Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Petrografiya fani.  Petrografiya  grekcha  so‘z  bo‘lib,  tog‘  jinslarini
yozaman ma’nosini anglatadi. Aniqrog‘i, petrografiya fani yer qobig‘i


8
qatlamlarini  tashkil  qilgan  tog‘  jinslarining  mineralogik  tarkibini,
tuzilishini, paydo bo‘lishini, yotish holatlari qonuniyatlarini o‘rganadigan
fandir.
Geotektonika  fani.  Tekislik  rayonlaridan  baland  tog‘  mintaqalari
tomon  yurib,  yo‘l-yo‘lakay  kuzatib  borsak,  avvalo,  oyog‘imiz  ostida
vaqtincha (yomg‘ir, qor), doimiy oqar (daryo) suvlar olib kelib to‘sha-
gan  sog‘  tuproqlarni,  qum  tuproqlarni,  shag‘al  tuproqlarni,  shag‘al
toshlarni, so‘ngra toqqa yaqinlashgach, qattiq ohaktoshlarni, qumtosh-
larni,  granit  qoyalarni  ko‘ramiz.  Toqqa  yetib  borgach,  tog‘ni  tashkil
qilgan qattiq tog‘ jinslariga (ohaktoshlarga, granit qoyalariga, gil tuproq
qatlamlariga  qumtoshlarga)  nazar  solib  sinchiklab  tekshirsak,  bu
jinslarning  egilib,  burmalar  hosil  qilib  yotganligini,  son-sanoqsiz
yoriqlarni,  ba’zan  bir  xil  litologik  tuzilishidagi  qatlamning  ikkinchi
litologik  tuzilishidagi  qatlamlar  ustida  yotganligini,  yoki  qumtosh
qatlamlarining  ohaktosh  qatlamlari  ustiga  mingashib  qolganligini,
bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jins qatlamlarining esa juda yupqalashib, ba’zan
butunlay yo‘q bo‘lib ketganini ko‘ramiz. Xo‘sh, nima uchun tog‘ oldi
rayonlarida bunday bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jins qatlamlari qalin va bir-
biri bilan qat-qatlashib yotibdi-yu, tog‘ rayonlarida esa ular yo‘q bo‘lib
yoki  qalinligi  bir  necha  santimetrga  borib  qolgan,  yoki  nima  uchun
tog‘  rayonlaridagi  qattiq  jinslar  bunchalik  burmalanib,  egilib  ketgan.
Bu hodisalarning hammasiga birdan-bir asosiy sabab shu hududda sodir
bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan yerning ichki qatlamlarida vujudga kel-
gan kuchlar va bu  kuchlar natijasida  paydo bo‘lgan  harakatlar, ya’ni
tektonik harakatlar bosh sababchidir.
Ana shu harakatlarning hamma joyda bir tekisda paydo bo‘lmasligi,
ta’siri  bir  xil  emasligi  natijasida  ayrim  joylarning  ko‘tarilishi,  ayrim
joylarning cho‘kishi, bukilishi, yorilishi, burmalanishi, ko‘tarilayotgan
joylarda yuvish, yemirilish jarayonlarining avjga chiqishi, bukilayotgan,
cho‘kayotgan joylarda esa yuvilish materiallarining olib kelib yotqizilishi
hodisalari yuz beradi. Masalan, Farg‘ona vodiysining markaziy qismida
10—15 million yillar mobaynida pasayish, bukilish harakatlari yuz ber-
gan,  vodiy  atrof  rayonlarida  esa  ko‘tarilish  hodisasi  sodir  bo‘lgan.
Natijada vodiy atrofidan yuvilib olib kelingan materiallar vodiy marka-
ziga 6 000—7 000 metr qalinlikda yotqizilgan.
Yer sharining qaysi bir joyini olmang, o‘sha joyiga ko‘tarilish yoki
bukilish, cho‘kish hodisasi xosdir. Butun planetamizda bu hodisa ikki
xil ko‘rinishda yuz beradi. Birinchisi, katta masshtabda yuz berib, butun
dunyo okeani bilan quruqlikning doimiy ravishda o‘rin almashishi, ya’ni
dengizning quruqlikka bostirib kirishi yoki quruqlikning dengiz tomon
kengayib borishi sodir bo‘ladi.
Ikkinchisi,  Yer  sharining  u  yoki  bu  uchastkasi  uchun  xos  bo‘lib,
ana  shu  hudud  ma’lum  qismining  ikkinchi  boshqa  qismiga  nisbatan
egilishi, bukilishi, cho‘kishi yoki ko‘tarilishi yuz beradi, natijada bun-


9
day joylarda mahalliy yorilish, sinish, darz ketish jarayonlari hosil bo‘ladi.
Geotektonika fani yerning ichki qismlarida paydo bo‘ladigan kuchlar
natijasida  yer  qobig‘i  qatlamlarida  vujudga  keladigan  harakatlarni  va
ana shu harakatlar  bilan bog‘liq bo‘lgan yer qobig‘ida  yuz bergan va
yuz berayotgan o‘tmish va hozirgi vaqtdagi o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Tektonik harakatlar o‘tmishi va hozirini o‘rganish, kelajagi to‘g‘ri-
sida fikr-mulohazalar yuritish fan uchun, xalq xo‘jaligimizning bundan
keyingi  ravnaqi  uchun  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki  tektonik
jihatdan noqulay deb topilgan maydonda haddan tashqari ko‘p tekto-
nik uzilmalar, yoriqlar, murakkab burmalar bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi
bilan, ayniqsa, zilzilalar vaqtida ana shu yoriqlar bo‘ylab yer qobig‘ining
ma’lum  bir  qismining  ikkinchi  qismiga  nisbatan  harakatga  kelishi
natijasida sanoat, gidrotexnik, temir yo‘l va boshqa inshootlarning vayron
bo‘lishi  yoki  unga  putur  yetishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  biron
hududga inshootning u yoki bu turi qurilishi kerak bo‘lsa, o‘sha yerda
injener-geologlar birga tektoniklar ham tekshiruv ishlarini olib boradilar.
Geotektonika fani ham yer qobig‘i qatlamlarida yuz bergan va yuz
berayotgan  o‘zgarishlar xarakteriga  qarab, ana  shu o‘zgarishlarni  ay-
rim-ayrim o‘rganadi. O‘tmishda, ya’ni neogen — to‘rtlamchi davr mo-
baynida  yuz  bergan  o‘zgarishlarni  geotektonikaning  ajralmas  bo‘lagi
bo‘lgan 

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish