Geosiyosat asoslari


Zamonaviy bosqichda Xitoyning Markaziy Osiyo bilan aloqalari hamda uning mintaqadagi manfaatlar



Download 1,96 Mb.
bet49/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

3. Zamonaviy bosqichda Xitoyning Markaziy Osiyo bilan aloqalari hamda uning mintaqadagi manfaatlar. Xitoy o’zining uzoq muddatga ko’zlangan iqtisodiy srategiyasini ishlab chiqishi hozirgi zamonning muhim bir jihatidir. Bu strategiya XXR jahon iqtisodiy markazlaridan biriga aylanishiga yo’naltirilgan. Shu tariqa, Xitoy yirik davlatlar bilan strategik sherikchilik munosabatlarini rivojlantirishga va ayni paytda ko’p tomonlama diplomatiya orqali o’zaloqa- munosabatlarining mintaqaviy va global ahamiyatini oshirishga intilmoqda.
Xitoyning Markaziy Osiyodagi tutgan o’rni har jihtadan faollashishi uning strategik dasturi yo’nalishlaridan biridir. Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi Xitoy manfaatlari ikki sohaga ajratishimiz mumkin: xavfsizlik masalasi va iqtisodiy faollik. Tahlillilchilarning fikricha, hozirda Xitoy milliy xavfsizligi uchun Markaziy Osiyoda quydagi tahdidlar mavjud:

  • XXR hududidagi uyg’ur ayirmachiligi;

  • mamlakat ichida va tashqarisidagi diniy ekstremizim va terorchilik, giyohvandlik savdosi;

  • mintaqada Amerika harbiylarining joylashuvi.

Hozirgi paytda XXR Sin-szyan-Uyg’ur muxtor o’lkasida (SUMO’) barqaror holatni saqlashga qaratilgan. SUMO’ning ko’pchilik aholisi musulmon-uyg’urlari bo’lib, ular bir necha marta mustaqil Uyg’ur davlatini tuzmoqchi ekanligini bildirishgan. Hali XX asr boshlarida etnik va diniy o’zligini saqlab qolish maqsadida Sharqiy Turkiston islom harakati tuzilgan edi. Biroq o’tgan asrning 90 yillaridan boshlab bu harakat mustaqillik uchun Pekin hokimiyati bilan kurashishda teroristik usullardan foydalana boshladi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ko’plab uyg’urlar yashashadi, ularning qator madaniy-milliy va madanaiy-diniy mazmundagi tashkilotlari ish olib boradi. Bular Xitoy uchun jiddiy ahamiyatga egadir.
Tahlillarga ko’ra, yuqorida ko’rsatilgan jihatlarning barchasi Xitoy hukmron doiralari Markaziy Osiyo davatlarinimahalliy uyg’urlarga nisbatan o’z siyosatini keskinlashtirshga undashi uchun asos bo’ladi. Bugungi kunda xitoy-qozoq bitimi imzolangan bo’lib, unda xitoylik musulmonlar orasida targ’ibot olib bormaslik to’g’rida majburiyatlar ko’rsatilgan. 2004-yilda XXR bilan Qozog’iston o’rtasida “O’zaro jinoyatchi-fuqarolarini almashish” to’g’risida shartnoma tuzilgan. Unga ko’ra tomonlar bir bilan ikkala davlat sudlari jinoyatchi deb topgan fuqarolarini almashishi shartdir.
Markaziy Osiyo va Afg’oniston davlatlaridagi notinch holatning o’zi Xitoyni ancha xavotirlantiradi.Birinchi navbatdabu terozrizm, diniy ekstremizm va giyohvand savdosi muammolari bilan bog’liqdir. Ularning barchasi Xitoyni Rossiya va MO davlatlari bilan samaraliroq hamkorlik qilishga undamoqda, xususan Shanxay hamkorlik tashkilot doirasida.
Rasmiy Pekin mintaqdagi uzoqni ko’zlovchi iqtisodiy maqsadlari sari intiladi. Xitoy manbalariga ko’ra, hozirda XXRda MO respubliklari bilan hamkorlik qilish bo’yicha xitoylik tadbirkorlarning qatnashuvi bilan idoralararo kengash tuzilgan. Yoqilg’i quvurlari va boshqa komunikatsion liniyalarni qurilishi neft maxsuotlarini yirik ist’emolchisi bo’lgan Xitoy uchun alohida ahamiyat kasb etadi. XXR jahonda enrgetika resurslarini import qilish bo’yicha AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o’rinda turadi. Taminlarga ko’ra, l0 yildan so’ng Xitoy Yaponiyadan o’zib ketadi, 2020-yilda uning neftga bo’lgan ehtiyoji 380-400 mln. tonnani tashkil etadi. Mamlakatning o’z manbalari faqatgina l70-l80 mln. tonnaga teng.
Xitoy energetika sohasiga kiritayotgan sarmoyalarining katta qismi Qozog’istonga to’g’ri keladi. Xitoyning yirik energetikachi kompaniyalaridian biri “CNPC” 20 yil davomida 43 mlrd. dollar mablag’ kiritish sharti bilan “Aktobemunaygaz” qozoq neft kompaniyasining 82% aksiyasiga egalik qilmoqda.
Xitoy mintaqadan gaz import qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, Xitoy 2020-yilga qadar gaz qazib olishni 3 baravar (l00-ll5 mlrd kub. m.gacha) ko’paytirishni rejalashtirgan. 2006-yil 3-aprelda XXR va Turkmaniston o’rtasida kelishuv imzolagan. Unga ko’ra Xitoy 30 mlrd. kub. metr hajmda turkman gazini 2009-yilda Turkmaniston - Xitoy gazquvuri ishga tushurilishidan boshlab 30 yil mobaynida xarid qilishi belgilangan.
Xitoyning mintaqada olib borayotgan iqtisodiy siyosatining bosh maqsadlaridan biri bu MO davlatlari bilan savdo-sotiqni rivojlantirshdir. Bugun MO davlatlari tashqi savdosining 9% XXRga to’g’ri kelmoqda. Xitoy tashqi savdo aylanmasida ularning ulushi atiga 0,4%ni tashkil etadi. XXR mintaqada Qozog’iston va Qirg’iziston bilan eng yirik tijorat aloqalarini o’rnatgan. MO davlatlariga XXR asosan mashinalar va qurilmalarni (65%), hamda oziq ovqat va ist’emol tovarlarini (30%) chiqaradi. O’z navbatida, mintaqa mamlakatlari XXRga hom-ashyo va energetika resurslarini sotishadi.
O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi diplomatik aloqalarga to’xtaladigan bo’lsak, Xitoy ham mamlakatimizni birinchilardan bo’lib tan olgan davlatlardan biri hisoblanadi. l99l-yil 27-dekabrda O’zbekistonni mustaqilligini tan oladi va l992-yil l5-oktabrdan XXR elchixonasi faoliyat ko’rsata boshladi. Pekinda O’zbekiston Respublikasining elchixonasi l995-yil 6-maydan faoliyat ko’rsata boshladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 20l4-yilning avgust oyida Xitoyga davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko’tardi. Mazkur tashrif doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng loyihalar bo’yicha yigirmadan ziyod hujjat, shuningdek, 800 million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani va shu tariqa jami 6 milliard dollarlik kelishuvga erishilgani o’zaro hamkorlik ko’lami yanada kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Xususan, 20l3-yilda “Jizzax” maxsus industrial zonasi shaklida O’zbekiston-Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki tashkil etildi. Bu yerda mobil telefonlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. “Jizzax” maxsus industrial zonasida Xitoy kompaniyalarining qiymati ellik million dollardan ziyod to’g’ridan-to’g’ri sarmoyasi ishtirokida o’n beshdan ortiq qo’shma loyiha amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik samaradorligining yorqin tasdig’idir.



Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish