Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER  SHARI  BO‘YICHA  TURLI  KUCHGA  EGA  BO‘LGAN



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

YER  SHARI  BO‘YICHA  TURLI  KUCHGA  EGA  BO‘LGAN
ZILZILALARNING  BIR  YILDAGI  O‘RTACHA  MIQDORI
(Q. N. Abdullabekovdan,  1992)
¹ 
Zilzilalar 
Kuchi 
(magnitudasi) 
Zilzilalarning yillik 
o‘rtacha soni 

Dynyo miqyosidagi fojia 

1—2 

Regional miqyosdagi talafotli 
7—8 
15—20 

Lokal miqyosidagi kuchli 
6—7 
100—150 

O‘rtacha kuchli 
5—6 
750—1000 

Joylardagi kuchsiz shikastlantiruvchi 
4—5 
500—7000 
Zilzilalar odamzod uchun juda katta ziyon keltiradi. Katta mehnat
evaziga  yig‘ilgan  milliardlab  miqdordagi  mablag‘  bir  necha  sekund
mobaynida  yo‘q  bo‘lib  ketishi  mumkin.  Masalan,  Amerika  olimlari
J. T. Alfors  va  boshqalarning  hisoblashlariga  ko‘ra  faqat  Kaliforniya
shtatining o‘zida zilzila bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar 21 mlrd dollarni


8 8
yoki hamma geologik hodisalar va urbanizatsiyalash uchun ketadigan
sarfning 1/3 qismidan ko‘pini tashkil etar ekan (6.5-rasm).
Yer qimirlash hodisasi ba’zan dengiz osti hududlarida ham yuz be-
radi.  Dengiz ostida  bo‘lgan yer  qimirlashlar  ayniqsa halokatli  bo‘lib,
dengiz qirg‘oqlari va dengiz atrofidagi rayonlarga juda ham katta zarar
keltiradi. Dengiz ostida bo‘ladigan yer qimirlashlar tektonik, vulkanizm
hamda o‘pirilish hodisalari bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Dengiz
ostida  yer  qimirlaganda  kuchli  to‘lqinlar  paydo  bo‘lib,  bu  to‘lqinlar
ba’zan 30—40 metr balandlikka ko‘tarilgan holda shiddat bilan bir necha
kilometr quruqlik tomon bosib kiradi. Imoratlarni, yo‘llarni, gidrotexnik
6.3-rasm.  Tojikiston.  1985-yilgi  Qayroqqum  zilzilasi jarayonida  yer  sathida  hosil
bo‘lgan  o‘zgarishlar  (O.M.Borisov  olgan  rasm).


8 9
6.4-rasm.  Gazli.  1984-yilgi  zilziladan  keyin  bazi  bir  imoratlar  holati.
inshootlarni, telegraf-aloqa vositalarini buzib, yer bilan yakson qiladi,
ko‘plab kishilarning halokatiga sababchi bo‘lib, qaytishda butunlay si-
dirib dengizga olib qaytadi. Bunday hodisalar Tinch, Atlantika okeani,
O‘rta Yer dengiz qirg‘oqlarida ko‘plab bo‘lib, yaponlar bu hodisani «Su-
nami» deb ataydilar.
1923-yili  14-aprelda  Ust  Kamchatka  rayonida  bo‘lgan  sunami
hodisasini P.Novograblenov quyidagicha tasvirlaydi (O. K. Langedan):
«1923-yil 14-apreldagi halokat kechasi soat ikkidan oshganda juda kuchli
zarba (Rossiya Forel shkalasi bo‘yicha 5
1
/
2
 ball)bilan boshlanib, bir necha
sekund davom etdi va turar joylarga ancha katta zarar yetkazdi. 15 minut-
dan keyin  dengiz tomondan  kuchli shovqin  eshitildi va  go‘yo dengiz
quruqlikka  bosib  kelayotgandek  bo‘lib  tuyuldi.  Eng  kuchli  shovqin
janubi-g‘arb tomondan yoki oqim bo‘ylab hisoblanganda, Kamchatka
daryosining  o‘ng  tomonidan  eshitildi.  Dengizning  quruqlikka  bosib
kelayotgandagi shovqin nihoyasiga yetgach, daryo bo‘yidagi nerpa ovlash
imoratlari turgan qumtili tomonidan dahshatli qarsillash va yiqilayotgan
imoratlarning gumburlagan ovozi eshitildi. Undan keyin shovqin asta-
sekin pasaya bordi.
Erta tongda havorang tuman tutuni ichida hayratda qolgan kishilar
ko‘zi oldida qo‘rqinchli manzara namoyon bo‘ldi: qumtilida birorta ham
imorat qolmagan edi, aftidan ular gigant to‘lqinlar bilan yuvib olib ketil-
gan bo‘lsa kerak. Nerpa zavodi o‘rnashgan joyda qandaydir bir shaklsiz
uyum ko‘zga tashlanar edi; faqat radiostansiya binosigina omon qolgan.


9 0
Qishloqning janubi g‘arbiy qismi ham o‘sha ofatga yo‘liqqan ba’zi
uylarni tag-tugi bilan olib ketgan, boshqalari esa yarim vayronaga aylanib
qolgan; uchinchilari — suv bilan to‘lib qolgan. Umuman qishloqning
bu qismi noxush vayrona manzaraga aylangan edi.
U yerda yashovchi kishilar dengiz shovqini, to‘g‘rirog‘i, bosib kela-
yotgan  dengiz  to‘lqini  yaqinlashgandan  keyingina  qishloqni  tashlab,
o‘zlariga najot izlab qishloqning o‘rta qismiga yugura boshladilar»
Ana shunday noxush vayronagarchiliklarni, eng ko‘p insoniy talafot-
larni keltirib chiqargan tabiiy ofat — sunami 2004-yilning 26-dekabirida
Osiyoning  janubi  sharqiy  qismida  Hind  okeani  havzasida  yuz  berdi.
Rixter shkalasi bo‘yicha 8—9 balldan oshiq kuchga ega bo‘lgan yer qimir-
lash hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada Indoneziya, Tailand va boshqa ularga
6.5-rasm.  Kaliforniya  shtatida  yuz  beradigan  geologik  jarayonlar  va  urbanizatsiya
oqibatlari  uchun  sarflanadigan  xarajatlarning  1970
2000-yillarga  bo‘lgan  taxminiy
miqdori  (J.T.Alfors  bo‘yicha,  1981)


9 1
yaqin hududlar juda katta zarar ko‘rdi. O‘n bir mamlakatda 230 mingdan
ortiq  kishi  hayotdan  ko‘z  yumdi,  bedarak  yo‘qoldi.  Ming-minglab
kishilar  mayib-majruq  bo‘ldi.  Ayniqsa,  Sumatra  oroli  va  Shri  Lanka
hududlari haddan tashqari zarar ko‘rgan bo‘lib, hayotdan ko‘z yumganlar
soni  Sumatra  orolida  90  mingdan  ortiq,  Shri  Lanka  hududida  30
mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
Zilzila  o‘chog‘i  —  gipotsentrning  vujudga  kelish  chuqurliklari
bo‘yicha: yuza 70 km gacha (qobiq), o‘rta 70—300 (qobiq osti) va chuqur
300  dan  700—750  km  dan  pastda  bo‘lgan  xillarini  ajratish  mumkin.
Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 10—40 km,
ba’zan unga yondosh hududlarda (Pamirda) 70 km gacha chuqurlikda
joylashganligi  qayd  etilgan.  Zilzila  o‘chog‘ining  chuqurligi  o‘zgarishi
bilan uning kuchi ham o‘zgarib borishi aniqlangan (6.2-jadval).
Tabiatda ba’zan eng asosiy — kuchli yer qimirlashlardan 2—8 kun-
dan 30—40 kungacha oldin kuchsiz yer silkinishlari (qimirlashlari) so-
dir  bo‘lib  ham  turadi.  Bunday  asosiy  yer  qimirlashlargacha  bo‘lgan
kuchsiz yer qimirlashlarni fanda  yer qimirlash  forshoklari deb,  asosiy
kuchli yer qimirlashlardan keyin sodir bo‘ladigan kuchsiz yer qimirlash-
larni esa yer qimirlash aftershoklari deb ataladi. Aftershoklar uzoq 1—
2-yil  davom  etishi  ham  mumkin.  Lekin  ularning  kuchi  asosiy  yer
qimirlashlar kuchidan ko‘p holatlarda 100—1000 marotaba kam bo‘lishi
mumkin.
6.2- jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish