Geosiyosat asoslari


Mavzuni mustahkamlash yuzasidan nazorat savollari



Download 1,96 Mb.
bet45/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Mavzuni mustahkamlash yuzasidan nazorat savollari
l. SSSR parchalanishining dunyoning siyosiy xaritasiga qanday ta’siri ko’rsatdi?
2. Mustabit tizimdan yangi mustaqil davlatlarga qolgan og’ir meros.
3. Rossiya-AQSH munosabatlari.
4. NATOning SHarqqa tomon kengayishi.
5. Rossiya-Xitoy munosabatlari ob’ektiv zaruriyati nimada?
6. SHarqiy Yevropa, Kavkaz, YAqin SHarq masalasidagi kelishmovchiliklar.
7. Rossiya tashqi siyosatida SHXT va MDX ning roli qanday?


11-Mavzu: Geosiyosiy munosabatlar tizimida AQSHning roli
Reja:

  1. AQSh tashqi munosabatlarining rivojlanish tarixi.

  2. Yevropa integtrasiyasi ustidagi amerikacha nazorat.

  3. Jahon siyosatida yetakchilik uchun kurash.

  4. AQSHning Markaziy Osiyo, Kavkazdagi manfaatlari.

Tayanch tushunchalar: Monro doktrinasi, Xey doktrinasi, Vilsonning tinchilik dasturi, Daues va YUng rejalari, Lend-Liz haqidagi hujjat, Marshal rejasi, Trumen doktrinasi, NATO, SEATO. Kuch ishlatish siyosati, “N500-75” dasturi, Evrosiyo geostrategiyasi, Kemp-Devid bitami.
l. AQSh tashqi munosabatlarining rivojlanish tarixi. XVIII asrning o’rtalaridan boshlab Buyuk Britaniyaning mustamlakasi bo’lgan Shimoliy Amerikada yagona ichki bozor shakllana boshladi, savdo aloqalari rivojlandi. Ayni paytda Amerikaga Yevropaliklarning ko’chib kelishi boshlangan davrdan keyingi ikki asr davomida ko’chib kelganlarning yagona tarixiy taqdiri ham yuzaga keldi. Chunonchi, ingliz tili umumiy tilga aylandi. Yevropadan ko’chib kelganlar endi o’zlarini amerikalik deb atay boshladilar.
Amerikaliklarning o’ziga xos turmush tarzi ham shakllandi. Hududning umumiyligi, mustamlakalarning iqtisodiy va xo’jalik manfaatlari, til va dinning yagonaligi yangi millat - amerika millatining shakllanishiga olib keldi. Mustaqillik uchun kurashning yetilishi. Buyuk Britaniya qirollik hukumati mustamlakalardan olinadigan daromadni tobora ko’paytirishga urindi. Bu esa metropoliya va mustamlaka shtatlar o’rtasidagi nizoni tobora kuchaytira boshladi.
Mustaqillik uchun urushning boshlanishi. l774-yilda l3 shtat vakillari Filadelfiya shahrida I Kontinental Kongressga yig’ilishdi. Kongress metropoliyaning majbur etuvchi qonunlariga itoat etish majburiy emasligi haqida qaror qabul qildi. Qirol hukumati mustamlaka shtatlar hukumatlari bilan kelishuv yo’lini izlash o’rniga mustamlakalarni taslim etish siyosatini yuritdi va l775- yilning aprelida qirol qo’shinlari ularga qarshi urush harakatlarini boshladi. Shunday sharoitda Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirildi. Kongress qatnashchilari urush boshlashga ovoz berdilar va virginiyalik polkovnik Jorj Vashingtonni (l732-l799) Amerika Qurolli Kuchlarining Bosh qo’mondoni etib tayinladilar.
Shu tariqa Mustaqillik urushi boshlandi. Mustaqillik Deklaratsiyasi. l776- yilning l0-may kuni Kongress Buyuk Britaniyadan ajralishga va mustaqil davlat tuzishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. Bu qarorni rasman e’lon qiluvchi Bayonotnoma ham tayyorlandi. l776-yilning 4-iyulida e’lon qilingan bu hujjat “Mustaqillik Deklaratsiyasi” deb ataldi. Deklaratsiya yangi davlat - Amerika Qo’shma Shtatlarining tuzilganligini butun dunyoga ma’lum qildi.
Amerika burjua inqilobining o’ziga xos xususiyati - bu uning milliy-ozodlik urushi shaklida o’tganligida edi. Yevropa davlatlarining urushga munosabatlari. Mustaqillik urushi davrida AQSh chet el davlatlari madadiga ham tayandi. l776- yilda Benjamin Franklin Fransiyaga elchi sifatida jo’natildi. Fransiyaning asosiy maqsadi, o’zining azaliy va xavfli dushmani - Buyuk Britaniyani zaiflashtirish edi. Shu tufayli Fransiya vaqtni boy bermay AQShga yordam ko’rsata boshladi. Hatto l778-yilda bu ikki davlat o’rtasida “Do’stlik va Tijorat Bitimi”, keyinroq esa “Ittifoq Shartnomasi” ham imzolandi. Buyuk Britaniyaning zaiflashuvidan Ispaniya va Rossiya ham manfaatdor edi. Shuning uchun ham ular AQShga nisbatan do’stona yo’l tutishdi. Bu esa AQShga ham harbiy, ham moddiy, ham ma’naviy madad bo’ldi.
Urushning tugallanishi. l782-yilda Amerika va Fransiya qo’shinlari inglizlarning asosiy kuchlarini taslim etdi. Natijada qirol hukumati muzokaralar boshlashga majbur bo’ldi. Shu tariqa urush tugadi. Tinchlik muzokaralari Parij shahrida o’tkazildi. Nihoyat, l783-yilning 3-sentabrida AQSH va Buyuk Britaniya o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko’ra, Buyuk Britaniya AQSH davlatining tuzilganligini, uning mustaqilligini, suverenitetini tan oldi. AQSH Konstitutsiyasining qabul qilinishi. l787-yili Filadelfiya shahrida mamlakat shtatlari vakillarining Ta’sis Konventi chaqirildi. Uning ishida barcha shtatlardan saylangan 55 nafar vakil qatnashdi. Ular AQSH Konstitutsiyasini tayyorlash ishini nihoyasiga yetkazishlari lozim edi. Shunday bo’ldi ham. Uzoq davom etgan fikr- mulohaza va tortishuvlardan so’ng AQSHning qonun chiqaruvchi hokimiyat organi -Kongressning, federal hukumatning, Oliy Sudning vakolatlari hamda shtatlar bilan markaziy hokimiyat o’rtasidagi munosabatlar xususida yagona kelishuvga erishildi. Va nihoyat, l787-yilda AQSH Konstitutsiyasi qabul qilindi. Davlat tuzumi. Konstitutsiya AQSHda respublika tuzumini o’rnatdi. Ijro etuvchi hokimiyatni 4 yil muddatga saylanadigan Prezident boshqaradigan bo’ldi. Prezident keng vakolatlarga (armiya va flotning Oliy bosh qo’mondoni, xalqaro shartnomalar tuzish, barcha vazirlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish va hokazo) ega bo’ldi.
l789-yilda Jorj Vashington AQSHning birinchi Prezidenti etib saylandi. Oliy Qonun chiqaruvchi hokimiyatning ikki palatali Kongress tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Yuqori palata Senat, quyi palata esa Vakillar palatasi deb ataldi.
Olti yil ichida - l9l4-yildan l920 yilgacha mamlakat milliy boyligi 2,5 baravar oshdi. l920-yilda AQShda butun dunyoda ishlab chiqarilgan yalpi mah- sulotning 47%i yaratildi. Boshqa ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha AQShning yutuqlari yanada salmoqliroq edi. Mamlakatda dunyodagi jami avtomobillarning 80%i, neftning 67%i ishlab chiqarilardi. Amerika floti urush davomida l0 baravarga o’sdi. AQSh Angliya qatori dunyodagi yyetakchi dengiz davlatiga aylandi. Jahon oltin zapasining qariyb 50%i AQShning oltin xazinasi saqlanuvchi Fort-Noksda jamlandi. AQSh jahonning moliyaviy markazi, jahon bozorining poydevoriga aylandi.
2. Yevropa integtrasiyasi ustidagi amerikacha nazorat. Qator masalalar bo’yicha yaqinlashuv va transatlantik dialogni teng huquqli sheriklik kabi tasavvurdagi urunishga qaramasdan, amerikaliklar Yevropa integrasiya jarayonlarini nazorat qilish uchun bor kuchlarini sarflamoqdalar. Eng avvalo, AQSh Yevropada o’zining strategik nazoratini NATO va harbiy bazalari vositasida amalga oshirmoqda. O’z o’rnida AQSh Yevropaning o’zida mavjud bo’lgan kelishmovchiliklardan unumli foydalamoqda. Masalan, Fransiyaning Germaniya ustunligi vujudga kelishidan havotirga tushishi, Germaniyaning esa Rossiyadagi kuchlarni tiklanishi borasidagi qo’rquvi, Britaniyada esa, uning ishtrokisiz qit’ada konsolidasiya imkoniyatlari borasidagi jazavasi, Yevropa hamjamiyatining Bolqondagi portlash xavfi masalasini hal etishda o’z kuchiga tayanib ish ko’rishi kabilardir.
AQSh Yevropani bir tizginda ushlab turish uchun “nemis karta”sini o’ynashga harakat qiladi. Germaniyani yana imperiya darajasiga chiqarish, Yevropada kezib yuruvchi “nemis ruhi” Yevropani boshqa xalqlarini dahshatga soladi. Chunki ikkinchi jahon urushi Yevropa xalqini xotirasidan chiqqan emas. Shuning uchun Yevropa markazida, Rossiya bilan chegaradosh davlatlarda AQSH RQMlari va harbiylari joylashtirilgan. Ma’lumki, YI ichida separatizm siyosatining anglanishi strategik xarakterga ega bo’lib bu 20l6 yil Biritaniya YIdan chiqishini e’lon qilishi, Kataloniya, Irlandiya o’z mustaqiligini talab qiladigan referendum o’tkazishi bunga misol bo’laoladi. YIdagi uyushqoqlik yo’qligi AQSHga nisbatan ham iqtisodiy, ham siyosiy masalalarga qarshi turishga qodir emasligini bildiradi.
Yevropa integrasiya ustidan nazorat borasida ikkinchi strategik dastak sifatida AQSH TMKlarining mavjudligidir. Ular Yevropada o’zlarini filial va shaxobchalarini kengaytirmoqdalar va bu bilan G’arbiy Yevropa mintaqasida AQSHning iqtisodiy pozisiyasini mustahkamlashga urinmoqdalar. TMKlar Yevropada faol investesiyalashtirish siyosatini olib borib, bu erda yuqori texnologiya tovarlarini olib kirmoqdalar71.
AQSHda Yevropa siyosatining faol tarafdorlari ko’plab topiladi. Shulardan biri Zbignev Bjezinskiydir. Uning fikricha, Yevropa “AQSHning tabiiy ittifoqi va “global sherigi” isoblanadi. SHuningdek G’arbiy Yevropani dunyoni boshqarishga bemalol jalb etsa bo’ladi, chunki AQSH faqatgina o’z kuchiga tayanar ekan, dunyo geosiyosiy makonida etakchilik qilishga kerakli darajada kuchli emas. Yevropa bilan global sherikchilik to’g’risidagi safsata zarur, chunki YIni saqlab qolish
Yevrosiyoda AQSH uchun muhim geosiyosiy plastdarm sanaladi. Bjezinskiy bayonot berishicha, “AQSHning Yevropada bosh geosiyosiy maqsadi haqiqiy transatlantik sherikchilik yo’li orqali Yevrosiyo qit’asida AQSH plastdarmini mustahkamlash, pirovardida rivojlangan Yevropa xalqaro demokratik tartiblar va hamkorlik kabilarni ilgari surishda yanada real tramplinga aylansin”72.
AQSh starteglari Yevropaliklarning “amerikacha” tafakkur markazini shakllantirish, bunda barcha ommaviy axborot vositalari kanallari amerikacha turmush tarzi va erkin deokratiya qadriyatlarini oshkora yoki pinhona targ’iboti bilan to’ldirish yordamida amalga oshirishga intilmoqdalar. Ma’lumki, Yevropada aylanayotgan 85% axborotlarning kelib chiqishi AQShga borib taqaladi.
3. Jahon siyosatida yetakchilik uchun kurash. Jahonda AQShning “xalqaro terrorizmga qarshi kurash” g’oyasi butun dunyodagi siyosiy munosabatlarni boshqarishga qo’l kelmoqda. Yevropada ayrim murakkabliklarni qo’llab- quvvatlab, iqtisodiyotini militarizasiyalashtirish, YIni qurollanish poygasiga tortish asosiy maqsad qilib belgilangan.
XXI asr boshlariga kelib, tartiblarning asosiy qirralariga aniqlik kiritildi. Birinchidan, ushbu tartiblarning amalda kafolatli boshqaruvchisi AQSh bo’lib qolmoqda. Bu o’rinda AQSh ma’muriyati avvalo amerika manfaatlariga asoslanganlar va butun dunyo manfaatlarini o’z manfaatlariga aynanlashtirish ishlarini olib borganlar. Eski xalqaro institutlar esa, bu o’rinda AQSh siyosatini amalga oshirishga faqatgina “xalaqit” berar edi. Ikkinchidan, yangi xalqaro huquq asoslari an’anaviy g’arbcha demokratik qadriyatlar bilan mustahkamlangan va ular dunyoning nog’arbiy qismidagi erkinlik g’oyalari, demokratik tartiblardan kuchli farq qilar edi.
Yangi yuz yillikda AQSh o’zini tutishiga qaraganda, guyoki yangi tartiblar mavjud bo’lganiday, vaholanki, qator davlatlar oshkora yoki pinhona bunday yangi tartiblarning o’rnatilishiga qarshilik qilishni davom ettirmoqda. Voqea va tafakkur shuni ko’rsatmoqdaki, hozirda yangi tartibot haqida gaprishga hali erta.
Xalqaro munosabatlarda status-kvo (lotin. Muayyan vaqtda mavjud yoki mavjud bo„lgan siyosiy, huquqiy yoki holatlar) va “tartibga solingan anarxiya” degan tushunchalar mavjud. Siyosiy fanlarda status-kvo atamasi, muayyan vaqtda mavjud bo’lgan siyosiy, huquqiy yoki boshqa holatlar sifatida ta’riflanadi. Bu tartiblarning muhim belgisi normalar, tamoyillar, kelishuv bitimlar subyektlari o’zaro munosabatga kirishib, yuzaga kelgan muammolarni hal qiladilar. “Status-kvo” kategoriyasi realism nazaryasiga taaluqli bo’lib, unda bir necha asosiy tamoyillar mavjud. Birinchidan, xalqaro siyosat anarxiyalik xarakterga ega ekanligi e’tirof etiladi. Ikkinchidan, xalqaro tizimdagi nizolarning mavjudligi uning tabiatiga xos ekanligi haqidagi tezisdir va holatni xalqaro huquqiy institutlar va axloqiy normalar vositasida qisman nazorat qilish mumkin73.
Yangi xalqaro tartib haqida ilk bor AQSH prezidenti katta J.Bush (l989-l993) Yalta-Potsdam bitimini eskiligini ta’kidlagan edi. Uni o’rnini egallagan B.Klinton (l993-200l) bu fikrni ilgari surib, demokratik qadriyatlarga asoslangan butun dunyo tartiblarini qurish strategiyasi e’lon qildi. Kichik J.Bush (200l-2009) bu g’oyani harbiy ruhda, mohiyatan terrorizmga qarshi kurash shiori ostida butun dunyo masshtabida “Amerika demokratiyasi g’albasi uchun urush”ni e’lon qildi. Ko’pgina rivojlangan yangi tartiblar g’oyasini inkor qilsada, AQSh tashqi siyosatiga singdirilgan revizonistik ruhda nisbatan ehtiyotkorona munosabatlarda bo’lmoqdalar.
Juda ko’p davlatlar, YI, Rossiya, Xitoy va Yaponiya davlatlari dunyoni eski tartibotidan voz kechishga shoshilmayatilar. Yangi Vashinton pozisiyasidan xavotirda bo’lib, eski tartibot XX asrda tinchlikni saqlashga katta yoyordam berganligini hisobga olib to’liq iste’moldan chiqarmoqchi emas. Demokratik AQSh esa, avvalo yangi tatiblar boshqaruvida ko’pgina davlatlar faqatgina ramziy o’rinlargina ega bo’lishlari mumkin, deb ularni qo’rqitishga intilmoqda. Harbiy salohiyat nuqtai-nazaridan AQSh, Germaniya, Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Kanada va Yaponiya o’rtalaridagi farq saqlanib qolmoqda. Lekin ular bir-biri bilan kelishuvga, o’zaro manfaatlarini hisobga olishga majburdirlar. Amerikalik siyosatshunos T.Barnettning fikricha, dunyoni “funksiyalashgan yadro” va “integrasiyalashgan bo’linish hududi”ni farqlash lozim. Birinchisiga u yetakchi davlatlarni kiritadi, ya’ni “Yettilar guruhi” - “eski konsert”. Uning tarkibiga “globallashuv tizimi”ga kirish yo’lida harakat qilayotgan boshqa davlatlar kiradi. Bular - Shimoliy Amerika va Yevropa ittifoqi, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya va Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika, Argentina, Braziliya va Chilidir. Bu davlatlar o’rtasida “o’zaro kafolatlangan bog’liqlik” munosabatlari mavjud va bu munosabatlar ularni integrasiyalashgan “yadro”ga aylantiradi74.
AQShga 2009 yil prezidentlikka saylangan B.Obama AQShning Iroq va Afg’oniston singari boshi berk ko’chaga kirib qolgan muammolari bartaraf etilib, eski ssieneriydan voz kechib yangisiga o’tish ishlari boshlandi. AQShning yaqin sharq va Afg’oniston masalasiga yangi yondashuvlari, yangi urush ssenriysi ishlab chiqildi. Yaqin sharq, arab davlatlarini birlashishiga qarshi choralar, Saudiya Arabaistoni va Eron mazhablarga bo’linish, siyosiy qutblashish, mintaqada ta’sir doirasi ustida kurashish ishlari avj oldirildi. Yaman, Liviya fojiasi, Suriya va Iroq fojiasi, Isroil va Falastin majorosi hal etilmasligi, Eronni terrorizmni qo’llab- quvvatlashga ayblab, yadro dasturini inkor etilishi - bu AQShning yaqin sharqdagi faol harakatidan dalolat beradi.
Yaqin Sharq masalasida AQSh arab mamlakatlarining milliy birligiga qarshi kurash maqsadida turli bitim va geosiyosiy o’yinlar amalga oshiradi. Masalan Isroil va Falastin nizolari fonida “Kemp-Devid bitimi” tuzilgan.
Ushbu bitimga ko’ra Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatish maqsad qilib olingan edi. AQSh Prezidenti Jimmi Karter, Misr Prezidenti Anvar Sadod va Isroil Bosh vaziri Menaxem l978 yil l7 sentyabrda imzolaydilar. Muzokaralar davomida Isroil tomonini tashqi ishlar vaziri Moshe Dayan va xavfsizlik vaziri Ezer Vaytsman ham ishtirok etdi. Sammit matbuot uchun yopiq edi. Kemp-Devid muzokaralari oldidan tomonlar o’rtasida bir necha oylik samarasiz aloqalar bo’lib o’tdi.
Kemp-Devidda ikkita shartnoma imzolandi. Birinchisi - "Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatish uchun asos" - Xavfsizlik Kengashining 242 va 338-sonli qarorlarini tinchlikni o’rnatish uchun huquqiy asos deb tan oldi. Birinchi qism G’arbiy Sohil va G’azo sektoriga bag’ishlangan bo’lib, ushbu hududlarda Falastin ma’muriyatini yaratish dasturini amalga oshirishga chaqirilgan. Shartnomaning ikkinchi qismida Isroil va bo’lajak muxtoriyat o’rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga to’xtalib o’tilgan, shuningdek kelajakda Isroil, Iordaniya, Suriya va Livan o’rtasida shunga o’xshash shartnomalar tuzilishi ko’zda tutilgan.
Ikkinchi shartnoma - "Misr va Isroil o’rtasida tinchlik bitimini tuzish doirasi" - Isroilning Sinay yarim orolidan "Britaniya mandati davrida Misr va Isroil o’rtasida xalqaro tan olingan chegaraga qadar" to’liq chiqib ketishi nazarda tutilgan edi. davlatlar o’rtasida o’zaro tan olish va diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni o’z ichiga olgan aloqalar o’rnatiladi.
Yaqin Sharqda Fors ko’rfazi urushi paytida (l99l yil) Amerika davlatining xalqaro faoliyatida aniq namoyon bo’ldi va quyidagi strategik tamoyillarni vujudga keltirdi:
l. Doimgi shaylik. AQSh harbiylarini sezilarli darajada qisqartirilganligi sababli armiya afsonaviy kuchga aylanmaydi. Ya’ni kadrlar yetishmayotganligi, ularni o’qimaganligi va zudlik bilan joylashtirishga tayyor bo’lmaganligi oqibatida tayyorgarlikni kuchaytirishga harakat bo’lgan. Inqirozlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish kontseptsiyasi kerakli joyga yetib borish, hujumga tezda munosib javob bera oladigan kuchni yaratish zarurligini belgilaydi. Bu esa o’z navbatida, faol kuchlar va zaxira kuchlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishni, malakali kadrlarning mavjudligini, to’liq jihozlanishni, o’z vaqtida razvedka va askarlarning intensiv tayyorgarligini nazarda tutgan holda barcha darajalarda birlashtirilgan jamoaviy ishni talab qiladi.
2. Kollektiv xavfsizlik. Global miqyosdagi har qanday inqiroz namoyon bo’lishiga qarshi yanada faol javob beradigan xalqaro xavfsizlik tashkilotlari homiyligidagi har xil ko’p yo’nalishli operatsiyalar tashkil qilishi kutilmoqda. l99l yil Fors ko’rfazidagi urushda BMT AQSh ittifoqchilari faoliyatini tashkil etish va tajovuzkorga jamoaviy javob berishga ruxsat berish orqali belgilangan rolni o’ynadi. Yangi xalqaro tartib nizolarni hal qilishda kuch ishlatmaslik bilan tavsiflanishi kerak va kelishuv buzilganida NATO kabi rasmiy ittifoqlarni qo’llab- quvvatlashi davom etishi kerak. Tezkor harakat qilish uchun vaqt va imkoniyat ko’plab davlatlar tomonidan taqsimlanadi.
3. Qurollarni boshqarish. Qo’shma Shtatlar qurollarni nazorat qilishni yakuniy maqsad sifatida emas, balki milliy xavfsizlikni ta’minlash vositasi deb biladi. Shuning uchun u harbiy tahdidni Amerikaning harbiy manfaatlariga cheklab qo’yishi va harbiy munosabatlarning oldindan bashorat qilinishiga erishishi kerak.
4. Dengizda va kosmosda ustunlik. Havo, kosmik va dengizdagi afzalliklarga erishish va ularni saqlab qolish Amerikaning global yetakchiligini davom ettirishning kalitidir. Havo, dengiz va kosmik sohada tezkor boshqaruvni o’rnatish qobiliyati bir vaqtning o’zida hujum samaradorligini oshirishni, qurbonlarning kamayishini va harbiy kuchlardan qayerda bo’lmasin mohirona foydalanishni ta’minlaydi.
5. Strategik xarakterdagi samaradorlik. O’z mamlakatida va chet elda joylashgan Amerika qo’shinlari Oliy qo’mondonning birinchi buyrug’i bilan dunyoning istalgan nuqtasida ishlashga to’liq qodir bo’lishi kerak.
6. Harbiy kuchning kerakli hajmini o’z vaqtida aniqlash. Qo’shma Shtatlarning o’z mamlakatida va chet elda harbiy kuchning zarur hajmini o’z vaqtida aniqlash qobiliyati muhimligi jihatidan inqirozli vaziyatlarga javob berish orqasida turgan strategik ahamiyatga ega. Shuningdek, bu tiyilish, mintaqaviy barqarorlik va jamoaviy xavfsizlik bilan chambarchas bog’liq, chunki kelajakda AQShning xorijdagi to’g’ridan-to’g’ri harbiy ishtiroki sezilarli darajada cheklanadi.
7. Texnologik ustunlik. Qo’shma Shtatlar miqdoriy chora-tadbirlarning dolzarbligini yengib o’tishi, Amerika harbiylari uchun xavfni kamaytirish va to’qnashuvlarning oldini olish uchun mavjud salohiyatni yumshoqroq ko’rinishga ega. Ammo o’zgacha hal qiluvchi ko’rinishga aylantirish uchun texnologik ustunligini rivojlantirishi kerak. Shuning uchun yuqori texnologiyalarni jadal rivojlantirish va himoya qilish federal hukumatning asosiy vazifasiga aylanadi.
8. Qat’iylikka asoslangan kuch. Harbiy kuch ishlatish to’g’risida qaror qabul qilinishi bilanoq mojaroni hal qilishda uning cho’ziluvchanligi, odamlarning cheksiz qurbonliklari va katta moddiy xarajatlarni keltirib chiqaradigan yarim choralar yoki noto’g’ri usullar bo’lmasligi kerak75.
Amerikaning global tizimi, - deb yozadi Z. Bjezinskiy, shu bilan bog’liqki, - ayniqsa, mag’lubiyatga uchragan dushman - Germaniya, Yaponiya va keyinchalik Rossiyada bo’lgani kabi koopatatsiya76 texnikasining ahamiyatiniga asoslanadi. ... Bu hech qanday iyerarxik piramida emas ... lekin uning kuchi Vashington, Kolumbiya okrugi deb nomlangan yagona manbadan keladi.
Shuning uchun Amerika ustunligi yangi xalqaro tartibni qayta tikladi, u nafaqat transplantatsiya, balki Amerika tizimining ko’plab xususiyatlarini chet ellarda institutsionalizatsiya qiladi. Uning ajralib turadigan xususiyatlariga quyidagilar kiradi.
- jamoaviy xavfsizlik tizimi ...;
- mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik ...;
- qarorlar qabul qilish jarayonining izchilligi sifatini oshirishga qaratilgan protseduralar, hattoki AQSh ustun bo’lgan holatlarda ham;
- asosiy ittifoqlarga a’zolikning demokratik xususiyatiga ustunlik berish;
- boshlang’ich global konstitutsiyaviy va sud tuzilmalari.
4. AQSHning Markaziy Osiyo, Kavkazdagi manfaatlari. Bugungi kunda, AQSh Markaziy Osiyo mintaqasida kuchli pozitsiyani egallashga intilmoqda. Uning bu harakatlarini amalga oshirishida, avvalo, AQShning katta harbiy- iqtisodiy salohiyati, qolaversa, uning halqaro sahnadagi kuchli siyosiy avtoriteti qo’l kelishi mumkin. Avval, Rossiya AQShning bu mintaqadagi har qanday hatti- harakatiga qarshilik qilgandi. Ammo, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida demokratik islohatlarni olib borish shiori AQSh uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.
Shu o’rinda, AQShning pozitsiyasi kuchayishi natijasida Rossiyaning Markaziy Osiyodagi rolini susayishini ham ta’kidlab o’tish joiz. O’zining juda qulay jo’g’rofiy holatiga qaramasdan, Rossiyada mavjud ichki muammolari tufayli, Kreml Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish va mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bobida AQShga munosib raqobat ko’rsata olmayapti.
Umuman olib qaralganda, Jorj Bush ma’muriyatining Markaziy Osiyoda olib borayotgan tashqi siyosati, ayniqsa iqtisodiyot sohasida, nisbatan muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin. Birinchi navbatda, AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan sezilarli darajada savdo va investitsion aloqalari kuchaydi. Buning sababi, AQSh ma’muriyati, Kongress va Davlat departamenti tomonidan to’g’ridan-to’g’ri sarmoya kiritish siyosatining puxta ishlab chiqilganligi, Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy dasturlarni amalga oshirish uchun mablag’ ajratish va beg’araz yordam ko’rsatish siyosati samarasi deb e’tirof etish mumkin. Shuningdek, AQSh Savdo Vazirligi nazorati ostida Amerika va Markaziy Osiyo savdo elitasi o’rtasida o’rnatilgan hamkorlik ham ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishiga hissa qo’shdi.
Garchi, o’rta biznes elitalar o’rtasidagi hamkorlik bobida AQSh raqib davlatlar Rossiya va Xitoyga imkoniyatni boy bersa hamki, Amerika savdo agentliklari Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha turli xil dasturlarni ishlab chiqqan va ular ko’lami boshqa davlatlarga qaraganda ko’p. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, AQSh siyosatshunoslari mamlakat tashqi siyosatini ishlab chiqish jarayonida hamisha faol ishtirok etganlar.
AQSh siyosatshunoslari va ilmiy doiralarida Amerikaning Markaziy Osiyoda olib borayotgan siyosati nechog’li to’g’ri ekanligi xususida yakdil fikr mavjud emas. Fukuyama, Xantington, Bjezinskiy, Xomskiy, Byukenen kabi mashhur siyosatshunoslar turli xil pozitsiya va fikrlarni bildirishadi. Ba’zi birlari, AQShning Markaziy Osiyodagi siyosatini xaos va ongli, ratsional ishlab chiqilmagan deb tanqid qilsa, qolganlari esa J.Bushning Markaziy Osiyoga qaratilgan siyosatiga ijobiy baho beradi.
Amerikaning postsovet Yevroosiyosidan chiqib ketishi Obama ma’muriyati davrida boshlanib, Tinch okeaniga ustuvor yo’nalishlarni o’zgartirib, Afg’onistondan qo’shinlarini olib chiqishni boshladi - bu AQShning e’tiborini Yevropa va postsovet muammolaridan chalg’itdi. Tramp davrida bu tendentsiya yanada kuchaygan - bu Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi uzoq vaqt davomida Xitoy va G’arb bilan yaqin aloqalar orqali o’zlarining noqulay munosabatlarini muvozanatlashtirishga intilgan ko’plab rahbarlarni xafa qildi.
Qo’shma Shtatlarning ketishi ularga ko’pvektorli yondashish imkoniyatini ancha kam qoldiradi - va saylovlardan so’ng bu yerda biror narsa o’zgarishi ehtimoldan yiroq emas.
AQShning postsovet Yevroosiyosidan chekinishining asosiy sababi shundaki, uning mavjudligi dastlab ll sentyabr voqealari va Afg’onistondagi keyingi urush tufayli yuzaga kelgan ekzistensial shokning faqat yon ta’siri edi. Endi Markaziy Osiyo va Kavkaz AQSh uchun ikkinchi darajali manfaatdordir - ular Amerika chegaralaridan uzoqda joylashgan va Qo’shma Shtatlar yoki uning eng yaqin ittifoqchilari uchun juda katta xavf tug’dirmaydi.
AQShning Markaziy Osiyo va Kavkazga munosabati turli prezidentlar davrida ozgina o’zgardi. Masalan, 2009-20l0 yillarda Obama yangi hech narsa taklif qilmadi, shunchaki kichik Bush siyosatini davom ettirdi, har ikki mintaqa orqali Afg’onistonga harbiy yuklarni etkazib berish kanallarini rivojlantirdi. Faqat Obamaning ikkinchi muddati davrida, Afg’onistondan qo’shinlarni olib chiqish boshlanganda, ma’muriyat mintaqaviy masalalar bo’yicha Markaziy Osiyo bilan muloqotni kengaytirish uchun C5 + l formatini taklif qildi.
Tramp ma’muriyati C5 + l formatini saqlab qoldi, uni 2020 yilda Davlat kotibi Mayk Pompeo yanada kuchaytirdi va o’zining Markaziy Osiyo strategiyasini boshladi. C5 + l Vashingtonning mintaqaviy ishlarda ishtirok etishining asosiy vositasiga aylandi. Yangi Prezident Baydenning siyosiy hokimiyati tarkibida C5 + l formatini ishlab chiqqan Obama ma’muriyatidan ko’plab odamlar bor, balki avvalgi kurs davom etishi mumkin.



Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish