Geosiyosat asoslari


Mavzuni mustahkamlash yuzasidan nazorat savollari



Download 1,96 Mb.
bet51/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Mavzuni mustahkamlash yuzasidan nazorat savollari

  1. Rossiya-Yaponiya munosabatlarining rivojlanish tarixi - Kurill muammosi.

  2. Rossiya-Yaponiya munosabatlarida “Uchinchi kuch” omili-Portsmut, Potsdam, Yalta bitimlari.

  3. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari.

  4. Tashqi siyosatda AQSH mavqeining ortishi.

  5. Tabiiy-iqtisodiy va energetik muammolari.

  6. Yaponiya iqtisodiyotida Kuril zahiralariga bo’lgan talab.

  7. Orollarning Rossiya iqtisodiyoti va harbiy - geosiyosiy manfaatlarida tutgan o’rni.

  8. Yaponiya-MDH mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy munosabatlar.

  9. O’zbekistan va Yaponiya o’rtasidagi strategik hamkorlik masalalari.



14-Mavzu: Yangi ming yillikda Markaziy Osiyo mintqasidagi geosiyosiy jarayonlar
Reja:

  1. Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlar tizimida - tarixiy ildizlar.

  2. Hozirgi dunyoda Markaziy Osiyoning ahamiyati.

  3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari geosiyosatidagi o’ziga xos o’rni.

  4. XXI asr boshida Markaziy Osiyodagi yangi geosiyosiy burilish.

  5. O’zbekiston jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi.

l. Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlar tizimida - tarixiy ildizlar. Markaziy Osiyoning qaytadan vujudga kelishi insoniyat oxirgi o’n-o’n besh yil mobaynida boshdan kechirgan ko’plab dramatik o’zgarishlar va keskin burilishlar orasida, shubhasiz, eng muhimlari qatoriga kiradi. Mintaqa asriy siyosiy yo’qlikdan qaytdi va yana bir bor xalqaro hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ldi. Boz ustiga, u bugungi kunda jahon hamjamiyatining diqqat markazida turibdi.
«Markaziy Osiyo» atamasi birinchi marta taniqli nemis olimi, geograf Aleksandr fon Gumboldt tomonidan l843 yili Parijda nashr etilgan uch jildli «Markaziy Osiyo. Tog’ tizmalarini tadqiq qilish va iqlimlarni taqqoslash» asarida qo’llanilgan edi. Unda olim ichki sug’orish sistemasini va tog’ tizmalarini o’rganib, Markaziy Osiyoni alohida, o’ziga xos mintaqa sifatida ajratdi.
Shundan so’ng «Markaziy Osiyo» tushunchasi uzoq vaqt mobaynida, to so’nggi davrgacha geosiyosiy tushuncha sifatida emas, balki asosan tarixiy yoki geografik atama sifatida qo’llanilib kelindi. Boz ustiga, mintaqaning chegaralari ham, uning tarkibi ham aniq emas edi. Hatto uning nomi ham turli tarixiy davrlarda va xalqlarda har xil atalgan. Tarixan olganda, geografik omillar asosiy mezon bo’lib xizmat qilgan. Yunonlar va rimliklar uni «Transaksoniya» - Oxus daryosi (Amudaryo) ortidagi yer deb, xitoylar «G’arbiy o’lka» deb, arablar - «Movarounnahr» yoki ikki daryo oralig’i deb ataganlar. Eron «Turon»dan ajratilgan. Ba’zan mintaqa etnolingvistik asosda «Turkiston» deb atalgan. Ba’zan esa, u «Ichki Osiyo» (Inner Asia) deb kengaytirilgan tarzda talqin qilingan va unga Mo’g’uliston, G’arbiy Xitoy, SHimoliy Hindiston, Pokiston va Rossiya Sibirining janubiy qismi kiritilgan. Har qalay, YUNESKO tomonidan nashr etilgan «Markaziy Osiyo sivilizasiyalari tarixi» kitobida mintaqa xuddi shunday ko’rinishga ega85. Bazan aksincha, sobiq SSSRda bo’lganidek, mintaqa doirasi atigi to’rt respublika - Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekistonni o’z ichiga olgan «O’rta Osiyo» tushunchasiga qadar toraytirildi.
Rus geosiyosatchilaridan A.Duginning ta’rifiga ko’ra, Markaziy Osiyo hududi G’arbda Kaspiydan boshlab Shimoliy-sharqda Oltoy o’lkasiga qadar, shimoldan Shimoliy Qozog’iston va yana yuqoriroqdagi ayrim Rossiya guberniyalaridan janubda Pokistonga qadar hududni egallaydi86.
Arnold Toynbi o’zining monumental «Tarixni anglash» asarida Oks-Yaksart havzasi (ya’ni Amudaryo va Sirdaryo oralig’i), Yaqin Sharq kabi, yer yuzidagi barcha muhim yo’llar kesishadigan joy ekanligini, tabiiy shart-sharoitlar bu joylar xalqaro chorrahaga aylanishiga imkoniyat yaratganligini qayd etadi. SHuning uchun ham jahonning barcha asosiy dinlari yoki shu yerda vujudga kelgan, yoki qudratli rivoj topgan, deb ta’kidlaydi Toynbi.
XXI asr bo’sag’asida yuz byergan geosiyosiy o’zgarishlar kuchlarning xalqaro balansida va sivilizasiyalar o’rtasidagi aloqalarda Markaziy Osiyo muhim rol o’ynashini yana bir karra tasdiqladi. Mintaqada mutlaqo yangi geostrategik vaziyat yuzaga keldi. O’tgan asr mezonlari, ta’riflari va siyosiy xaritalari bugungi Markaziy Osiyoni tushunish va uning muammolarini anglash uchun to’g’ri kelmay qoldi. Mintaqaga yangicha, yanada kengroq yondashuvsiz u duch kelgan jiddiy muammolarning to’g’ri echimini topish mumkin emas. Mintaqani madaniy, etnolingvistik, geosiyosiy va geoiqtisodiy tendensiyalar, shuningdek xavfsizlik muammolari majmui nuqtai nazaridan anglash, muqarrar tarzda Markaziy Osiyo faqatgina sobiq SSSRning besh respublikasidan iborat emas, degan xulosaga olib keladi. Afg’oniston hamda Xitoyning g’arbiy hududlari ham uzviy ravishda mintaqaning tarkibiy qismlaridir.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish