Taxminiy mashqlar. Turgan holda qo‘llar yonda, to‘p o‘ng qo‘lda 180° burilib, orqadan chap qo‘lga uzatiladi. Oyoq uchida turib, qo‘llar yonda, to‘p o‘ng qo‘lda, o‘ng oyoqdan vals qadamlari,
«bir» deganda to‘p yerga uriladi, «ikki» deganda chap qo‘l bilan ushlab olinadi, «uch» deganda qo‘llar yonda, chap oyoqdan vals qadamlari, qo‘llar yuqorida, to‘p chap qo‘ldan o‘ng qo‘Iga uzatiladi.
Turgan holda qo'llar yonda, to‘p o‘ng qo‘lda, o‘ng qo‘l bilan chap tomonga (siltash mashqi) bajariladi, to‘pni chap qo‘l bo‘ylab dumalatib, yana chap qo‘l bilan ushlab olish.
Uslubiy tavsiyalar: to‘pm uzatish harakat mutanosibligini buzmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |