Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

orogenik yoki tog‘
hosil qiluvchi harakatlar deb ataladi.
Hozirgi  vaqtda  tog‘  hosil  qiluvchi  harakatlarni  vujudga  kelishida
gorizontal yo‘nalishdagi kuchlar to‘g‘risidagi, ya’ni plitalar tektonikasi
nazariyasining  salmog‘i  oshib  bormoqda.  Bu  nazariya  birinchi  marta
1915-yili nemis olimi Alfred Vegener tomonidan uning «Materiklar va
okeanlarning hosil bo‘lishi» nomli kitobida olg‘a surilgan bo‘lib, 1950-
yillardan  boshlab  yanada  o‘z  rivojini  topdi.  G‘oya  fanda  «Mobilizm
nazariyasi» nomi bilan ham ma’lum.
Bu nazariyaga binoan, Astenosferaning

ustki qismida qalinligi 70—
100 km bo‘lgan litosfera plitasi yoki uning ayrim qismlari konveksion
2
oqimlar  ta’siri  ostida  harakatga  keladi.  Keyingi  ma’lumotlarning
ko‘rsatishicha, litosfera (yer qobig‘i) qatlamlarining harakati natijasida
Avstraliya qit’asi, Shimoliy Amerika va Gavay orollari Yaponiya tomonga
sekinlik  bilan  siljimoqda.  Avstraliya  va  Gavay  orollari  yiliga  39  sm,
Shimoliy Amerika esa 11 sm tezlikda Yaponiya tomon yaqinlashmoqda.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda sodir bo‘layotgan zilzilalarga sabab qilib
janubdan shimolga qarab harakat qilayotgan Hind plitasi bilan Yevrosiyo
plitalarining to‘qnashuvi ekanligi ham ta’kidlanadi (Abdullabekov, 1992).
Shuning uchun Yevrosiyoning janubiy qismiga Osiyoning tarqoq seys-
mik kamari joylashganligi ham bejiz emas (6.2-rasm).
Tog‘ hosil qiluvchi harakatlar Yerning tarixiy taraqqiyoti davomida
uch  marotaba  sodir  bo‘lganligi  va  yerning  ustki  qobig‘ida  katta
o‘zgarishlar yasaganligi ma’lum. Birinchisi yer tarixiy taraqqiyotining
paleozoy  erasining  boshlarida,  silur  nomi  bilan  ataluvchi  davrning

Astenosfera  —  litosfera  bilan  mantyaning  oralig‘idagi,  qovushoqligi  past,  issiqlik
o‘tkazuvchanligi yuqori, seysmik to‘lqinlar o‘tkazish tezligi nisbatan kam bo‘lgan qatlam
bo‘lib, magmatik jarayonlar manbayi va magma o‘chog‘i hisoblanadi. Uning yuqori che-
garasi okean tubida 50—60 km va quruqlik ostida 100—150 km, pastki chegarasi ularda
400  va  250  km  chuqurlikda  deb  taxmin  qilinadi.

Konveksiya  —  ma’lum  bir  nuqtada  ayni  holatda  ostenosferada  har  xil  sistemali
suyuqlik va gaz massalarining vaqt davomida almashinib turishi natijasida ularning fizik
xususiyatlari  (temperaturasi,  bosimi,  zichligi  va  h.k.)ning  o‘zgarish  jarayoni.


8 1
oxirlarida paydo bo‘lib, kaledon tog‘ hosil qiluvchi jarayon deb ataladi.
Bu davrdagi ko‘tarilish harakatlari Shotlandiya, G‘arbiy Skandinaviya,
Grenlandiya, Zabaykalye rayonlardagi tog‘lar bilan bog‘liq. Bu tog‘lar
o‘z davrida eng baland tog‘lar bo‘lib, uzoq o‘tmishga ega bo‘lganligi,
yemirilish  jarayonlarini  o‘z  boshlaridan  qayta-qayta  kechirganliklari
uchun hozirgi vaqtda ancha pasayib qolgan va balandliklari 1000—1500
metrdan oshmaydi.
Paleozoy erasining toshko‘mir deb ataluvchi davrining oxirlarida tog‘
hosil qiluvchi harakatning ikkinchi fazasi hisoblangan gersen (voris) tog‘
hosil qiluvchi harakatlar boshlanadi. Bu harakat shu eraning Perm davri
oxirlarida tugab, Ural, Oltoy, Tyan-Shan, tog‘larining dastlabki poydevo-
ri xuddi shu davrda paydo bo‘lgan.
Bu harakatlar sodir bo‘lish jarayonida biz yuqorida aytganimizdek
yer  qobig‘i  qatlamlari  katta  kuchga  bardosh  bera  olmay,  burmalarni
hosil qiladi, ba’zi joylaridan sinadi, natijada katta-katta yoriqlar hosil
bo‘ladiki, bu yoriqlar o‘z navbatida yana bir yangi harakatga yo‘l ochib
beradi. Ya’ni yerning pastki qavatlarida yuqori bosim, yuqori temperatura
ostida yotgan magma deb ataluvchi suyuq mineral massaning yuqoriga
yer beti tomon ko‘tarilishiga imkoniyat tug‘iladi. Bu mineral massaning
6.2-rasm.  Yer  litosferasi  plitalarining  xaritasi  (Abidov  bo‘yicha,  1992)

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish