yoki tormozlanish) ikkinchi neyronga
uzatiladi. Mediatorning postsinaptik membranaga ta siri juda ham
qisqa vaqt davom etadi (impuls), chunki sinaps bo‘shlig‘ iga
tushgan mediator postsinaptik membranada mavjud boMgan
tegishli ferment tomonidan (masalan, atsetilxolin — xolinesteraza
bilan) darhol parchalanadi. Lekin mediator to parchalangunga
qadar postsinaptik membranani depolyarizatsiyasini chaqirishga
Do'stlaringiz bilan baham: |