9.6. Shifokor nazorati va o‘z-o‘zini nazorat qiiish
Shikastlanishlarning oldini olish va shug‘ullanuvchilarnmg salomatligini saqlash uchun ularning jismoniy holati hamda ahvolini shifokor nazoratidan o‘tkazib turish va o‘zini o‘zi nazorat qiiish katta ahamiyatga ega. Shu sababdan, shug‘ulanuvchi biror davolash profilaktika muassasasiga (shifokorlik) jismoniy tarbiya dispanseri, shifokor nazorati xonalari, poliklinikalar, maktablar, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalaridagi shifokorlik xonalariga biriktirib qo‘yiladi va yiliga kamida bir-ikki martadan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bundan tashqari, o‘quv, o‘quv-mashg‘ulot darslarida, musobaqa va yig‘inlarda shifokorlik pedagogiк kuzatuv-
lar o4kazilishi lozim. Ular shifokor va pedagogga shug£u3la-nuvchining ayni paytdagi salomatligi holatini aniqlash hamda undagi kamchiiiklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish imkonini beradi. Har bir mashg‘ulotda awal o‘qituvchi shug‘ullanuvchilaming kay-fiyatini, ahvolini, faoliyat ko‘rsatishga xohishi bor yoki yo‘qligini oydinlashtirib olishi zarur.
Mashg‘ulot jarayonida charchoq va o‘ta charchoq holati o‘z vaqtida aniqlanishi kerak. Uning asosiy belgilari quyidagilar: o'quv jarayoniga e’tiboming pasayishi, lanjlik, loqaydlik; mashq bajarish sifatining yomonlashishi; harakatlar koordinatsiyasining buzilishi; rangning oqarishi, qo‘l va oyoqlarning titrashi va boshqalar.
Bu holatlarida yuklamani kamaytirish murakkab koordi-natsiyali, xavfli harakatlami o‘rganmaslik; mashq va itarilishini yengillashtiruvchi usuliy priyomlarni qo‘llash, ayrim hollarda mashg‘ulotlami to‘xtatish, shug‘ullanuvchini shifokorga jo‘natish lozim.
Kasallikdan keyin yoki mashg‘ulotlardagi uzoq tanaffus tugagach, shug‘ulianuvchi shifokorlaming chuqur tekshiruvidan o‘tishi va o‘quv mashg‘ulotlariga qatnash uchun ruxsat olishi kerak. Bu holda pedagog o‘quv mashg‘ulotlari paytida shifokor tavsiflarini hisobga olishi, tayyorgarlikni esa jadallashtirmasl igi (UJT bilan shug£ullanish, yuklamani pasaytirish, yondashuvlar miqdorini kama>lirish, ilgari yaxshi o‘rganilgan mashqlarni yoki ularning alohida elementlarini bajarishni tavsiya etish), ehtiyot-lashga ko‘proq ahamiyat berish, jismoniy yordam ko‘rsatish hamda shug‘ullanuvchini asta-sekin to‘la hajmdagi ishni baja-rishga olib kelishi shart. 0 ‘quvchilarni o‘quv yoki o‘quv-mashq faoliyatiga shifokor ruxsatisiz yaqinlashtirish qat’iyan man etiladi.
Shikastlanishlaming oldini olishda o‘zini o‘zi nazorat qilish alohida o‘rin egallaydi. Maxsus kundalikda sportchining ahvoli, kayfiyati, charchash darajasi, vazni, yurak urishi, ishtahasi, uyqusi, og'riq sezgilari qayd etiladi; ish, dam olish, ovqatlanish to‘g‘ri tartibiga rioya qilish inobatga olinadi.
Shikastlanishlaming oldini olishda shifokorlik nazorati va o‘zini o‘zi nazorat qilish bo‘yicha targ‘ ibot-tashviqot ishlari katta roi
o‘ynaydi. Bulaming ban o‘quv jarayonini usuliy jihatdan to‘g‘ri qurish imkonini beradi.
Shunday qilib, gimnastika bilan shug‘ullanganda, sport jarohat-larining oldini olish uchun majmuali profilaktika choralarini qo‘llash zarur. 0 ‘quv sport ishlarini o‘tkazish uslubiyati, gigiyenik talablar va tibbiy ta’minot shular jumlasiga kiradi.
Barcha profilaktika tadbirlari nihoyatda muhim, ammo uslubiy xatoliklarni bartaraf etishga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq, chunki jarohatlaming ko‘p qismi o‘rgatish va mashg‘ulot uslubiyatidagi kamchiliklar tufayli paydo bo‘ladi. Shikastlanishlar oldini olishning uslubiy hamda tashkiliy pedagogik choralari o‘quv mashg‘ulot ishlarini rejalashtirish hujjatlarida hisobga olinishi lozim. Jismoniy tarbiya o‘quv muassasalari talabalari shikastlanishlaming oldini olish yo‘llarini sinchiklab o‘rganishlari va ulardan o‘z pedagogik faoliyatlarida foydalanishi, jarohatlar ehtimolini amaliyotdan mutlaqo yo‘q qilishga intilishlari zarur (4-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |