Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YERNING  ICHKI  QISMLARI  TO‘G‘RISIDA  BA’ZI  BIR  MIQDORIY



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

YERNING  ICHKI  QISMLARI  TO‘G‘RISIDA  BA’ZI  BIR  MIQDORIY
MA’LUMOTLAR  (A. Allisan,  D. Palmer  bo‘yicha,  1984)
Seysmik to‘lqinning tarqalish 
tezligi, km/s 
Qatlamlar  Qalinligi 
Ajralish 
chuqurligi, 
km 
Massasi, 

bo‘ylama to‘lqin 
ko‘ndalang 
to‘lqin 
Hisoblangan 
zichligi,  
g/sm
3
 
Qobiq 
5—40 
O‘zga-
ruvchan 
1,5 
5,8—7,6 
3,2—3,4 
2,8 
Mantiya 
2860 
2900 
82,3 
Moxorovich chizig‘i 
7,9—8,2 
13,6 
4,3—4,6 
7,3 
3,3—3,4 
5,5—5,8 
Tashqi  
yadro 
2200 
5120 
15,4 
Gutenberg chizig‘i 
8,1—10,4 
— 
9,4—10 
12 
Ichki  
yadro 
1250 
6317 
0,8 
Tashqi va ishki 
yadro chegarasi 
11,1 
11,3 
— 
13—13,5 
(o‘rtacha) 
 
Yer  mantiyasi  bo‘ylab  seysmik  to‘lqinlarning  tarqalish  tezligini
o‘rganish natijasida bu qobiq ikki katta qismdan iborat, — degan xulosaga
kelingan. Bulardan birinchisi — yuqorigi qismi 900 km atrofida bo‘lib,
tektonik va vulqon harakatlari aynan shu qatlam jinslarining notinch-
lanishi natijasida sodir bo‘ladi.
Planetamiz harorati. Yer yuzida vujudga keladigan hodisa, jarayon-
larning  rivojlanishida  yerning  ustki  va  ostki  qismlaridagi  issiqlik
energiyasi katta rol o‘ynaydi. Issiqlik energiyasi asosan ikkita manba —
Quyosh energiyasi va yerning ichki qismlaridagi uran, radiy, toriy, kaliy
kabi elementlardan  ajraladigan issiqlik  tufayli paydo  bo‘ladi. Quyosh
energiyasi ta’siri yer yuzining tuzilishiga, yerning ustki qobig‘ini tashkil
etuvchi mineral jins qatlamlarining issiqlikni yutish va qaytarish xusu-
siyatlariga, o‘simlik dunyosining tarqalishiga, planetamizdagi suv man-
balari — gidrosferaga, havo massasining oqimiga bog‘liq bo‘lib, yer yuzi-
ning turli qismlarida turlichadir. Masalan: dengiz sathidan asta-sekin
4—M.Sh. Shermatov


5 0
pasttekislikka, so‘ngra baland tog‘larga ko‘tarilib borsak, havo harorati-
ning o‘zgarib borishini ko‘ramiz. Agar Toshkentda — dengiz sathidan
479 m balandlikda o‘rtacha yillik harorat 13,5°C bo‘lsa, Chimyonda —
1438 m balandlikda 8,12°C, Angren platosida (yassi tog‘ida) — 2280 m
balandlikda  4,3°C  dir.  Issiqlikning  ikkinchi  turi  ham  yer  qobig‘i
qatlamlarini  tashkil  qiluvchi  tog‘  jinslari  tarkibi,  xossa-xususiyatlari,
yotish holatlariga, gidrogeologik sharoitiga, radioktiv elementlarning tog‘
jinsi tarkibidagi miqdoriga qarab, turlicha bo‘lishi mumkin.
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yer
sathidan  pastga  qarab  haroratning  ma’lum  darajada  o‘zgarib  borish
zonalari  ajratilgan.  Bular:  1.  Mavsumiy  o‘zgarish  zonasi;  2.  Doimiy
haroratli zona; 3. Yer yuzasi haroratiga bog‘liq bo‘lmagan zona.
Mavsumiy o‘zgarish zonasi yer sathidan 2—15 m gacha, doimiy haro-
ratli zona 15—35 m gacha va yer yuzasining haroratiga bog‘liq bo‘lma-
gan zonaning chuqurligi planetamizning turli chekkalarida turlichaligi
bilan xarakterlidir. Masalan: Parij observatoriyasi maydonida 23 metr
chuqurlikda  100  yil  mobaynida  harorat  doimo 
+11,83°C,  Moskvada
1882-yildan buyon 20 m chuqurlikda 
+4,2°C (Islomov, Shorahmedov,
1971), Toshkent atrofi hududida 25—30 m chuqurlikda harorat o‘zgar-
maydi (Mavlonov, 1985).
Umuman, doimiy haroratli zonadan boshlab yer qa’riga kirib bor-
gan  sari, harorat  o‘rtacha  har  33 m  da  1°C  oshib borishi  kuzatilgan.
Haroratning bunday oshib borishini geotermik bosqich, deb yuritiladi.
AQSH hududida bu bosqich 33 bilan 45 metr o‘rtasida (ya’ni har
33 va 45 m chuqurlikda harorat 1°C ga oshib borishi), g‘arbiy Yevropada
25  bilan  36  m,  Toshkent  oldi  hududida  25—30  m (Mavlonov,  1985)
orasida  o‘zgarishi  mumkin.  Professor  O. K. Langening  ma’lumotiga
ko‘ra, Shimoliy Kaspiy bo‘yida parmalangan quduq chuqurlashgan sari
harorat quyidagicha oshib borgan: 500 m chuqurlikda 42,2°, 1000 m da
52,2°, 1500 m da 69,9° 2000 m da 80,5°, 2500 m da 94,4°, 3000 m da
108,3°.
Yer qobig‘ini (litosferani) yana bir  qancha tashqi qobiqlar: gidro-
sfera, biosfera, atmosfera o‘rab turgan bo‘lib, ular Yerning ustida va
ichki  qismlarida  vujudga  keladigan  hodisa  hamda  jarayonlar  sodir
bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Gidrosfera.  Gidrosfra  planetamizdagi  suv  havzalarini  (ko‘llarni,
daryolarni, yer osti suvlarini, dengiz va okeanlarni) birlashtirib turadi.
Bu suv qobig‘ining o‘rtacha qalinligi 3,5—3,7 km bo‘lib, yer yuzining
70,8%  ini  (361  mln  km
2
)  tashkil  etadi.  Gidrosfera  o‘zining  hozirgi
vaqtdagi tutgan o‘rniga qarab, turli fizik va kimyoviy xossalarga egadir.
Faqat  dengiz  suvlaridagina  30  dan  ortiq  kimyoviy  elementlar  bo‘lib,
ular tuz va boshqa birikmalar holatida uchraydi. Mutaxassislarning hisob-


5 1
lashlaricha, agar dengiz va okeanlar suvi tarkibidagi tuzlar cho‘ktirilsa,
butun okean tubi 60 metr qalinlikdagi tuz qatlami bilan qoplanar ekan.
Biosfera. Olimlarning uzoq vaqt olib borgan tadqiqotlar natijasida
hozirgi  vaqtda planetamizda  bir milliondan  ortiq  hayvonot turlari  va
500  mingdan  ortiq  o‘simlik  turlari  borligi  aniqlangan.  Hayvonot  va
o‘simliklar dunyosining turlari Yerning uzoq geologik tarixiy taraqqiyoti
davomida  Yer  iqlimining  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq  holda  bo‘lgan.  Shu
bilan  birga  hayvonot  va  o‘simliklar  dunyosi  mavjud  tog‘  jinslarining
hosil  bo‘lishida  katta  geologik  ish  bajarishgan.  Tog‘  jinslarini  paydo
qiluvchi  hayvonot  dunyosi  foraminiferalarni,  sapropelitlarni,  ko‘mir,
torf  hosil  qiluvchi  o‘simliklarni  ko‘rsatish  mumkin.  Tog‘  jinslarining
tarkibi  va  xossa-xususiyatlarini  o‘zgartirishda  ko‘zga  ko‘rinmaydigan
3.4-rasm.  Yer  atmosferasining  tuzilishi  (F.Yu.Zigeldan,  1988):
1  —  dengiz  sathi;  2  —  troposfera;  3  —  tropopauza;  4

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish