Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar —



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar — asosan
Kamchatkada, Gavay orollarida, Amerika qita’sining sharqiy qirg‘oq-
larida, Yaponiya, Italiya hududlarida, Yangi Zelandiyada va Yer shari-
ning  boshqa ko‘pgina  joylarida qayd  qilingan. Bu  hodisa yer  ostidan
lava deb ataluvchi massaning katta kuch va shiddat bilan otilib chiqishi
bilan bog‘liqdir.
Insonning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yer
qimirlashlar asosan oxirgi yillarda hisobga  olinmoqda. Bu  yer qimir-
lash yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulot-
larining yer ostidan so‘rib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda
yuz bermoqda.
Inson o‘zining injenerlik faoliyati bilan muayyan geologo-tektonik
sharoit komponentlariga ta’sir etishi, u yoki bu darajada o‘zgartirishi
zilzilaning  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Daryo  vodiylariga
to‘g‘onlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km
2
, hajmi
bir necha yuz km
3
 dan katta bo‘lgan (masalan, Chorvoq suv omborining
umumiy hajmi  2,1 mlrd  m
3
,  suv sathi  maydoni  3640  ga ga  teng)  suv
omborlari vujudga kelmoqda. Yer qa’rida 4000—5000 metr chuqurlikda
yotgan  gaz,  neft  yer  sathiga  so‘rib  chiqarilmoqda,  yer  ostida  uzoq
geologik davrlar mobaynida yotgan ko‘mir ana shu yer qa’rida yondirib
gazga  aylantirib olinmoqda,  ba’zan  vaqtincha  saqlash  maqsadida  yer
ostida  yotgan  tog‘  jinslari  g‘ovaklariga  gaz,  neft  mahsulotlari  yuqori
bosim  ostida  kiritilmoqda,  juda  katta  miqdordagi  mineral  suvlar  yer
ostidan olinmoqda. Yer qa’rining odamlar ta’sir etish joylarida yig‘ila-
yotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi
oqibatida  sodir  bo‘lgan  yer  qimirlashlar  Hindiston,  AQSH,  bizning
jumhuriyatimizda kuzatilganligi fanga ma’lum (Mavlonov va boshqalar,


8 5
1979).  Jumladan,  Chorvoq  suv  ombori  qurilib  bo‘lgandan  keyin  bu
maydonda bir qancha marta yer qimirlashlar bo‘lib o‘tdi. Olib borilgan
tadqiqot ishlarining ko‘rsatishicha, bu yer qimirlashlar o‘zlarining tay-
yorlanish, sodir bo‘lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig‘il-
gan suvning miqdori va yig‘ilgan suvni suv omboridan chiqarilishi tez-
ligi bilan bog‘liq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv
omborining 2,1 mlrd m
3
 dan ortiq suv bilan to‘latilishi jarayonida, suv
ombori tubida yotuvchi tog‘ jinslarining siqilishi va taranglashishi oqiba-
tida  yuz  beradigan  mikrosiniqlar,  darz  ketishlar  va  ularning  nisbiy
harakati sabab bo‘lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me’yorda
chiqarilmasligi va tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib
holatda bo‘shatilishi, o‘zgarishi sababchi ekan.
Respublikamizning G‘arbiy platforma (tekislik) qismida 1976, 1984-
yillarda yuz bergan Gazlidagi 8—10 balli yer qimirlashlarni ba’zi olimlar
ana shu hududdagi mavjud gaz konlarining buzilishi va ulardan gazni
so‘rib olish jarayoni bilan bog‘lashadi.
Gazlida yuz bergan yer qimirlashlarning epitsentri va atrof hudud-
laridagi bor geologik, seysmotektonik, injener-geologik ma’lumotlarni
har tomonlama tahlil qilib ko‘rish natijasida shuni aytish kerakki, 1976-
yilda yuz bergan kuchli yer qimirlashlarning gipotsentri (zilzila o‘chog‘i,
litosferaning ma’lum chuqurlikdagi tog‘ jinslari qatlamlarining uzilish,
surilish joyi) yer qobig‘ining 5—25 km chuqurligi oralig‘ida, 1984-yilgi
yer  qimirlashlarining  gipotsentri  esa  5—20  km  oralig‘ida  joylashgan.
Bu yer qimirlashlarning tayyorlanish mexanizmining asosi shu hududning
tektonik sharoiti, ya’ni yer osidan  o‘tuvchi chuqur Buxoro-Xisor yer
yorig‘ining mavjudligi, tog‘ jinslarining yotish holatlari, ularning tarkibi,
g‘ovaklarining suv va gaz bilan to‘lib turish holati, bukilganlik daraja-
lari  bilan  bog‘liq.  Lekin  yer  qimirlash  hodisasini  vujudga  keltiruvchi
energiyaning yig‘ilishi, sarflanish darajasi, ana shu hududlardan so‘rib
olingan gazning  miqdori, so‘rib olish tabiati,  yer qa’ri tog‘  jinsi qat-
lamlariga tushayotgan tabiiy bosimining mutanosibligi ma’lum daraja-
da buzilganligi oqibatida zilzilaning sodir bo‘lish vaqtini tezlashtirgan.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish