Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar —



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar —
birinchi,  ikkinchi  va  uchinchi  guruhga  kiruvchi  yer  qimirlashlarga
nisbatan  juda  ham  bexosdan  yuz  berib,  butun  bo‘ladigan  yer  qimir-
lashlarning 95 protsentdan ortiqrog‘ini tashkil qiladi. Birinchi, ikkinchi
va uchinchi guruhga kiruvchi yer qimirlashlarni oz bo‘lsa-da oldindan
bilish imkoniyati mavjud bo‘lib, to‘rtinchi guruhga kiruvchi yer qimir-
lashlarni oldindan bilish ancha mushkuldir. Chunki o‘pirilish yuz berishi
ehtimoli  bor  rayonni  geologik,  injener-geologik  jihatdan  tekshirib
o‘pirilishning  taxminan  yuz  berish  vaqtini,  hosil  bo‘ladigan  energiya
miqdorini aniqlash, kerakli choralar ko‘rish mumkin. Vulqonlar otilish
harakatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  yer  qimirlashlarni,  ana  shu  vulqon
otilishidan oldin yuz beradigan ba’zi belgilariga qarab aytish mumkin.


8 6
Ma’lumki,  vulqon  otiladigan  joydan  —  krateridan  vulqon  otilishi
boshlanishidan bir necha kun avval tutun chiqa boshlaydi, tutun asta-
sekin quyuqlashadi bu esa vulqonning otilishi yaqinlashayotganligidan
darak beradi. So‘ngra qattiq gulduros ovoz eshitiladi, xuddi shu vaqtda
yer qimirlash hodisasi yuz beradi. Demak, tutun chiqa boshlagan vaqtdan
boshlab  tezlik  bilan,  birinchidan  vulqondan,  ikkinchidan,  yer  qimir-
lashdan hamda bu hodisalar natijasida yuz beradigan talafotlardan qutu-
lish choralari ko‘rila boshlanadi.
Tektonik harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar bir necha
o‘n,  yuz  yillar  mobaynida  yer  qobig‘ining  ayrim  qismlaridagi  jins
qatlamlarining siqilishi, egilib, cho‘zilib, taranglashib borishi natijasida
yig‘ilgan  energiyaning  yoki  yer  qobig‘ining  ma’lum  uchastkalaridagi
radioaktiv  elementlarning  parchalanishi  natijasida  yig‘ilgan  issiqlik
energiyasining sarflanishi bilan bog‘liqdir. Ya’ni yer qobig‘ining ma’lum
qismlarida yig‘ilayotgan energiya yerning ana shu qismida yotgan jins
qatlamlarini  shunday  darajagacha  siqadi  yoki  taranglashtiradiki,  tog‘
jins qatlamlari qarshilik ko‘rsata olmay qoladi, natijada yer qa’rining
shu qismida  (uzunligi ba’zan  100 km  dan oshadigan)  qattiq yorilish-
portlash  hodisasi  yuz  beradi.  Bu  hodisa  juda  ham  katta  kuchga  ega
bo‘lgan tebranma to‘lqinlarni vujudga keltiradiki, bu to‘lqinlar o‘z nav-
batida turli tomonlarga qarab, juda katta tezlikda tarqaladi. Yer ostida
yig‘ilgan energiyaning sarf bo‘lish markazi, ya’ni yorilish hodisasi yuz
bergan joy gipotsentr deb, uning vertikal chiziq bo‘ylab yer yuzasidagi
proyeksiyasi  epitsentr  deb  ataladi.  Yorilish  markazidan  tarqalgan
tebranma to‘lqin eng avval katta zarba bilan gipotsentrga yetib keladi,
shuning uchun ham bu zonada eng ko‘p vayrongarchiliklar yuz beradi.
Epitsentrga gipotsentrdan yetib kelgan to‘lqinlarning bir qismi epitsentrda
bajargan ishlari evaziga so‘nadi, qolgan bir qismi esa epitsentrdan 360°
radius  bo‘ylab  turli  tomonlarga  tarqaladi.  Bu  to‘lqinlar  epitsentrdan
uzoqlashgan sari kuchsizlanib boradi. Shuning uchun epitsentrda yer-
ning qimirlash kuchi ba’zan 8—9 ball bo‘lsa, epitsentrdan uzoqlashgan
sari bu qiymmat 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1 bo‘lib, oxiri sezilmaydigan darajada
(yoki 0 ga teng) bo‘ladi.
Hisoblashlar natijasida shuni aniqlaganki, gipotsentrda sarf bo‘la-
digan energiyaning kuchi ba’zan 10
24
—10
25
 erg ga yetib, bu bir trillion
ot  kuchiga  teng  kelar  ekan,  yoki  —  Dnepr  GESi  bu  energiyaning
quvvatiga teng keladigan elektr quvvatini ishlab chiqarish uchun 300—
350  yil  tinmay  ishlashi  zarur,  1966-yil  26-aprelda  Toshkentda  yer
qimirlash  vaqtida  gipotsentrda  hosil  bo‘lgan  energiyaning  miqdori
V. I. Ulomovning  ma’lumoti  bo‘yicha  100 000 000 000 000 J  bo‘lib,
quvvati 50 000 000 000  kilovatga  yetgan.
Yuqoridagi zilzila turlaridan eng xavflisi tektonik yer qimirlash bo‘lib,
uni chuqur o‘rganish talab etiladi.


8 7
Tektonik yer qimirlashlarning epitsentri, asosan alp tog‘ hosil qiluvchi
jarayon kuzatilayotgan maydonlarda joylashgan bo‘lib, olimlar tomoni-
dan planetamizda bu harakatlarga moyil bo‘lgan ikkita aktiv seysmik
belbog‘ ajratilgan.
Birinchisi — Tinch okean seysmik mintaqasi hisoblanib, bu mintaqa
Tinch  okeanini  o‘rab  turgan  tog‘lik  oblastlarni  (Amerika  qit’asining
Tinch okean bo‘yi qirg‘oqlarini), shu hududga joylashgan orol va yarim
orollarni (Alyaska, Aleut, Kamchatka, Kuril, Zond, Yangi Gvineya va
Yaponiya) o‘z ichiga oladi.
Ikkinchisi  —  Osiyo  va  Yevropa  seysmik  mintaqasi  hisoblanib,  bu
mintaqa Meksika qo‘ltig‘idan tortib, O‘rta Yer dengiz sohillarigacha,
Kavkaz  va  Markaziy  Osiyo  tog‘lari  osha  yana  Tinch  okeani  seysmik
mintaqasi bilan birlashguncha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga oladi. Bi-
rinchi seysmik mintaqa ikkinchi seysmik mintaqaga qaraganda ancha
aktiv hisoblanib, butun yer yuzida bo‘ladigan yer qimirlashlarning qariyb
68 protsentidan ko‘prog‘i ana shu hududga, qolgan 32 protsenti ikkinchi
mintaqaga va qisman planetamizning qolgan qismlariga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimizdagi yer qimirlash rayonlari asosan ikkinchi mintaqaga
to‘g‘ri kelib, bularga Tyan-Shan sistemasiga kiruvchi tog‘ va tog‘oldi
hududlar kiradi.
Ma’lumki, har yili planetamizda bir necha minglab yer qimirlash-
larni seysmograflar yordamida qayd etiladi (6.1-jadval). Bulardan 100—
170 tasi vayron qiluvchi, fojiali, kuchli bo‘lib, imorat va inshootlarning
buzilishiga,  yer  yuzasida  yoriqlar  paydo  bo‘lishiga,  ming-minglab
insonlarning yostig‘i qurishiga sabab bo‘ladi (6.3—6.4-rasmlar).
6.1-jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish