Yer geosferalari (qatlamlari). Hozirgi vaqtda Yer to‘g‘risdagi fanlar-
ning aniqlashicha, Yer massasini tashkil qiluvchi «dastlabki» moddalar-
ning sekin-asta quyuqlashishi, joylashishi natijasida konsentrik holatdagi
Yer qatlamlari — geosferalar yuzaga kelgan. Bular: qobiq, Moxorovich
yuzasi
1
, yuqorigi mantiya, mantiya, tashqi yadro va yadro hisoblanadi
(3.3-rasm).
1
Bu yuza, uni birinchi marta aniqlagan yugoslaviya geofizigi A. Moxorovich nomi
bilan yuritilib, yer qobig‘i bilan mantiya oralig‘ida joylashgan va seysmik to‘lqinlarning
(bo‘ylama to‘lqin — 6,3 dan 7,8 km/s; ko‘ndalang — 3,2 dan 4,3 km/s) nihoyatda
o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlidir.
4 8
Do'stlaringiz bilan baham: |