Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joylarga qo‘yi!adigan talablar



Download 9,51 Mb.
bet178/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

9.3. Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joylarga qo‘yi!adigan talablar
0 ‘quv mashg‘ulotlari va musobaqalar jarayonida gimnasti-kachilaming mahoratini oshirish hamda ularning xavfsizligini ta’minlashda mashg‘ulot o‘tkaziladigan joylarning tayyorlanishi va sport asbob-anjomlari sifati muhim ahamiyatga ega. Gimnastika zali o‘lchamlari o‘rnatilgan standartlarga muvofiq, poli silliq bo‘lishi, ayni paytda sirpanchiq bo‘lmas!igi, derazalar maydonining pol maydoniga nisbati bilan aniqlanadigan tibbiy yoritilishi 1:5— 1:6 ga teng bo‘lishi, sun’iy yoritilishi pol sathida kamida 80 lyuksni, zal harorati 15—16° С ni tashkil qilishi lozim. Mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan vaqtda bu yerga muntazam ravishda toza havo kirib turishi shart (haydovchi-tortuvchi ventilyatsiya). Mash-g‘ulotlardan awal va keyin zal obdan shamollatiladi hamda toza saqlanadi.
Mashg‘ulotlaming xavfsizligi snaryadlar va boshqa yordamchi jihozlamingto‘g‘ri o‘matilishigabogtliq. Ulami o‘matishdan oldin ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti tekshiriladi. Bir yilda bir marta snaryadning o'matilishi va uning hamma detallari mustahkamligi sinovdan o‘tkaziladi.
Bu juda muhim, chunki ko‘pgina zallar (ayniqsa, maktablarda) maxsus qurilmagan, bu snaryadlar va boshqa anjomlarning vaqtidan oldin ishdan chiqishiga olib keladi. Zalda snaryadlar devordan va bir-biridan yetarlicha masofada joylashtiriladi. Ular shunday qo‘yilishi kerakki, mashq paytida shug‘ullanuvchilaming ko‘ziga quyosh nuri yoki chiroq tushmasin. Gimnastikachi snaryadni va sakrab tushiladigan joyni yaxshi ko‘rib turishi zarur. Har xil snaryadlami o‘matish va ulaming holati ni tekshirish o‘z xususiyatlariga ega.
Dastakli otni o'matishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: u polda mustahkam turishi, mutlaqo tebranmasligi, dastalari ot tanasiga yaxshilab mahkamlangan va sirti silliq, magneziyadan

tozalangan bo‘lishi, ot ustidagi qoplam kesilmagan, shikastlan-magan bo'lishi shart.


Yakkacho‘pni o£matishda quyidagiJar ta’minlanadi: ustunlar-ning vertikal va grifning gorizontal holati, grifning ustunlarga yaxshi mahkamlanishi; tortib turuvchi moslamalarning me’yorida tarangligi va yakkacho‘pm barqaror mustahkam holatda ushlab turishi; tanderlami burab qo‘yadigan zaxiradagi chuqurliklaming borligi; poldagi plastinkalaming ishonchli mahkamlanishi va uning soz holati. Yakkacho‘pni kerakli balandlikda tez o'matish uchun ustunlarga doimo belgilar qo‘yish tavsiya etiladi.
Qo‘shpoyalarni o‘rnatishda quyidagilar zarur: poyalarning parallel joylashganligini tekshirib turish (ular, har ikkala tomondan bir qo‘i bilan poyani ushlab turish, ikkinchisi bilan vintni burab chiqarish va qayta o‘matish yo‘li bilan ko‘tariladi yoki tushiri-ladi); poyalarning ustunlarga biriktirilishini kuzatib turish, mah-kamlovchi vint va qisqichlarning sozligini, shuningdek, o‘qlaming ustun ichida aylanishini tekshirish, qo‘shpoyalami maxsus ara-vacha yordamida yoki poldan ko‘tarib siljitish; snaryadning turg‘unligini tekshirish.
Har xil balandlikdagi qo‘shpoyalarni o‘rnatishda parallel qo‘shpoya va yakkacho‘plar uchun belgilangan qoidalarga amal qilinadi.
Halqalarni osishda balandlik shug'ullanuvchilarning bo‘yiga mos qilib belgilanadi; troslar qiyish va to‘qishlar holati, shuning­ dek, metall o‘qdagi zanjirning ishonchli mahkamlangani, halqalarda yoriqlarning bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Vaqti-vaqti bilan bloklaming shiftga mahkamlanishi ham sinovdan o‘tkaziladi. Agar halqalarni ng qurilmasi troslar bilan poyaga maxsus mahkamlangan bo‘lsa, ulaming mustahkam]igi yakkacho‘pni o‘matishga qo‘yila-digan talablarga o‘xshash bo‘ladi.
Xodani o‘rnatishda uning yuqori sirti gorizontal holatda, tirnalmagan, shikastlanmagan ekaniga e’tibor berish; ustunlarining polda barqaror turganiga; vintlari va boshqa mahkamlovchi mosla-malari soz holatda bo‘lib, xodani tegishli balandlikda ushlab tur­ ganiga ishonch hosil qilish zarur. Sakrash snaiyadlarini o‘ma~ tishda quyidagilar ta’minlanadi: snaryadlar soz holati va polga




Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish