Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Tabiiy  muhit  komponentlari  nimalardan  iborat?
2. Tabiiy  muhit  komponentlarini  biz  nima  uchun  o‘rganamiz?
3. Tabiiy  muhit  komponentlarini  gidrogeologik  va  injener-geologik  nuqtayi
nazardan  to‘g‘ri  o‘rganmaslik  va  baholamaslik  nimalarga  olib  keladi?
4. Gidrogeologiya  va  injenerlik  geologiyasi  fanlarining  xalq  xo‘jaligi  imorat
va inshootlarini rejalashda, joylashtirishda va qurishdagi ahamiyati to‘g‘risida
gapirib  bering.
2.4. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI
FANLARINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Gidrogeologiya va Injenerlik geologiyasi fanlari o‘z tarixiy taraqqiyoti
davomida, maqsad va vazifalarini bajarish jarayonida eng avvalo geolo-
giya  yo‘nalishidagi  hamma  fanlar  bilan,  hamda  fizika,  matematika,
statistika,  mexanika,  kimyo  va  boshqa  tabiiy  fanlar  bilan  yaqindan
munosabatda bo‘lib kelgan.
Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiya fanlari o‘z maqsad va vazifalari
bilan  xalq  xo‘jaligi  obyektlarini  rejalash,  loyihalash,  qurish  va  qurib
bo‘lingan  imorat  va  inshootlardan  to‘g‘ri  foydalanish,  yangi  yerlarni
o‘zlashtirish jarayonida vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
geoekologik masalalarni yechishda qatnashadi. Bu masalalarni hal qilish
davomida eng avvalo, geologiya, geomorfologiya, seysmologiya, klimato-
logiya  va  boshqa  tabiiy  fanlar  tomonidan  bajarilgan  tadqiqot  ishlari
natijalarini o‘rganadi, tahlil etadi va kerakli xulosalar chiqaradi. Chunki
biror bir shahar quriladigan yoki imorat, inshootlar bunyod etilishi lo-
zim  bo‘lgan  joyning  tabiiy  sharoiti  (yog‘adigan  yog‘inning  turi,  oylik,
ko‘p yillik miqdori, havo harorati, shamolning harakat yo‘nalishi, tezligi,
yer usti oqar suvlari va h.k.), geologik tuzilishi (tog‘ jinslarining genesizi,
litologik tarkibi, yotish holati, strukturaviy va teksturaviy xususiyatlari,
qalinligi, yoshi va h.k.), geomorfologik holati (yer sathlarning genesizi,
shakli, qiyaligi, qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga kelganligi, mustahkamligi
va h.k.), seysmik darajasi (hududning necha balli zonaga joylashganligi,
tarixiy yer  qimirlashlar  miqdori, yuz  bergan joyi,  kuchi, yer  qimirlash
kuchining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va h.k.) to‘g‘risidagi ma’lu-


4 2
motlarga  ega  bo‘lmay  turib  xalq  xo‘jaligining  birorta  obyektini  qurish
maqsadida mukammal tadqiqot ishlarini boshlash aslo mumkin emas.
Gidrogeologik va injener geologik tadqiqot ishlarini o‘tkazish jara-
yonida yer osti suvlarining hamda tog‘ jinslarining tarkibini, suvda eruv-
chan, kam, yomon eruvchan tuzlarning miqdorini, turlarini, korrozion
xususiyatlarini  aniqlashda,  imorat  va  inshootlar  joylashtirilishi  kerak
bo‘lgan  maydonining  qurilishiga  loyiq  yoki  noloyiqligini  baholashda
kimyo fanining usul va uslublariga murojaat qilinadi va foydalaniladi.
Konlarni  qidirib  topish  va  tog‘  sanoati  uchun  kerakli  bo‘lgan  insho-
otlarni rejalash, joylashtirish, qurish jarayonida gidrogeologiya va injenerlik
geologiyasi  fanlari  o‘z  uslublari,  maxsus  ishlab  chiqarilgan  uslubiy
qo‘llanmalari  bilan 
tog‘ ishlari  faniga  juda  yaqindan  yordam  ko‘rsatadi.
Ma’lumki, yer sathidan pastga qarab harorat o‘zgarib borishi kuzatiladi. Bu
o‘zgarish  tog‘  jinslari  qatlamlarining  litologik  tuzilishiga,  xossa  va
xususiyatlariga, yer osti suvlarining mavjudligiga, kimyoviy tarkibiga, fizik
xususiyatlariga bog‘liq. Shuning uchun chuqur shaxtalarni, karyerlarni va
boshqa tog‘ inshootlarining yer yuzasiga nisbatan chuqurligini, yo‘nalishini
belgilashda,  burg‘u  quduqlarni  burg‘ulash  uchun  kerak  bo‘lgan  texnik
uskunalarni to‘g‘ri tanlash va aniqlashda yuqoridagi omillarga e’tibor beriladi.
Geodinamik va texnogen jarayon va hodisalarning vujudga kelishi,
rivojlanishi va sodir bo‘lishi 

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish