Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Kristallografiya fani. Tabiatdagi mavjud hamma minerallar asosan
uch ko‘rinishda: gaz (metan), suyuq (toza simob) va qattiq (kvars, topaz,
korunda  va  h.k.)  ko‘rinishda  uchraydi.  Hamma  minerallarning  98
protsentga yaqini  kristallangan holda  uchraydi. Shu  bilan birga  ba’zi
minerallar ham borki (opal, yantar va boshqalar), ular kristallanmagan
bo‘ladi.
Kristall deb ma’lum shaklga ega bo‘lgan ko‘p qirrali jismga aytiladi.
Tabiatda kristallar eritma qotishmalarning sovishi, qattiq moddalarning
qayta kristallanishidan, gaz va bug‘larning ma’lum sharoitda bir holatdan
ikkinchi holatga o‘tishi jarayonida hosil bo‘ladi. Kristallarni tashkil qilib
turgan atom va molekulalar bir-birlari bilan qonuniy ravishda joylashgan
bo‘ladi va ana shu joylashish natijasida ma’lum ko‘rinishga ega bo‘lgan
kataklarni vujudga keltiradi. Atom yoki molekula turgan nuqta katak-
larni birlashtirib turuvchi tugunlarga o‘xshaydi. Tugunlardagi zarrachalar
xarakteriga qarab kristall kataklari uch holatda bo‘lishi mumkin. Birin-
chi  holatda  panjara  tugunlarida  faqat  atomgina  joylashgan  bo‘ladi.
Ikkinchi holatda kristall kataklarning panjara tugunlarida faqat ionlar
joylashgan  bo‘ladi,  uchinchi  holatda,  panjara  tugunlarida  molekula
joylashgan  bo‘ladi.  Ana  shu  kristall  kataklarining  tuzilishi  va  katak
tugunlaridagi zarrachalarning bir-biriga yaqin yoki uzoq joylashishi u
yoki bu kristallning fizik, mexanik, optik xususiyatlariga ta’sir qiladi.
Yoki boshqacha qilib aytganda, tugunlardagi zarrachalar bir-birlariga
qanchalik yaqin, zich joylashgan bo‘lsa, u kristall shuncha qattiq hamda
yuqori hajm og‘irlikka ega bo‘ladi. Yoki tugunlardagi zarrachalar bir-
biridan  qanchalik  uzoq  bo‘lsa,  u  kristall  shuncha yumshoq  va  kichik
hajm og‘irlikka ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash kristall panjaralari tugun-
larining gorizontal va vertikal tomonga bo‘lgan masofalarning ham har
xil bo‘lishi kristallarning xossa va xususiyatlarining ham har xil bo‘li-
shiga sababchi bo‘ladi.
Tabiatda to‘g‘ri geometrik shakldagi kristallar juda kam uchraydi.
Ko‘pincha  noto‘g‘ri  geometrik  shaklda  bo‘ladi  yoki  boshqacha  qilib
aytganda, bir qirrasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi-yu, boshqa qirrasi yaxshi
rivojlanmagan,  to‘mtoq  bo‘ladi,  ammo  bunday  kristallarning  tashqi
ko‘rinishi to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmasa ham, ularning ichki
tuzilishi atom, ion, molekulalarning o‘zaro joylashishi ma’lum qonuni-
yatga bo‘ysungan holda bir-birlari bilan ma’lum uzoqlikda joylashgan
va  shu  kristallga  xos  umumiy xossa  va  xususiyatlarni  o‘zida  saqlagan
bo‘ladi.
Umumiy  qilib  shuni  aytish  kerakki,  kristallografiya  fani  yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan kristallarni, ularning paydo bo‘lishi, tashqi shakli va
ichki tuzilishini, ya’ni atom, ion, molekulalarning joylashish qonuniyat-
larini o‘rganadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish