Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


-chizma. Jarohatlaming oldini olish tadbirlari sxemasi



Download 9,51 Mb.
bet185/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

4-chizma. Jarohatlaming oldini olish tadbirlari sxemasi

Jarohat!an ishlami yo‘qotib bo‘lmaydi, biroq gimnastikachiga jarohatsiz mashg‘ulotlarning eng yaxshi sharoitini beradigan choralami ko'rish mumkin. Quyidagi sohalarda sportchilar uchun maksimal xavfsiz muhitni yaratish uchun nima qilish mumkin ekanligini ko‘rib chiqamiz:



  • mavsumoldi tibbiy ko‘rik;

  • jismoniy tayyorgarlik;

  • bino va inshootlar inspeksiyasi;

  • ajralmas xavflar;

  • atrof-muhit sharoitlari.


Mavsumoldi tibbiy ko‘rik
Gimnastika bilan shug‘ullanishdan oldin sportchilarga tibbiy ko‘rikdan otish tavsiya qilinadi. U tibbiy aralashishlar ehtimoli katta bo‘lgan sohasiga va yoshlaming xavf guruhidan aniqlashga qaratilgan bo'lishi kerak.
Jismoniy tayyorgarlik
Gimnastikachilar o‘z darajalariga ko‘ra, yetarlicha jismonan tayyor bo'lishlari kerak. Ular muvofiq kardiorespirator chi-damkorlik va mushak shakliga ega bolishlari lozim.
Kardioresperator chidamkorlik — organizmning mushak qisqarishlari uchun kislorod zaxirasini samarali qo‘llash qobiliyati. Sportchilar shakl olayotganda, ulaming tanasi mushaklarga kis-lorodni ancha samarali yetkazib beradi va karbonat angidrid hamda boshqa chiqindilami chiqarib tashlaydi. Ba’zan gimnastika juda katta zo‘riqishm talab qiladi. Tengdoshlariga nisbatan uncha ba-quwat bo‘lmagan yoshlar ortda qolmaslikka urinib, tez-tez zo‘riqadilar, bu esa o‘z navbatida, yengil bosh aylanishiga, ko‘ngil aynishiga, charchoq va jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, bolalar shug‘ullanishi, o‘qishi va dam olishlari kerak. Demak, gimnastikachilar mashg‘ulotnjng har bir bekatida faol, e’tiborli va mashg‘ul boiishlari lozim. Agar

shunday bo‘lsa, ular mavsum davomida mashg‘ulotlarda qatnashib kardioresperator chidamkorlikning ancha yuqod darajasiga erisha-dilar. Biroq, past kardioresperator chidamkorlikka ko‘proq aha-miyat berish va gimnastikachilarga shakl olishda ortiqcha harakatlar qilishlarlga ruxsat bermaslik kerak.

0 ‘ta harsillagan ko‘rinishli yoshlaiga jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash uchun mashg£ulotlardan tashqari sh ug‘ullanishlari ni (nazorat ostida) maslahat bersa bo‘ladimi?
Mushaklar shakli kuch, mushak chidamkorligi, quwat, tez-korlik va egiluvchanlikni o‘z ichiga oladi. Fitnesning bu turi jis­ moniy yetuklik hamda tayyorgarlikning turli usullariga bog‘liq. 0 ‘quvchilar mushak shaklida ancha katta tartibsizlikni namoyish qiladilar. To‘g‘ri shakldagi gimnastikachilar kam jarohatlanadilar, agar jarohatlansalar ham, ulaming shikastlanishi qoida bo‘yicha ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Jarohatlanishdan keyin mushak shakli yaxshi sportchilar tezroq tiklanadilar.


Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish