2. Hozirgi dunyoda Markaziy Osiyoning ahamiyati. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati mintaqaning o’z salohiyati bilan emas, balki asosan boshqa, chindan ham muhim mintaqalarga yaqinligi bilan belgilanadi. Masalan, «Vikpediya fri ensiklopediya» deb nomlangan ommabop Intyernet-saytda quyidagi so’zlarni o’qish mumkin: «Markaziy Osiyo uzoq davr mobaynida strategik ahamiyatga molik mintaqa deb hisoblanib kelingani faqat uning Evrosiyoda joylashgan buyuk davlatlarga yaqinligi bilan bojliq. Mintaqaning o’zi hech qachon ko’p sonli o’troq aholiga ham, o’z tabiiy boyliklaridan foydalanish qobiliyatiga ham ega bo’lmagan. SHu boisdan bu mintaqa tarixida uning hududida qudratli impyeriya yoki nufuzli davlatlar kam vujudga kelgan. Markaziy Osiyo asosan tashqi kuchlar raqobatlashgan maydon bo’lgan».O’z-o’zidan ravshanki, geografik joylashuv har qanday mamlakatning geostrategik salohiyati va ahamiyatini belgilovchi muhim omillardan biridir. Mavqei boshqa mamlakatlarga nisbatan joylashuviga bojliq bo’lmagan birorta ham xaqiqatdan muhim mintaqa yoki davlat jahonda yo’q. Lekin Markaziy Osiyoning butun stratеgik ahamiyatini faqat uning buyuk davlatlar yaqinida joylashganligiga bojlash ham to’jri emas. Zero, bugungi kunda Markaziy Osiyo o’z holicha ham muhim ahamiyatga ega ekanligi namoyon bo’lmoqda. Mintaqaning ahamiyati tobora ortib bormoqda va bir qancha omillar bilan tavsiflanmoqda. Bu omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh ijobiy omillar guruhi bo’lib, unga quyidagilar kiradi:
l. Nisbiy demografik salmoqning oshishi. Makromintaqaning yuqorida qayd etib o’tilgan chegaralarida bugungi kunda 95 milliondan ko’proq aholi yashaydi. Mintaqa aholisining zichligi uncha katta emas - bir kvadrat kilometrga 9 kishi to’jri keladi. Ayni paytda ushbu ko’rsatkich butun Osiyo bo’yicha 80,5 kishini tashkil etadi. Lekin muhim demografik ko’rsatkich - aholi sonining ikki baravar ko’payish davri so’nggi paytgacha Markaziy Osiyoda 23-25 yilni tashkil qilgan. So’nggi yillarda aholining o’sish sur’ati biroz pasaygan bo’lsa-da, u nisbatan ancha yuqori bo’lib qolmoqda.
2. Xalqaro ahamiyatga molik tabiiy resurslarning mavjudligi. Avvalambor, albatta, bu yerda so’z Markaziy Osiyoning enyergetik salohiyati to’jrisida yuritilmoqda.
Markaziy Osiyoning enyergetik salohiyati jahon neft va gaz bozoriga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatish yoki uglevodorodli xom ashyoning an’anaviy manbalari bilan raqobatlashish uchun etarli emas. Turli ma’lumotlarga ko’ra, neftning tekshirilgan umumiy zaxiralari l5 va 3l milliard barrel atrofida bo’lib, bu jahon zaxiralarining taxminan 2,7% ni tashkil etadi. Bu, albatta, uglevodorodli xom ashyoning Yaqin Sharqdagi manbalari salohiyatidan ancha kam. Bu yerda tekshirilgan neft zaxiralari jahon resurslarining 55% ni tashkil etadi. Xususan, taqqoslash uchun, Saudiya Arabistonining tekshirilgan neftb zaxiralari 269 milliard barrelni tashkil qiladi. Markaziy Osiyoning tekshirilgan tabiiy gaz zaxiralari 230-360 trillion kub futga baholanmoqdaki, bu jahon zaxiralarining taxminan 7% ni tashkil etadi.
3. Chet el investisiyalarining ko’p miqdorda jamlanishi. So’nggi yillarda mintaqa salmoqli moliyaviy investisiyalar ob’ektiga aylanib bormoqda. Amyerikalik etakchi tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, l992-2000 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon iqtisodiyotiga 50 milliard AQSH dollari miqdorida chet el investisiyalari jalb qilingan bo’lsa2, keyingi to’rt yil ichida shu davlatlarga amalga oshirilgan to’jridan- to’jri chet el investisiyalari (FDI)ning o’zi l7,l milliard dollarni tashkil etdi3.
2002-yilning boshida Tokioda o’tkazilgan Afg’oniston iqtisodiyotini tiklashga bajishlangan xalqaro konfyerensiyada donor mamlakatlar Afjoniston iqtisodiyotini tiklash maqsadlariga 4,5 milliard AQSh dollari ajratish majburiyatini oldilar. Afg’onistonga moliyaviy yordam ko’rsatish bo’yicha barcha rejalar to’liq amalga oshgani yo’q, lekin vaziyatning barqarorlashiga qarab Afg’oniston iqtisodiyotiga, asosan infratuzilma bilan bojliq loyihalarga, chunonchi: yo’llar, ko’priklar, telekommunikasiya tarmoqlari qurishga har yili ancha ko’p mablajlar yo’naltirilmoqda.
4. Muhim transport-kommunikasiya yo’llarining kesishishi. Markaziy Osiyo savdo yo’llari chorrahasi sifatidagi o’zining tarixiy ahamiyatini tiklamoqda. To’jri, an’anaviy savdoda dengiz transporti hal qiluvchi rol o’ynaymoqda va kelajakda ham o’ynajak. Ayni paytda Markaziy Osiyoda temir yo’l va avtomobilb transporti samaradorligining oshishi, aviatsiya aloqalarining rivojlanishi transport marshrutlari tizimida mintaqaning raqobatbardoshligi oshishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, iqtisodiy aloqalarning telekommunikasiyalar va axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan bojliq yangi shakllari dengiz yo’llariga ehtiyoj sezmasdan, eng qisqa, to’ppa-to’jri yo’llardan o’tayotir. Demak, ular muhim iqtisodiy markazlar - Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasini birlashtirib, Markaziy Osiyo orqali o’tmoqda.
5. Sivilizasiyalararo aloqalar. Markaziy Osiyo aholisining ko’pchiligi islom diniga mansub bo’lgan mintaqalardan birigina emas. U musulmon dunyosining tarixiy jihatdan eng muhim markazi hamdir. Xalqaro radikal kuchlar Markaziy Osiyoga ekstremistik joyalarni olib kirish, tarqatishga harakat qilayotgani bejiz emas. Bu jahondagi kuchlar nisbatida tub o’zgarish yasashi mumkinligini ular yaxshi tushunadilar. Musulmon dunyosida kechayotgan murakkab jarayonlar, tangliklar Markaziy Osiyoga ham bevosita taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |