Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Foydali qazilmalar geologiyasi fani



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Foydali qazilmalar geologiyasi fani yer qobig‘i qatlamlaridagi foydali
qazilmalarni, ularning paydo bo‘lishini, tarqalish, joylashish sharoitlari
qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu fan qazilma boyliklarning turiga, paydo
bo‘lishiga, yer qobig‘i jinslarida tarqalishiga qarab rudali va ruda bo‘l-
magan qazilma boyliklar geologiyasi hamda yoqilg‘i (neft, gaz, ko‘mir,
yonuvchi slaneslar) qazilma boyliklar geologiyasi bo‘limlariga ajraladi.
Seysmologiya  fani.  Seysmologiya  so‘zi  yunoncha  «seysmo»
(«Seismos» — yer silkinishi) va lotincha «logos» — fan yoki yer silki-
nishi  to‘g‘risidagi  fan  ma’nosini  anglatib,  yer  ostida  turli  sabablarga
ko‘ra paydo bo‘lgan kuchlar ta’sirida yer qobig‘i qatlamlarining harakatga
kelishi u  yoki bu  darajada tebranishi  natijasida Yer  shari qa’rida  yuz
bergan  zilzila,  uning  paydo  bo‘lish  qonuniyatlarini  hamda  keltirib
chiqargan oqibatlarini o‘rganadi.
Yer qimirlash fani mamlakatimiz hududida o‘zining bir necha yuz
yillik tarixiga ega bo‘lsa-da, uning rivojlanishi 1966—1967-yillarga —
1966-yili yuz bergan Toshkent zilzilasidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.
Zilzila tabiatda yuz beradigan hodisalar ichida eng ashaddiysi bo‘lib,
odatda to‘satdan
1
 yuz beradi. Sanoat markazlari, gidrotexnik inshoot-
lar, katta-katta shahar-qishloqlarni vayron qiladi. Kishilarni sarosimaga
soladi. Yer shari bo‘ylab yiliga 1 000 000 dan ortiq zilzilalar yuz berib,
bundan taxminan 10 000 tasi kishilar sezadigan qimirlashlar, jumladan
1  tasi  dahshatli  (11—12  balli)  bo‘lib,  kishilar  qurgan  deyarli  hamma

Kishilar  ko‘zi  o‘ngida  to‘satdan  yuz  beradigan  zilzilalar  Yerning  ichki  qismidagi
kuchlar ta’sirida, ya’ni uzoq vaqtlar davomida yer qobig‘i qatlamlarining siqilishi, bukilishi,
harakati natijasida tayyorlanadi. Tog‘ jins qatlamlari shunday darajagacha siqiladiki, oxiri
yorilishiga,  sinishiga  sababchi  bo‘ladi.  Ana  shu  yorilgan  jins  qatlamlarning  bir  qismi
ikkinchi  qismiga  nisbatan  harakatga  keladi.  Natijada  radius  bo‘ylab  bo‘ylama  va
ko‘ndalang yo‘nalishda harakat qiluvchi to‘lqinlar vujudga keladi. Bu to‘lqinlar Yerning
yuza qatlamlariga yetib kelishi va to‘qnashishi oqibatida uning ustki qismini va ana shu
qismidagi mavjud imorat va inshootlarni silkinishga, harakatga kelishiga, ba’zan vayron
bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi.


1 2
inshootlar vayron bo‘ladi, daryolar o‘z oqimini o‘zgartiradi, yer yuzasida
katta-katta yoriqlar vujudga keladi, 10 tasi halokatli (9—10 ball), 100
tasi juda kuchli (7—8) bo‘lib, daraxtlar butun tanasi bilan silkinadi, uy
tepasidagi trubalar yoriladi, imorat devorlarida esa katta-katta yoriqlar
paydo bo‘lib, suvoqlari ko‘chib tushadi. Qolganlari kuchli (6—7 ball),
o‘rtacha kuchli (5—6 ball) va kuchi 5—6 balldan kam zilzilalar hisob-
lanadi. Zilzila sodir bo‘lganda uning o‘chog‘ida (giposentrda) juda katta
energiya sarf bo‘ladi. Faqat sezilarli va o‘rtacha kuchli zilzila yuz ber-
ganda zilzila o‘chog‘idagi energiya miqdori, sobiq SSSR Fanlar akade-
miyasining muxbir a’zosi Yu. V. Rizinchenkoning taqqoslashicha, tax-
minan ikkinchi jahon urushi oxirida AQShning Xirosimaga tashlagan
atom bombasi energiyasiga tenglashadi. Mutaxassislarning aniqlashicha,
zilzila o‘chog‘i qanchalik chuqur bo‘lsa (50—60 km), uning epitsentr
hududida bajargan ishi shuncha kam bo‘ladi va aksincha.
Shuning uchun ham tabiatda yuz beradigan bu hodisani o‘rganish,
uning  paydo  bo‘lish  sabablarini  aniqlash,  kerakli  chora  va  tadbirlar
ko‘rish xalq  xo‘jaligimiz uchun  katta ahamiyatga  ega. Hozirgi  kunda
seysmologiya fani va bu fan bo‘yicha ishlayotgan mutaxassislarning asosiy
vazifasi zilzilaning qay vaqtda bo‘lishini oldindan aytib berishdir. Bu
sohada  G‘. O. Mavlonov  nomidagi  O‘zbekiston  FA  Seysmologiya
instituti  ilmiy  jamoasi  ancha-muncha  ishlarni  amalga  oshirmoqdaki,
bu ishlar yaqin kelajakda o‘z samaralarini ko‘rsatib qolishiga aminmiz.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish