Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 

 
N
e
o
li

d
a
v
ri
 
b
o
sh
la
ri
d
a
n
 
e
ra
m
iz
g
a
c
h
a
 
b
o
‘l
g
a
n
 
b
ir
in
c
h
i
1
0
0
0
 y
il
li
k
 o
ra
li
g
‘i
d
a
;
2
 —
 e
ra
m
iz
n
in
g
 b
o
sh
id
a
n
 k
e
y
in
g

y
il
la

m
o
b
a
y
n
id
a
 a
h
o
li
n
in
g
o
‘s
is
h
 d
a
ra
ja
si
.
*
 
G
il
b
e
rt
 
M
.G
ro
sv
e
n
o

a
n
d
 
e
tc

E
N
D
A
N
G
E
R
E
D
 
E
A
R
T
H

C
a
rt
o
g
ra
p
h
ic
 
D
iv
is
io
n
 
o

N
a
ti
o
n
a

G
e
o
g
ra
p
h
ic
 
S
o
c
ie
ty

1
9
8
8
.


3 8
3—5 metr chuqurlikda yotadi. Shayxontohur va Akmal Ikromov rayonlari
maydonidagi yer osti grunt suvlarining sathi bundan 10 yillar avvalgi
holatiga nisbatan (20—25 m) 7—15 metrga ko‘tarilgan. Yunusobod, Sobir
Rahimov, Chilonzor tumanlari hududida yer osti grunt suvlarining sat-
hi yiliga 0,12—0,45 m ga ko‘tarilayotganligi kuzatilgan.
Yer  osti  grunt  suvlari  sathining  ko‘tarilishi  o‘z  navbatida  shahar
hududida  tarqalgan  lyoss  va  lyossimon  jinslarning  tarkibiga  va  fizik-
mexanik xususiyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 1968-yilda Toshkent
shahri hududida o‘tkazilgan injener-geologik tadqiqot ishlari natijalari
bilan  2002-yilda  o‘tkazilgan  tekshirish  natijalarini qiyoslaganda  lyoss
jinslarining qator xususiyatlari (cho‘kuvchanligi, namligi, mustahkamligi,
zichligi  va  b.)  o‘zgargan,  jumladan,  namligi  o‘rtacha  15—18  %  dan
20—25 % ga, zichligi 1,5 dan 1,80 g/sm
3
 ga oshgan (2.11-rasm).
Xalq xo‘jaligining hamma sohalarida suvdan foydalanish nihoyatda
yomon ahvolda. Faqat qishloq xo‘jaligining o‘zida eng yaxshi suvning
48—50 % ishlatilayotganligi, bundan 25 % esa yo‘l-yo‘lakay sug‘orish,
2.11-rasm. 1968—2003-yillarda Toshkent shahar hududidagi Lyoss va lyossimon jinslar
zichligini  texnogen  omillar  ta’sirida  oshishini  ko‘rsatuvchi  chizma.
A) Lyoss jinslari zichligining 1968—1970-yillardagi holati; B) Lyoss jinslari zichligining
1970—2002-yillardagi holati. 12 — ho‘l holatdagi zichlik, g/sm
3
34 — quruq holatdagi
zichlik,  g/sm
3
.  Qavs  ichida  o‘rganilgan  namunalar  miqdori.


3 9
suv  uzatish  sistemalarining  nosozligi,  suvning  tog‘  jins  qatlamlariga
bekorga singib ketishi oqibatida behuda sarflanmoqda. Ana shularning
natijasida bugungi kunda «Orol fojiasi» vujudga keldi. Agar 1950—60-
yillarda Orol dengizining maydoni 68,3 ming km
2
, undagi suv sathining
abs. balandligi 53,0 m bo‘lgan bo‘lsa, 1966-yillarga kelib T. E. Mavlo-
novning ma’lumotiga ko‘ra uning maydoni 2 martaga, suvning hajmi
3,5 martaga kamaydi, suv sathining abs. balandligi 36,0 metrga pasayadi.
Dengizning qurib qolgan qismi maydoni 34 ming km

ni tashkil etadi.
O. E. Semenov, I. V. Rubanov va boshqa mutaxassislarning ma’lumo-
tiga ko‘ra Orol dengizining qurigan maydonidan har yili 7,3 dan 43 mln
tonnagacha tuz shamol ta’sirida uchirilib Orol atrof hududlariga yoyil-
moqda (Mavlonov, 1997). Bu esa o‘z navbatida insonlarning salomat-
ligiga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta’sir etmoqda.
Bugungi  kunga  kelib  respublikamizning  hamma  sug‘oriladigan
maydonlarida yirik gidrotexnik inshootlari, suv omborlari bunyod etilgan
va bunyod etilmoqda. Faqat Janubiy O‘zbekistonning (Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari) suv xo‘jaligi 32540 km uzunlikka ega bo‘lgan
kanal  shohobchalaridan,  umumiy  suv  hajmi  4,6  mlrd  kub  m  bo‘lgan
20 ta katta-kichik suv omborlaridan va 21587 km uzunlikdagi kollektor-
zovurlardan tashkil topgan murakkab injenerlik-melioratsiya tuzilishidan
iborat  (Abdullayev  va  b.,  1997). Kanal  va  boshqa  inshootlarni,  aholi
yashash punktlarini bunyod etish jarayonida ba’zan ular joylashishi lozim
bo‘lgan maydonlarni injener-geologik va gidrogeologik holatlarini yaxshi
o‘rganmay yoki kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmay amalga oshirilishi, quri-
lib  bo‘lgandan  keyin  esa  injener-geologik  nazorat  ishlarini  tashkil
qilinmay  o‘z  holiga  tashlab  qo‘yilishi  holatlari  ham  uchrab  turadi.
Masalan, Tojikiston Respublikasining Sharora, Oquli Bolo, Oquli Poyon
qishloqlari  joylashgan  hududning  cho‘kuvchan  lyoss  jins  qatlamlari
ustidan 1974-yili kanal o‘tkazilgan. Lekin kanalning Sharora qishlog‘i
ro‘parasidagi  qismida  «gidroizolatsiya»  ishlari  bajarilmay  kanalga  suv
qo‘yib yuborilgan. Keyingi 15 yil mobaynidagi o‘zlashtirish kanaldan
sizib  o‘tgan  suv  hisobiga  yer  osti  grunt  suv  oqimi  vujudga  kelgan  va
Sharora qishlog‘i joylashgan lyoss jinslari g‘ovaklarining butunlay suv
bilan  to‘yinishiga  sababchi  bo‘lgan.  Butun  bir  katta  lyoss  massivi
«oquvchan» holatga kelib qolgan. 1989-yili 23-yanvarda sodir bo‘lgan
Xisor yer qimirlashi jarayonida ana shu «og‘uvchan» holatga kelib qolgan
lyoss  jinslari  qatlamlarida  kengligi  900 metr,  qalinligi  70  m  ga  yaqin
bo‘lgan surilish hodisasi  yuz bergan. Natijada uyquda  yotgan 70 dan
ortiq xonadon egalarining, 760 qoramollar bo‘lgan fermaning odamlari
bilan birga surilish massasi ostida ko‘milib ketishiga sababchi bo‘lgan.
1
Hozir Orol dengizi basseynida 90 dan ortiq suv omborlari mavjud bo‘lib,
ular  O‘zbekiston hududida  56  ta,  Tojikistonda  —  6 ta,  Qirg‘iziston-
da — 10 ta, Turkmanistonda — 15 ta, Janubiy Qozog‘istonda — 3 ta.

«Ñòðîèòåëüíàÿ  ãàçåòà»,  1989,  26  ÿíâàðü.


4 0
Ularning umumiy hajmi 1 mln km
3
 dan ortiq (Saidova va b., 2000). Bu
suv omborlarining suvga to‘latilishi va suvdan noto‘g‘ri foydalanilishi
oqibatida yer osti grunt suvlari sathining ko‘tarilishi, yerlarning sho‘r-
lanishi,  botqoqlanishi,  zaxlash,  surilish,  cho‘kish,  eroziya  (yuvilish),
jarliklarning vujudga kelish jarayon va hodisalari nihoyatda ko‘paygan,
birqancha yuzlab gektar sug‘oriladigan eng yaxshi yerlar qishloq xo‘jaligi
oborotidan  chiqib, butunlay  ishlatib  bo‘lmaydigan  holatga kelib  qol-
gan. Jumladan, faqat Chordara suv omborining 15 yil mobaynida ishlashi
oqibatida 650 ga unumli yer butunlay ishdan chiqqan, yer sathida turli
hajmdagi katta-kichik ko‘llar vujudga kelgan. Shuningdek, Chimqo‘rg‘on
suv  ombor  ta’sir  zonasida  1972-yili  zaxlash  jarayoniga  uchragan  yer
maydoni 163,5 km
2
  ga, 1985-yili  esa bu  qiymat 251,6  km
2
 ga  yetgan
(Saidova va b., 2000).
Gidrogeologiya  va  injenerlik  geologiyasi  fanlarining  eng  asosiy
vazifalaridan yana biri yer osti suvlari, tuproq, tog‘ jinslari qatlamlarining
ifloslanishi  sabablarini  o‘rganish  va  aniqlash,  ifloslanishdan  saqlash
maqsadida kerakli chora va tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
V. M. Lukyanchikovning, A. M. Ryabchikov va A. A. Nelson-Smit
ma’lumotlariga  ko‘ra,  dunyo  bo‘yicha  har  yili  bekorga  sarflanadigan
neft  mahsulotlari  miqdori  45—50  mln  tonnani  tashkil  etadi.
1
  Neft
mahsulotlari  bilan yer  osti  suvlarining  ifloslanishi Buyuk  Britaniyada
boshqa  hamma  ifloslantirishlarning  39  %  ni  (R.  Xarker  bo‘yicha),
AQSHda esa bu ko‘rsatkich xlorid va nitrat ifloslantirishlaridan keyin
uchinchi o‘rinni egallaydi (D. D. Todd bo‘yicha).
N.  G‘.  Mavlonov  va  I. A.  Petruxinalarning  yozishicha,  Toshkent
shahri  hududida  yer  osti  va  yer  usti  suvlarini,  lyoss  jinslari  aeratsiya
zonasi qatlamlarini ifloslantiruvchi komponentlar — neft mahsulotlari,
og‘ir metallar (xrom, nikel kobalt va b.) va nitratlar ekanligi aniqlangan.
Ularning  ko‘rsatishicha,  faqat  birgina  Navoiy  va  Furqat  ko‘chalari
kesishgan  joyda  bundan  30—35  yillar  avval  joylashgan  avto  yoqilg‘i
shoxobchasi o‘rnida kengligi 1 km
2
, qalinligi 15 metr bo‘lgan lyoss jinslari
qatlami o‘ta ifloslangan (Mavlonov, Petruxina, 2000). Insoniyat tarixida
bunday misollar juda ko‘p uchraydi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, «Gidrogeologiya» va «Injenerlik
geologiyasi»  fanlari  juda  ko‘p  xalq  xo‘jaligi  masalalarini  hal  qilishda
nazariy va amaliy baza hisoblanadi. Respublika xalq xo‘jaligining hamma
sohalari  sanoat  va  fuqaro  qurilishlari,  gidrotexnik  inshootlar  va  suv
omborlari, avtomobil va temir yo‘l qurilishlari, ko‘priklar, aerodromlar,
metro  trassalarining  zaminini  u  yoki  bu  tog‘  jinslari  tashkil  etadi.
Ularning boqiyligi, mustahkamligi ana shu tog‘ jinslarining tarkibiga,
fizik-mexanik  xossa  va  xususiyatlariga,  mavjud  tabiiy  geologik  va
texnogen jarayon va hodisalarning vujudga kelish, rivojlanish qonuni-
1
 Â.Ì.   Ëóêüÿí÷èêîâ.  Òåõíîãåííîå  çàãðÿçíåíèå ãðóíòîâûõ  âîä  íåôòåïðîäóêòà-
ìè.  Àâòîðåôåðàò  äèñ. íà  ñîèñêàíèå  ó÷.  ñòåï.  ê.ã.-ì.í.  —  Ì.,  1986,  20  ñ.


4 1
yatlariga va sabablariga, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlari qurilayot-
gan maydonning injener-geologik sharoitiga bog‘liq. Bularning ham-
masini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari o‘rganadi. Shu-
ning uchun gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarini, ularning
usul  va  uslublarini  yaxshi  bilish,  amaliyotga  to‘g‘ri  tatbiq  etish,  xalq
xo‘jaligi imorat va inshootlarini to‘g‘ri joylashtirishda va qurishda katta
ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish