Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

3303000000-138
Sh
- 2005
M 361(04) -2005


3
Ozbekiston  Respublikasi  mustaqilligining
14 yilligiga hamda O‘zbekistonda gidrogeo-
logiya va  injenerlik geologiyasi fanlarining
asoschilaridan  biri,  atoqli  olim,  akademik
Gani Orifxonovich Mavlonov tavalludining
95  yilligiga  bag‘ishlanadi.
KIRIS H
«Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlari Yer to‘g‘risida-
gi fanlar ichida o‘z o‘rganish obyekti (yer osti suvlari va tog‘ jinslari)
bo‘yicha insonlarning hayoti va mehnat faoliyatlari uchun eng zarurligi
bilan ajralib turadi. Bu ikki tabiiy manba, borliq jonzod va o‘simliklar
dunyosining vujudga kelishi, rivojlanishini aniqlovchi yagona omillardan
bo‘lib  hisoblanadi.  Yer  osti  suvlari  Yer  kurrasida  yashovchi  insonlar
ist’emol  qiladigan  kundalik  eng  yaxshi  suvning  25—30 % ni  tashkil
qiladi
1
. Xalq xo‘jaligining birorta sohasi yo‘qki, u yerda yer osti suvlari
ishlatilmasin. U qishloq xo‘jaligida, sanoatda, meditsinada keng miqyos-
da qo‘llaniladi. Mineral tuzlar, yod, brom olishda ishlatiladi. Dunyo-
ning  juda  ko‘p  mamlakatlarida  termal  yer  osti  suvlaridan  eng  arzon
isitish manbayi sifatida ham foydalaniladi. Ba’zi nodir minerallar (sul-
fidlar va b.) qazilma boyliklarning paydo bo‘lishi ham yer osti suvlari
bilan, ularning harakati bilan bog‘liq.
Tog‘  jinslari
2
  barcha  imorat  va  inshootlarning  zamini,  odamzod
uchun  zarur  bo‘lgan  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  birdan-bir
manbayidir. Tog‘ jinslari mustahkam bo‘lsa, imorat va inshootlar ham
mustahkam, umri boqiy bo‘ladi. Shuning uchun yer osti suvlari va tog‘
jinslarining paydo bo‘lish qonuniyatlarini bilish, ularning tarkibini, xossa
va xususiyatlarini o‘rganish, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida
bilimga  ega  bo‘lish  «Geologiya  qidiruv  ishlari»  yo‘nalishi  bo‘yicha
tayyorlanayotgan mutaxassislar uchun eng zarur vazifa hisoblanadi.
Yuqoridagilarni  hamda  talabalarning  gidrogeologiya  va  injenerlik
geologiyasi sohalarga endigina qadam qo‘yayotganliklarini hisobga olib,
muallif  ushbu  darslikni  yozishda  ularni,  eng  avvalo,  geologiya
yo‘nalishidagi fanlar bilan, «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi»

V. I. Vernadskiy  taxminicha,  yer  qobig‘idagi  (yer  sathidan  16 km  chuqurlikdagi)
yer osti suvlari 460 mln km
3
 ni tashkil etadi. Vonxons (Gollandiya) yer osti suvini Yer
shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi, degan fikrni aytadi.
Fransuz  mataxassisi  Rene Koyaning  ko‘rsatishicha,  yer  bag‘riga qazib  tushilgan  burg‘u
quduqlarining  chuqurligicha  bo‘lgan chuqurlikdagi tog‘  jinslari g‘ovaklarida  8  mln  km
3
hajmdagi  suv  mavjuddir.

Tog‘ jinslari deganda Yer sathining yuqori qismini tashkil etib turuvchi, bir necha
minerallar  majmuasidan  tuzilgan,  ma’lum  tarkibga,  xossa  va  xususiyatga  ega  bo‘lgan
tabiiy  geologik  jismlar  tushuniladi.


4
fanlarning mazmuni va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,
vujudga kelish va rivojlanish tarixi, hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Darslikda, shuningdek, Yer planetasi, atmosfera, gidrosfera, biosfera,
tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi minerallar to‘g‘risida, suv, uni tabiatdagi
doimiy harakati to‘g‘risida, yerning ichki va ustki qismida sodir bo‘ladigan
kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va hodisalar to‘g‘risida ham batafsil
ma’lumotlar berildi. Darslikni «Tog‘ jinslari», «Tog‘ jinslarining tarkibi,
fizik-mexanik,  suvli xususiyatlari»,  «Yer osti suvlari»,  «Gidrogeologiya
va injener-geologik tekshirish ishlarining mazmuni va vazifalari», «Xalq
xo‘jaligi imorat, inshootlarni loyihalash va qurish jarayonida bajaraladi-
gan injener-geologik va gidrogeologik ishlar», qismlarini yozishda iloji
boricha yangi ma’lumotlarga va yangi uslub va usullarga murojaat qilindi.
Talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida deyarli hamma
boblarning oxirida takrorlash uchun savollar berilib boriladi.
Bo‘lajak yosh mutaxassislarni geologiyaga oid eng asosiy atamalar,
so‘zlarning ma’nosi  bilan tanishtirish  maqsadida,  darslikda  qo‘llanil-
gan ba’zi so‘z va atamalar, ularning lug‘aviy matni iloji boricha darslik-
ning shu betida berib borildi.
Muallif darslikni yozishda o‘zining 45 yildan ortiq vaqt mobaynida-
gi ilmiy, ilmiy-pedagogik faoliyati jarayonida to‘plagan tajribasiga, o‘z
ustozlari va hamkasblari bilan birgalikda chop etgan asarlari, risolalari
va darsliklaridan (G‘. O. Mavlonov, A. I. Islomov — «Gidrogeologiya
va injener-geologik hodisalar nima va ular qanday o‘rganiladi», 1970;
A. A. Soatov — «Daryo vodiylari va terrasalari», 1972; O. Nurmatov —
«To‘rtlamchi  davr  yotqiziqlari»,  1980;  E. V. Qodirov,  X. A. Akbarov
va b. — «Tabiiy muhitni muhofazalashning geoekologik asoslari», 1999;
va b.) keng foydalandi, uni  sodda, ommabop, oddiy tilda yozilishiga
harakat qilindi.
Shuningdek,  kitobning  ba’zi  boblarini  yozishda  akademiklardan
G‘. O. Mavlonov, E. M. Sergeev, A. N. Sultonxo‘jayev, K. N. Abdulla-
bekov va professorlardan N. N. Maslov, V. D. Lomtadze, G.S.Zolota-
rev,  A. F. Frolov,  I. V. Korotkix,  A. S. Xasanov,  M. M. Mamatqulov,
Y. Ergashev hamda G. V. Bogomolov, M. V. Sedenko, V. G. Muzaffa-
rov,  I. S. Boboxo‘jayev,  S. Z. Zoxidov,  SH. SH. Shoraxmedovlarning
ishlaridan ham foydalanildi.
Ushbu  kitobni  bosmaga  tayyorlashda  bergan  maslahatlari  uchun
muallif  kitobning  mas’ul  muharriri  akademik  Q.N.Abdullabekovga
hamda  o‘zining  hamma  kasbdoshlariga,  jumladan,  professorlardan
K.P. Po‘latov (marhum), E. V. Qodirov va Y. Ergashevlarga o‘z minnat-
dorchiligini bildiradi.
Kitob  ba’zi  kamchiliklardan  xoli  bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Kitob
to‘g‘risida aytilgan va bildirilgan har qanday fikr va mulohazalarni muallif
chin  qalbidan  qabul  qiladi.  Nasib  qilsa,  uni  keyingi  qayta  ishlangan
nashrlarida hisobga oladi.


5

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish