Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


—3  plitalar chegarasi;  1  —



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 13  plitalar
chegarasi;  1  
 kengayish;  2    surilish;  3    siljish.
6—M.Sh. Shermatov


8 2
yer beti tomon ko‘tarilish jarayonida yangidan yangi tog‘ jinslari hosil
bo‘ladiki,  bu  tog‘  jinslari  keyingi  davrlarda  yer  taraqqiyoti  davrining
butun mezozoy (trias, yura, bo‘r deb ataluvchi davrlarida) erasi bo‘ylab
yemirilish, nurash manbayi bo‘ladi.
Bora-bora  baland-baland  tog‘  tizmalari  pasttekisliklarga  aylana
boradi. Shu hududlarga qayta-qayta bir necha bor dengiz bosib kiradi.
Juda  ham  katta  qalinlikka  (3000—5000  metr)  ega  bo‘lgan  cho‘kindi
tog‘ jinslari: — qumtoshlar, gil tuproqlar, qattiq, bir-birlari bilan birikkan
shag‘al toshlar, ohaktoshlar hosil bo‘ladi.
Uchinchi tog‘ hosil qiluvchi  harakatlar kaynazoy erasining paleo-
gen deb ataluvchi davri oxirlarida sodir bo‘ladi, u alp tog‘ hosil qilish
jarayoni nomi bilan mashhurdir. Juda katta hududlarni egallab turgan
dengiz chekina boshlaydi, bir vaqtlar dengiz tubiga tushib ketgan qari
tog‘  jinslari  (paleozoy  davri  jinslari)  dengiz  bosib  kirganda  ustiga
yotqizilgan mezozoy davrining cho‘kindi tog‘ jinslari bilan birga qaytadan
(dengiz tubi bilan birga) ko‘tarilib chiqa boshlaydi. Shuning uchun ham
bu cho‘kindi tog‘ jinslarini yer yuzasining ko‘p qismlarida qari (devon,
toshko‘mir, perm) tog‘ jinslari ustida yotganini ko‘ramiz. O‘sha davrda
ko‘tarilish harakatlari yerning hamma qismlarida sodir bo‘lgan bo‘lib,
Tyan-Shan sistemasiga kiruvchi hozirgi tog‘ tizmalari (Chotqol, Qura-
ma, Ugom, Pskom va b.), Pomir, Alp, Karpat, And, Oloy, Himolay,
Kopeddog‘ hamda Kamchatka, Kuril orollari xuddi shu davr ko‘tarilish
harakatlarining  mahsulidir. Alp  tog‘  hosil  qilish jarayoni  neogen  deb
ataluvchi davrning oxirlarida o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa-da, bu hara-
katning  davomi  hozirgi  vaqtda  ham  yer  qobig‘ining  turli  qismlarida
davom etib turadi, shuning uchun ham fanda ana shu neogen davri-
ning oxirlaridan boshlab to‘rtlamchi davr mobayida yuz bergan hara-
katlarni eng  yangi yoki neogen-to‘rtlamchi harakatlar  deb, odamzod
paydo bo‘lib, uning tafakkur, fikrlash qobiliyati namoyon bo‘lgan davr-
dan, ya’ni tabiatda yuz beradigan jarayon va hodisalarning paydo bo‘lish
sabablariga qiziqqan va yozib qoldirgan davrdan to hozirgi, biz yashab
turgan vaqtgacha yuz bergan geologik harakatlarni (cho‘kish, ko‘tari-
lish) hozirgi zamon tektonik tebranma harakatlari deb ataladi.
Markaziy Farg‘ona, Toshkent atrofi tog‘lari, adirlari, pasttekislikla-
ri, daryo vodiylarini neotektonika fani usullari nuqtayi nazaridan tahlil
qilib chiqilsa, tog‘larning ko‘tarilishi, botiq sathlarning yanada pasayishi
(cho‘kishi) hamma joyda bir xilda bo‘lmay, butun neogen-to‘rtlamchi
davri mobaynida turlicha darajada turli bosqichlarida yuz berganligini
ko‘rish  mumkin.  Bu  davrlar  ichida  Chotqol  (balandligi  4367  m),
Farg‘ona (4940 m), Oloy (5800 m), Turkiston (5880 m) tog‘lari hozirgi
holatiga ega bo‘ladi. Oloy, Chotqol tog‘lari oralig‘ida Farg‘ona cho‘kmasi
(botig‘i),  Chotqol,  Qurama,  Korjantog‘  oldi  hududida  Toshkent  —
Mirzacho‘l, Chotqol, Pskom tog‘lari oralig‘ida Chotqol botiqlari vujudga
keladi.


8 3
Yuqorida biz ko‘rsatib o‘tgan, ko‘tarilayotgan Chotqol, Qurama, Far-
g‘ona, Oloy, Turkiston tog‘lari tektonik nuqtayi nazardan meganitikli-
nal sturkturalar deb ataladi, ana shu ko‘tarilayotgan strukturalarga qara-
ma-qarshi cho‘kayotgan, pasayib borayotgan strukturalar megasinklinal
tektonik strukturalar deb yuritiladi. O‘zbekiston hududidagi eng yirik
megasinklinal strukturalardan biri bu Farg‘ona cho‘kmasidir. Agar Chot-
qol, Farg‘ona, Turkiston tog‘larida qari paleozoy davri jinslar yer sathida
ochilib  yotgan  bo‘lsa,  Farg‘ona  cho‘kmasida  bu  jinslar  yer  sathidan
10—11 km chuqurlikda yotadi. Demak, tektonik harakatlar natijasida
paleozoy davri jinslari Markaziy Farg‘ona hududining umumiy cho‘ki-
shi natijasida  hozir 9—11 km pastga  tushib ketgan. Uning  ustida yer
taraqqiyotning mezozoy, paleogen, neogen, to‘rtlamchi davrlar jinslari
yotadi. Seysmorazvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Farg‘ona quyi
paleogen jinslari 6,0—7,5 km chuqurlikda yotishi qayd qilingan bo‘lib,
bu jinslarning tarkibi, yotish holatlari o‘sha davr paleogen dengizi tarixi
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Paleogen tog‘ jinslari ustida qalinligi 6,5—7,5 km keladigan quruq-
likda paydo bo‘lgan jinslar yotgan bo‘lib, ulardan neogen davriga to‘g‘ri
keluvchi yotqiziqlar 5 km dan oshiqroqni, to‘rtlamchi davr jinslari 1,4
km  dan  ko‘proqni  tashkil  qiladi.  Bu  jinslarning  hosil  bo‘lishi,  o‘ziga
xos  yotish  holatlari  shu  hududda  yuz  bergan  neotektonik  harakatlar
zaminida yuz beradi.
Hozirgi tog‘ oblastlari ko‘tarila boradi, Markaziy Farg‘ona (hozirgi
Sirdaryo oqayotgan joylar) hududi sekin-asta cho‘ka boradi. Bu ko‘tari-
lish va cho‘kish jarayoni shu kungacha davom etayotgan bo‘lib, Farg‘ona
vodiysi  uchun  neotektonik  harakatning  umumiy  amplitudasi,  ya’ni
ko‘tarilish va  cho‘kish darajasi 12,5 km  ni tashkil qiladi. Bu  esa, o‘z
navbatida, tog‘larning 6000 metrga ko‘tarilganligi, Markaziy Farg‘ona
6500 metrga cho‘kkanligini ko‘rsatadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish