Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Gidrogeologiya  va injenerlik  geologiyasi  fanlari  o‘z maqsad  va  vazifalarini
amalga  oshirishda  eng  avvalo  qaysi  fanlar  bilan  yaqindan  munosabatda
bo‘ladi?
2. Kimyo  fanining  gidrogeologiya  va  injenerlik  geologiyasi  fani  bilan  aloqasi
to‘g‘risida  so‘zlab  bering.
3. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fani vazifalarining bajarilishi jarayo-
nida matematika fanining ahamiyati nimalardan iborat? Fizika va mexanika
fanlarining-chi?


4 3
IKKINCHI QISM
3-BOB
PLANETALAR VA YERNING PAYDO BO‘LISHI
3.1. PLANETALARNING VUJUDGA KELISH JARAYONI
Osmon jismlari — planetalar (sayyoralar) va shu jumladan Yerning
paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qator kosmogonik
1
 gipoteza va nazariyalar
mavjud. Bularning eng zamonaviysi akademik O. Yu. Shmidt gipoteza-
si  bo‘lib,  uning  tushuntirishicha,  bundan  bir  necha  milliard  yil
muqaddam hozirgi galaktikamizda
2
 (bizning Somon yo‘li deb atalmish
yulduzlar  olamimiz  son-sanoqsiz  yulduzlar  va  ularning  to‘plamlarini
birgalikda tashkil etuvchi yulduzlar sistemasi bo‘lib, bu yulduzlar boshqa
galaktika yulduzlaridan farqli o‘laroq, galaktika markazidan o‘tadigan
va  galaktika  tekisligiga  tik  bo‘lgan  o‘q  atrofida  aylanadilar  hamda
ularning galaktika markazidan
3
 Quyoshgacha bo‘lgan aylanish burchak
tezliklari  deyarli  o‘zgarmasdir)  sovuq  gaz,  chang  zarralaridan  tashkil
topgan juda katta tumanlik mavjud bo‘lgan.
4
Vaqt o‘tishi bilan bu tumanlikni tashkil qilgan zarralarning o‘zaro
birlashishi natijasida ayrim-ayrim quyuqlanishlar yuzaga kelgan. Bular
ichida o‘z massasi jihatidan boshqalarga nisbatan bir necha bor kichik
bo‘lgan  bizning  Quyosh  ham  bo‘lgan.  Keyinchalik  Quyosh  o‘zining
dastlabki quyuqlanish (paydo bo‘lish) manzilidan boshqa tomonga siljib
chiqqan. Bu siljish vaqtida u o‘zi bilan o‘z atrofida quyuqlashgan zarralar
to‘plamidan bir qanchasini tortib, ergashtirib chiqqan. Shuning uchun
ham  bulardan  ko‘pchiligi  Quyoshning  tortish  kuchi  natijasida  uning
atrofida kesmasi 12 milliard km keladigan sharsimon tumanlikni tashkil
qilgan. Bu tumanlikdagi zarralar to‘xtovsiz ravishda aylanma harakatda

Koinot to‘g‘risida, ularning rivojlanishi, kelib chiqishi to‘g‘risida qator gipotezalar,
nazariyalar mavjud bo‘lib, bu gipoteza va nazariyalarni o‘rganadigan, takomillashtiradi-
gan,  umumlashtiradigan,  yakunlaydigan  fan  kosmologiya  fanidir.

Koinotda, ya’ni Olam bo‘shlig‘ida bizning galaktikamizga o‘xshagan yana ko‘plab
galaktikalar mavjud. Bu galaktikalar ham o‘zlariga ma’lum miqdordagi yulduzlar olamini,
sistemalarini  birlashtirib,  bizning  galaktikamizdan  bir  necha  million  yorug‘lik  yili  ma-
sofasida harakat qiladilar (bir yorug‘lik yili — yorug‘lik nurining bir yil mobaynida bosib
o‘tadigan  yo‘li bo‘lib, 9,46•10
12
km  ga  teng).

Galaktikamizning  maydoni  shunchalik  kattaki,  u  taxminan  5000  yorug‘lik  yiliga
teng  keladigan  masofaga  cho‘zilgan.

Î.Þ. Øìèäò.  Èçáðàííûå  òðóäû.  —  M.: Íàóêà,  1960.


4 4
bo‘lganligi  uchun  sekin-asta
yapaloqlashib, avvalgi shar shak-
lidan disk shakliga  o‘tgan. Na-
tijada tumansimon zarralarning
ko‘p qismi Quyoshdan uzoqlash-
gan.  Quyoshning  tortish  kuchi
kamayib,  zarralarning  o‘zaro
tortish kuchi oshib borgan. Av-
valgi  Quyosh  atrofini  egallab
turgan tumanlik yangidan paydo
bo‘lgan quyuqlanish markazlari
hisobiga kamaygan. Bu quyuqla-
nish markazlari esa, o‘z navba-
tida bizning quyosh sistemamiz,
jumladan, yerimizning dastlabki
kurtaklari bo‘lgan (3.1-rasm).
Ana  shu  vaqtda,  ya’ni  Yer-
ning  dastlabki  paydo  bo‘lish
davrida  uning  atrofi  qalin  kos-
mik  chang  qatlami  bilan  qop-
langan  bo‘lganligi  uchun,  bu
chang qatlamlari osha Quyosh nuri yergacha juda oz miqdorda yetib
kelgan. Shuning uchun ham u vaqtda planetamizda asosan sovuq iqlim
hukm surgan bo‘lib, suv molekulalari yaxlagan holatda bo‘lgan.
Oradan vaqtlar o‘tishi bilan Yer atrofi chang zarralaridan tozalana
borib, natijada Quyosh nuri yer sathini yaxshi isita boshlaydi. Atrofidagi
zarralarning yerga kelib qo‘shilishi, uning markazidagi og‘irlikning ortib,
sekin-asta zichlashib borishiga sababchi bo‘ladi. Yerning ichki qismida
esa, radioaktiv  elementlarning parchalanish jarayonlari  sodir bo‘ladi.
Natijada yerda tabiiy sharoit o‘zgarib, planetamizning ustki qismi sekin-
asta suv qatlami bilan qoplanib boradi. Akademik D. I. Sherbakovning
fikricha, yer tarixining bu davridan uning yuzasi ozmi-ko‘pmi suv qatlami
bilan qoplangan bo‘lgan.
So‘ngra yer tarixiy taraqqiyotining keyingi davrlarida yer o‘qining
o‘z orbitasi  tekisligiga tik  bo‘lmasligi natijasida  yil fasllari  (yoz, kuz,
qish, bahor) vujudga keladi. Yerning ichki qismlarida yuz bergan jara-
yonlar natijasida tektonik
1
 harakatlar sodir bo‘la boshlaydi. Shu tariqa

Yerning ichki qismlarida paydo bo‘ladigan kuchlarning ta’siri natijasida yer qobig‘i
qatlamlarining harakatga kelishi, yotishi holatlarining o‘zgarish hodisalarini fanda tektonik
hodisalar,  bu  hodisalarni  vujudga  keltiruvchi  harakatlarni  esa,  tektonik  harakatlar  deb
yuritiladi.
3.1-rasm. O.Yu.Shmidt gipotezasi
bo‘yicha  planetalarning  paydo
bo‘lishi.


4 5
Yerning ba’zi qismlari ko‘tarilib tog‘larni, ba’zi joylari cho‘kib botiqlik-
larni, okean va dengizlarni hosil qilgan. Mavjud suv qatlamlari ko‘taril-
gan yerlardan botiq joylarga, dengiz, okeanlarga oqib daryo vodiylarini
paydo  qilgan.  Uzoq  geologik  davrlar  o‘tishi  jarayonida  bu  hodisalar
qayta-qayta takrorlanib, yerning ustki qismlarida juda katta o‘zgarishlar
sodir bo‘lgan. Pirovardida planetamiz hozir biz yashab, ko‘rib turgan
holatga kelgan.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish