Geosiyosat asoslari


Mavzuni mustahkamlash yuzasidan nazorat savollari



Download 1,96 Mb.
bet46/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Mavzuni mustahkamlash yuzasidan nazorat savollari

  1. Jahon siyosatida etakchilik uchun kurash nimalarga asoslanadi.

  2. Monro doktrinasi.

  3. Xey doktrinasi.

  4. Vilsonning tinchilik dasturi.

  5. Daues va Yung rejalari.

  6. Lend-Liz haqidagi hujjat.

  7. Marshal rejasi.

  8. Trumen doktrinasi.

  9. Kuch ishlatish siyosati va uning barbod bo’lishi.

  10. “N500-75” dasturining mohiyati.

  11. Kemp-Devid bitami.

  12. Arab mamlakatlarining milliy birligiga qarshi kurash vositasi.

  13. AQSH ning O’rta Osiyo, Kavkaz va Hinddagi manfaatlari.



12-mavzu: Xitoyning geostrategik siyosati va uning mohiyati
Reja:
Xitoy tashqi siyosatining shakillanishi va uning jahon siyosatidagi ro„lining mustahkamlanishi.
Xitoy tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari va prinsiplari.
Zamonaviy bosqichda Xitoyning Markaziy Osiyo bilan aloqalari hamda uning mintaqadagi manfaatlar.
Tayanch tushunchalar: Xitoy-Rossiya, Xitoy-G’arbiy Yevropa, Xitoy-AQSH munosabatlari, iqtisodiy taraqqiyotning spetsifik xususiyatlari, demografik muammo, “Katta Xitoy” integratsiyasi.
l. Xitoy tashqi siyosatining shakillanishi va uning jahon siyosatidagi rolining mustahkamlanishi. Xitoy oxirgi olti asr davomida Min sulolasi hukm surgan davr (XIV - XVII asrlar) dan boshlab, ayniqsa, Sin sulolasi davri (XVII-XX asrlar)da tashqi dunyodan ajralish siyosatini olib borganini eslash lozim. O’shanda tashqi dunyo bilan har qanday aloqalar taqiqlab qo’yilgan edi. Bu Xitoyning tanazzulga yuz tutishiga olib keldi, qashshoqlik va qoloqlikni yanada kuchaytirdi. XXR rahbariyati Osiyoning «to’rt kichik ajdari» (Syangan, Singapur, Tayvan, Koreya) iqtisodiyoti taraqqiy etishiga olib kelgan omillarni o’rganib chiqib, tashqi dunyoga ochiqlik yo’liga kirdi.
XX asrning 70-80-yillari chegarasida “yagona front” siyosatining siyosiy- strategik yo’nalishi ayniqsa faol rivoj topdi. Bu ma’lum darajada Xitoy chegarasi yaqinidagi vaziyatning yanada murakkablashuvi bilan bog’liq edi: 70-yillarning oxiridan boshlab Xitoy-SSSR, Xitoy-Monogoliya va Xitoy-Hindiston chegarasidagi keskinlikka Xitoy-Vetnam chegarasidagi qarama-qarshilik, qo’shni Afg’onistonga sovet qo’shinlarining kiritilishi, Uzoq Sharqda va Tinch okeanining g’arbiy qismida sovet harbiy salohiyatining yanada kuchayishi, shuningdek KXDR bilan Xitoy munosabatlarining sovuqlashishi qo’shildi.
l978-yil hokimiyat tepasiga Den Siyopin kelgandan so’ng tashqi siyosatda keskin o’zgarishlar ro’y berdi “yagona front“ siyosati, “ko’p qutubli dunyo”, “uchinchi dunyo nazriyasi“ kabi jahon siyosatidagi nazariyalarni ilgari surib ko’p tomonlama munosabatlarga kirishadi bu esa Xitoy taraqqiyoti uchun ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan.
Muammolarni yechishning kuch ishlatishga asoslanmagan, ancha tejamli va shu bilan bir vaqtda samarali yo’llarini doimiy ravishda izlash, shuningdek ayrim davlatlar bilan alohida munosabatlarga urg’u berish Xitoy tashqi siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi. Shunga mos ravishda, u yoki bu diplomatik yurishlarni tayyorlayotganda tahliliy ishning muayyan qismi jahonda mavjud ziddiyatlarni, ulardan mamlakat manfaatlarida foydalanish imkoniyatlarini o’rganishga bag’ishlanadi.
“Yagona front” siyosatini olib borish Xitoyga qisqa vaqt ichida G’arb mamlakatlari bilan munosabatlarni butunlay o’zgartirish imkonini berdi. l978-yilning dekabrida l979-yil yanvardan boshlab ikki mamlakat o’rtasida diplomatiya munosabatlarini o’rnatish to’g’risidagi Xitoy va AQSh qo’shma kommyunikesi e’lon qilindi. Bu hujjatga ko’ra AQSh XXR hukumatini Xitoyning birdan-bir qonuniy hukumati sifatida tan olar edi.
l979-yil iyulda XXR va AQSh o’rtasida Savdo-sotiq to’g’risidagi bitim imzolandi. Mazkur bitimda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun uzoq muddatli mustahkam asosni yaratish nazarda tutilgan edi. Bundan tashqari, 70-yillarning oxirida bu ikki davlat o’rtasida fan va texnika, madaniyat, maorif, qishloq xo’jaligi, kosmik bo’shliqni o’zlashtirish sohasida va boshqa jabhalarda hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
Qo’shma Shtatlar bilan munosabatlarning yaxshilanishi Xitoyning boshqa rivojlangan mamlakatlar, eng avvalo Yaponiya bilan aloqalari rivojlanishiga sezilarli darajada ko’maklashdi. Modernizatsiyani amalga oshirish jarayonida Xitoy rahbariyatining bir qismi aynan Yaponiya bilan hamkorlikka alohida umid bog’ladi. l978-l980-yillarda bu ikki mamlakat o’rtasida savdo-sotiq, madaniy aloqalarga ko’maklashish, ilmiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi, shuningdek tomonlarni qiziqtiruvchi muammolar bo’yicha bir qator kelishuvlar va ahdlashuvlarga erishildi.
l978-yil avgustda XXR va Yaponiya o’rtasida tinchlik va do’stlik to’g’risida shartnoma tuzildi. “Yagona front” siyosati XXRning G’arb mamlakatlari bilan munosabatlari rivojlanishiga kuchli turtki bergan bo’lsa-da, lekin Xitoy rahbariyatining ko’pgina umidlarini oqlagani yo’q.
l984-l986-yillarda jahon rivojlanishining asosiy muammolariga nisbatan Xitoy yondashuvining yangi konseptual asoslari yaratiladi. Xalqaro vaziyat tahlilida dunyoga ko’p qutblilik nuqtai nazaridan qarash ustunlik qila boshlaydi. Xitoylik siyosatshunoslar orasida 80-yillarning o’rtalaridan boshlab keng tarqalgan bu konsepsiya Pekinning jahondagi vaziyat xususidagi rasmiy nuqtai nazari sifatida ilk bor l988 - yil mayda XXR tashqi ishlar vaziri Syan Sichenning nutqida bayon etildi. Uning aksariyat tarafdorlari fikriga ko’ra, ko’p qutbililikka intilish ijobiy hodisa hisoblanadi. U jahon turli davlatlarining xalqaro maydonda mustaqil siyosat olib borishga intilishini aks ettirish orqali, xalqaro munosabatlarni demokratiyalashtirish sari eltadi va “bitta yoki ikkita o’ta qudratli davlat”ning yakkahokimligiga barham berishni nazarda tutadi.
Xitoyning hozirgi tashqi siyosati zamirida yotuvchi boshqa bir qoida “keng ko’lamli davlat qudrati” g’oyasi bilan bog’liq. Uning mohiyati shundaki, hozirgi sharoitda davlatning kuchi va uning xalqaro maydondagi nufuzi harbiy salohiyatning mavjudligi bilangina emas, balki iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasi, shuningdek oqilona tashqi siyosat bilan ham belgilanadi, bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati yetakchi omil hisoblanadi.
Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruv faoliyatida ishtrok etish yo’liga nazar solganda uchta umumiy bosqichni aniqlash mumkin:
l) Asosiy xalqaro rejimdan orqada qolgan autsayder (qoloq mamlakat) (l949-l97l). XXR l949 yili AQSh va Sovet Ittifoqi o’rtasidagi Sovuq urush davrida tashkil topgan bo’lib, unda AQSh g’arbiy davlatlar blokiga va Sovet Ittifoqi sharqiy blokka yetakchilik qildi. l97l yilgacha Xitoy asosiy rejimdan tashqarida kuzatuvchi, hatto raqib sifatida qabul qilinar edi.
2) Global rejim qatganchisi (l97l-2000yy). Xitoyning asosiy rejimdagi rasmiy ishtroki l97l yili BMT uning qonuniy o’rnini tiklaganidan keyin Xitoy va g’arbiy blokidagi (AQSh, Yevropa va Yaponiya kabi) mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar to’liq normallashishiga erishildi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ), tariflar va savdo bo’yicha bosh bitim (TSBB), keyinchalik Jahon savdo tashkiloti (JST) a’zoligining tiklanishi bilan Xitoy xalqaro rejimning asosiy ishtirokchilaridan biri darajasiga ko’tarildi.
3) Qatnashuvchidan amalga oshiruvchi va yetakchilikkacha (200l yildan). Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruvdagi tobora rivojlanib borayotgan harakatlari uning rolidagi muhim o’zgarishlarni - pessimistik kuzatuvchidan g’ayratli qatnashuvchiga; passiv moslashishdan tashabbuskorona aralashuvga; befarq erkin chavandozdan mas’ul amalga oshiruvchi, islohotchi va natijaga erishuvchi; jabrlanuvchi va eski rejimning antagonistidan yangi rejimning yaratuvchisi va yetakchisiga aylanganini ko’rsatadi.
Rossiyada siyosiy hokimiyatdan kommunistik partiyaning chetlatilishi, Moskvada aksilkommunistik va o’sha vaqtda g’arbga xayrixoh bo’lgan kuchlarning g’alaba qozonishi Moskva va Pekinning yaqinlashish jarayonini sekinlashtirdi. Boz ustiga, o’sha davrda g’arb bilan yaqinlik “romantizmi”ga berilgan Rossiya ma’murlari Pekin bilan o’z munosabatlarida AQSh va G’arbiy Yevropa tomonidan belgilangan andozalardan chetga chiqmaslikka harakat qilardilar, inson huquqlariga nisbatan yondashuvlarda Xitoy rahbariyati bilan kelishmovchiliklarga alohida urg’u berardilar, Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari tizimida Xitoy AQSh, G’arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin qo’yilardi. Shunga qaramay, l99l-yil dekabrda Xitoy Rossiyani tan olishi haqida rasmiy bayonot berdi, l992-yilda esa XXR rahbariyati Rossiya va Xitoy o’rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rag’batlantirish to’g’risida qaror qabul qildi.
90-yillarning o’rtalariga kelib “uchburchak munosabatlar” mantiqi bo’yicha siyosiy rivojlanish Rossiya va Xitoy munosabatlarining yaqinlashuv jarayonida yyetakchilik qilayotgani ayon bo’lib qoldi. Umuman olganda, l99l-l996-yillarda Rossiya-Xitoy munosabatlari darajasi tan olish masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan bo’sag’adan “XXI asrda strategik o’zaro aloqa qilishga qaratilgan teng huquqli ishonchli sherikchilik” ta’rifiga qadar ko’tarildi. Ikki mamlakatning “strategik o’zaro aloqalar qilish” yo’lidagi sa’y-harakatlari AQShning bir qutbli dunyoni turg’un holatda saqlab qolish borasidagi intilishlariga qarshi kurashish va ikkala davlat ham hech kimga qaram bo’lmagan rolni o’ynay oladigan ko’p qutbli dunyoni yaratishga qaratilgani bois, mohiyat e’tibori bilan Moskva va Pekin birgalikda amalga oshirayotgan harakatlarning pirovard maqsadi yaqin harbiy-siyosiy ittifoqni tashkil etishdan emas, balki bir-biridan ajralish va alohida-alohida ish ko’rishdan iborat.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish