Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

neotektonika fani, hozirgi zamonda yuz berayotgan o‘zgarish-
larni  esa 
hozirgi zamon tektonika  fani  o‘rganadi.  (Bu  sohaga  kerakli
mutaxassislar O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent Davlat
texnika universiteti geologiya va kon-geologiyasi fakultetlarida tayyor-
lanadi).
Paleontologiya fani. Ma’lumki, Yer o‘zining uzoq (4,5—5 milliard)
tarixiy  taraqqiyot  davrini  boshdan  o‘tkazgan.  Ana  shu  uzoq  tarixiy
taraqqiyot  uni  hozirgi  biz  ko‘rayotgan  holatga  keltirgan.  Bu  vaqt
davomida yerning ichki va tashqi qismida katta geologik, geokimyoviy
o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Yerning quruqlik qismi bir necha marta qayta-
qayta dengiz bilan qoplangan va yana quruqlikka aylangan. Shu bilan
birga  iqlim,  hayvonot,  o‘simliklar dunyosi  eralar,  davrlar  mobaynida
o‘zgarib,  rivojlanib,  bir  ko‘rinishdan  ikkinchi  ko‘rinishga,  bir  turdan
ikkinchi turga, soddalikdan murakkablikka  tomon almashilib borgan.
Ularning  qoldiqlari:  gavdalari,  suyaklari,  daraxt  tanalari,  urug‘lari,
po‘stloqlari, shu hayvon va o‘simlik yashagan davrga mansub tog‘ jins
qatlamlari ichida ko‘milib,  qolib ketgan va hozirgacha  ba’zan toshga
aylangan holda saqlanib qolgan.
Paleontologiya  fani  Yer  tarixiy  taraqqiyotining  u  yoki  bu  davrida
yashagan  va  tog‘  qatlamlari  orasida  ko‘milib,  qolib  ketgan,  toshga
aylangan xuddi ana shunday o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini o‘rga-
nadi, ularni sinflarga, guruhlarga ajratadi, yoshini aniqlaydi, tog‘ jinslari
paydo bo‘lgan davr bilan taqqoslaydi, xulosalar chiqaradi.


1 0
Masalan,  bir  xil  hayvon  va  o‘simlik  qoldiqlari  bir  vaqtda  paydo
bo‘lgan  tog‘  jinslari  ichida  uchrab,  keyingi  davr  tog‘  jinslari  ichida
uchramasa yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketsa, demak, o‘sha o‘simlik yoki
hayvon o‘sha tog‘ jinsi paydo bo‘lmagan davrda yoki undan avvalroq
o‘sha hudud atrofida yashagan, keyingi davrda esa yo‘q bo‘lib ketgan,
degan fikrga kelinadi. Agarda ana shunday hayvon va o‘simlik qoldig‘i
Yer sharining boshqa bir yeridan topilsa, ular solishtirilib, o‘sha joylarda
bir xil tabiiy sharoit hukm surgan degan xulosaga kelinadi.
Paleontologiya fani paleozoologiya (o‘tmishda yashagan hayvonlar
qoldiqlarini o‘rganadi) va paleobotanika (o‘tmishda o‘sgan o‘simliklar
qoldiqlarini o‘rganadi) bo‘limlarga ajraladi.
Paleontologlarning chiqargan xulosalari  fan uchun, geologiyaning
boshqa sohalari uchun juda zarur va qimmatlidir.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish