9.5. Ehtiyotlash va yordam berish usnllariga
o‘rgatish
Har bir gimnastika mashqi ehiyotlash, yordam berish va o‘z-o‘zini ehtiyotlashning alohida usullarini bilishni taqozo qiladi. Bu usullarga o‘rgatishda mashq bajarishning to‘g‘ri texnikasi hamda ehtimoliy xatolardan kelib chiqiladi. Bu usullar gimnastika mashqlarini o£zlashtirish bilan bir vaqtda o‘rganiladi. Pedagog ehtiyotlovchining snaryad oldidagi dastlabki holatini, to‘g‘d asosiy turishini, ushlash usuli va agar mashq xato bajarilayotgan bo‘Isa, amalga oshiradigan xatti-harakatlarini tushuntiradi hamda ko‘rsatadi, keyin ehtiyotlash va yordam berish usullariga amalda ishlov beiiladi. Amaliy faoliyatdan tashqari, ishga kirishuvdan awal
har safar ehtiyotlovchidan o‘z vazif'asini qanday bajarish so‘raladi. 0 ‘qituvchi doimo ehtiyotlovchinmg xatti-harakatlarini kuzatib turishi lozim. Ko‘nikmalar puxta egallangandan keyingina ehtiyot lash va yordam berishni mustaqil bajarishga kirishish mumkin, bunda ehtiyotlovchi xavfsizlik texnikasining barcha talablaxiga, shikastlanishlarning oldini olish bilan bog‘liq qoidalaiga qat’iy rioya qilishi shart.
Shug‘ullanuvchilami ehtiyotlash va yordam berish usullariga o‘rgatish zarur, chunki o‘qituvchi mashg'ulot o‘tkazayotganda, o‘zi bir necha guruh o‘quvchilariga ehtiyotlashni ta’minlab bera olmaydi. Gimnastika bilan shug‘ullanadigan har bir sportchi eh tiyotlash va yordam ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishi kerak. Jismoniy tarbiya o‘quv muassasalari talabalari ulami ainaliy mash-g'ulotlar chog‘ida o‘zlashtiradi.
Ehtiyotlash va yordam berishning ta’minlanishi shug‘ulla-nuvchilarda berilgan topshiriq uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi hamda kasbiy bilimdonlikni yuzaga keltiradi.
Erkin va akrobatik mashqlarda qo‘l yoki osma belbog‘lari yordamida ehtiyotlash amalga oshiriladi. Ehtiyotlash vaqtida ar-qonlar bo‘shashtirib ushlanadi, xato harakatlar bajarilganda, yiqi-lish xavfi tug'iladi, ular shu tartibda taranglashtmladi. Murakkab mashqlarning xavfsizligi porolonli chuqurlar va to‘shamalar, pedagoglaming «obkrutkalar»i yordamida ta’minlanadi.
Xoda ustida mashq bajarilganda ehtiyotlovchi xoda bo‘ylab yon tomonda yurib, shug‘ullanuvchi muvozanatni yo‘qotib qo‘ygan har qanday lahzada unga qo‘lini, gimnastika tayoqchasini uzatib, yiqilayotganda ushlab qolisliga tayyor turadi. Snaryad ustiga sakrab chiqish paytida ehtiyotlovchi itariladigan paytda, sakrab tushish paytida esa yon tomonda turib, gimnastikachini bel va qorin soha-sidan tutib turadi. Endi shug‘ullana boshlagan qizlar bilan ish-laganda xodaning ikki tomonida ikki kishi bo‘lib ehtiyotlash tav-siya qilinadi. Ehtiyotlash jarayonida shug‘ullanuvchining oyog‘i-dan ushlab olish mumkin emas.
Baland yakkacho‘p, halqa va har xil balandlikdagi qo‘shpoyada mashq bajarganda, ehtiyotlovchi snaryad tagida yon tomonda turib, qisqa masofaga oldinga va orqaga borib keladi, bu gimnastikachining
harakatlari xususiyatiga bogliq. Ba’zan snaryadning narigi tomo-niga tezlik bilan o‘tib olish zarur bo‘ladi (buni mahorat bilan bajarish kerak), lekin mashqning bajarilishiga xalaqit berish mum-kin emas. Gimnastikachi sakrab tushayotganda, tezgina uning yerga «qo‘nadigan» joyiga o‘tib olish kerak. Ehtiyotlash baland predmet ustida yoki osma belbog‘lar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Past va o‘rtacha qo‘shpoyada bajariladigan mashqlarda ehtiyot lash qo‘llarni poyalar ostidan chiqarib amalga oshiriladi. Past qo‘shpoyada bolalami ehtiyotlaganda, ayrim statik elementlami ijro etayotganda yordam berganda qollami poyalar tepasida tutish ham mumkin'.''Ehtiyotlashning boshqa vositalari sifatida porolon to‘shamalar, osma belbog‘lar, balandliklar, har xil tagliklardan foydalanish mumkin.
Oyoqlami kerib, oyoqlami bukib, egilib tayanib sakraganda ehtiyotlovchi oldinda va gimnastikachi yerga tushadigan joydan yon tomonda turadi; gimnastikachi yo ikki qo‘llab, yelkasidan, yoki bir qo‘l bilan bilagidan, ikkinchisi bilan yelkadan yoxud ko‘k-rak ostidan ushlab olinadi. Yon tomonlama sakrashlar vaqtida ehtiyotlovchining joyi tayanch qo‘l tomondan snaryadning oldida bo‘ladi. To‘ntarilib yoki boshqa murakkab sakrashlar chog‘ida o‘ng tomonda turib, gimnastikachining orqasidan va yelkasidan yoki ko‘krak ostidan hamda orqasidan ushlab olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |