Geosiyosat asoslari



Download 1,96 Mb.
bet60/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Nazorat savollari:

  1. Yangi ming yillikda Rossiya-AQSH-Xitoy gegimon davlarlarining o’rnini qanday baholaysiz?

  2. Hozirgi kunda AQSHning xalqaro yetakchilikdagi roli qanday?

  3. Markaziy Osiyoda Xitoyning geostrategiyasi qanday nomlanadi?

  4. Yaqin sharq mintaqasidagi geosiyosiy voqelikda Turkiyaning roli baholang?

  5. Markaziy Osiyo regionidagi qanday geosiyosiy jarayonlar mavjud?

  6. Yangi katta o’yin haqida nimalarni bilasiz?

  7. Markaziy Osiyoga nisbatan qanday geosiyosiy formatlarni bilasiz?



16-Mavzu: O’zbekiston va SHHT geosiyosiy istiqbollari
Reja:

  1. SHHT ning tashkil etilishi ob’ektiv zaruriyat sifatida.

  2. SHXT ning iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati.

  3. SHXT ning mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati.

  4. SHXT va Osiyo integratsiyasi masalalari.

  5. SHHT va AQSH ning geosiyosiy manfaatlari.

Tayanch iboralar: yangi dunyo, hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ShHT, MDH, KSHT, MOH, xavfsizlik, Afg’oniston fojiasi, yaqin qo’shnichilik, yumshoq kuch, ko’p vektorli siyosat.
Hozirda halqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha jahonda turli halqaro va mintaqaviy tashkilotlar mavjud bo’lib, ularning orasida «Mustaqil Davlatlar Hamdo’stdigi» o’ziga hos ko’rinishga ega. Bu mintaqaviy tashkilot - bir butun davlag yoki federatsiya emas, harbiy blok ham emas. Balki u o’zining mohiyatiga ko’ra ixtiyoriy iqtisodiy uyushma sifatida vujudga kelgan davlatlar hamdo’stligining yangicha shakli va ko’rinishidir.
MDH 1991 yil 8 dekabrda Minskga yaqin Belovejskoe Pushcheda uch slavyan respublikalari - Rossiya, Belorus va Ukraina davlatlari boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risidagi shartnomani imzolashi asosida shakllandi. Uni imzolagan davlatlarning hududiy butunligini tan olish, hurmat qilish hamda amachdagi chegaralar, ularning ochiqligi va fuqarolarning harakati erkinligi e’tirof etildi.
Markaziy Osiyo davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga uni ta’sis etuvchilar rolida borishga tayyor ekanligini bildirdilar. 1991 yil 21 dekabrda Almatida Rossiya (B.Elsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belarus (S.Shushkevich), Qozog’iston (N.Nazarboev), O’zbekiston (I.Karimov), Qirg’iziston (A.Akaev), Tojikiston (R.Nabiev), Turkmaniston (S.Niyozov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. Unda Belovejskoe Pushcha shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, «Teng huquqli va Ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga muassis bo’ldilar. Gruziya MDHga 1993 yilda qo’shildi. Shu munosabat bilan MDHning tarkibi 12 davlatga yetdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining Oliy organlari qo’yidagilardan iborat:
• «Davlat boshliqlari Kengashi»;
• «Hukumat boshliqlari Kengashi»;
• «Tashqi ishlar vaziri Kengashi»;
• «Davlatlararo iqtisodiy Kengash»;
• Markazi Sankt-Peterburgda bo’lgan «Parlamentlararo Assambleya» (uning tarkibiga 1995 yildan Rossiya, Belorussiya, Qozogiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Armaniston, 1997 yildan Ozarbayjon, Moldaviya, Gruziya, 1999 yildan Ukraina kirgan);
• «Mudofaa vazirlari Kengashi». Uning qoshida doimiy sekretariat va MDHning harbiy hamjamiyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Shtabi (ShKVS) joylashgan;
• «Chegara qo’shinlariga boshchilik qiluvchi Kengash»;
• «Iqtisodiy sud»;
• «Davlatlararo statistik qo’mita»;
• «Inson huquqlari komissiyasi»;
• MDHning doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organi «Muvofiqlashtiruvchi- konsultativ qo’mita»si (Minskda joylashgan);
• 2000-yil hamdo’stlik davlatlari «MDHning terrorchilikka karshi kurash Markazi»ni tuzish to’g’risida shartnoma imzoladilar97.
MDHning raisi lavozimi navbat bilan bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o’tadi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta o’tkaziladi. Bundan tashqari Kengashning navbatdan tashqari majlisi ham o’tkazilishi mumkin. U MDH a’zosi bo’lgan har qanday davlat tashabbusi bilan chaqiriladi. Davlat boshliqlari Kengashida ayrim davlatlar kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi. MDHda faoliyat ko’rsatayotgan a’zolar bilan bir qatorda, uning muayyan bir faoliyati bilan shug’ullanuvchi a’zolar ham mavjud. MDH organlarining faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash (xarajatlari) a’zo davlatlarning xizmat yuzasidan bo’lgan ishtiroki tartibi bo’yicha taqsimlanadi va MDH organlari byudjeti to’g’risidagi maxsus bitim asosida o’rnatiladi.
Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi - tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo’lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo’lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo’lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog’da ularning birortasi ham o’z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo’nalishni uyg’unlashtirishdan iboratdir. O’zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko’rishni istadi.
Biroq, dastlabki yillarda MDH a’zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar ham bo’lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o’z kengashlarida barcha a’zo davlatlar taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo’lar edi. O’zbekiston davlati doimo bu tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi tarafdori bo’lib keldi.
O’zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi. 1992-yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o’rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga ko’tarilishiga sabab bo’ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o’zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Mustaqillikning birinchi o’n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo’lib o’tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo’mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to’laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to’lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o’rin egalladi. O’zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo’yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o’zaro manfaatli hamdo’stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Moskvada MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo’lib, unda o’tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o’zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko’paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi muassasalar, xo’jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o’n yilligi munosabati bilan hamda Afg’onistondagi vaziyatga doir “Bayonot”ga imzo chekdilar. Bugungi kunda ham O’zbekiston Respublikasi MDHga ko’p tomonlama hamkorlik uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida qaraydi.
Davlatimiz rahbari 2012-yil 15-may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo’stlik ko’p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo’lib qolishi lozimligini yana bir ta’kidladi.
2002-yildan buyon MDH doirasida tuzilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham o’z faoliyatini olib bormoqda. O’zbekiston bu tashkilotning ODKB davlatlari o’rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama qarshiliklar va mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo Tashkilotlarga a’zo mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb hisoblaydi. Shuningdek, O’zbekiston ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida “zo’ravonlik xatti-harakatlari” yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yohud ta’sir ko’rsatishiga aslo yo’l qo’ymaslik zarur, degan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2010-yil 10-dekabrda Moskvada bo’lib o’tgan ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisida ham “u yoki bu mamlakat ichidagi “zo’ravonlik xatti-harakatlari” turli ssenariylar bo’yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor”, deb ta’kidlagan edi. Bu pozitsiyaning to’g’ri va hayotiyligini 2010-yil 10-14-iyun kunlari Qirg’iziston janubida ro’y bergan voqealar ham tasdiqladi. Birinchi Prezident I.A.Karimov Kengash yig’ilishida Qirg’iziston voqealarida O’zbekiston tutgan yo’lni to’g’riligini izohlab, agar aholimiz o’rtasida osoyishtaligimizni saqlay olmaganimizda O’zbekistonning qariyb 300 ming qirg’iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg’ona vodiysi hududida qanday fojeali voqealar ro’y berishi mumkinligini ham isbotlab berdi. Shu bois ham, O’zbekiston davlati ODKBning tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to’g’risidagi bitimni va ODKBning Tinchliksevar kuchlari to’g’risidagi bayonotini imzolamadi.
1990-yillarning oxiri 2000-yilning boshlarida Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko’tarildi. RF Prezidenti V.Putin qisqa muddatda O’zbekistonga ikki marta – 1999-yil 10-ll-dekabrda va 2000-yil 18-19-may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi.
O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etib, ikki mamlakat o’rtasida turli maqsadlarga yo’naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolandi. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 2000-yilda 1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda - 520 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari faoliyat ko’rsata boshladi. Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo’shma korxona mavjud edi. O’zbekiston Rossiyadan mashina va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qilayotgan edi.
2004-yil 16-iyunda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi bilan “Lukoyl” neft kompaniyasi, OAJ hamda “O’zbekneftigaz” milliy xolding kompaniyasi bilan, “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati o’rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida Rossiya tomonidan O’zbekiston yoqilg’i-energetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo yo’nalishidagi hamkorlik hajmi 2003-yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
O’zbekistonning Kavkazorti respublikalari bilan bugungi aloqalari ham qadimiy aloqalar bilan mushtarakdir. 1995-yil 5-sentyabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi E.Shevarnadzening O’zbekistonga rasmiy tashrifi O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar bo’yicha bir qancha shartnomalar imzolandi. Ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan O’zbekiston Gruziya qo’shma axboroti asosida ikki tomonlama aloqalar chuqurlashib, Markaziy Osiyo va Kavkazorti mintaqalari xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida davlatlararo aloqalar ham yo’lga qo’yilib, rivojlanib bormoqda. 1996-yilning mayida I.Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasining Ozarbayjonda bo’lib, ikki davlat rahbarlari kelishuvi asosida xalqaro “Trans Kavkaz yo’1i” barpo etildi, uning Ozarbayjondan o’tadigan qismi shakllantirilib, O’zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon chiqarishga yo’l ochildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatib, qo’shnichilik tamoyillariga amal qildi. Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan qardoshlarcha do’stlik aloqalarini mustahkamlash O’zbekiston tashqi siyosatining muhim yo’nalishiga aylandi.
So’nggi vaqtlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining do’st1ik, yaxshi qo’shnichi1ik va strategik sheriklik a^q-larini mustahkamlash bo’yicha siyosiy irodasi va o’zaro intilishi tufayli o’zaro munоsabat1arning barcha yo’na1ish1ari bоrasida haqiqatan ham ulkan o’zgarish va natijalarga erishildi. 2017-yilning noyabr oyida Samarqandda BMT sha’feligida xalqaro konferensiya bo’lib o’tgan edi, u Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo’yicha birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirish borasida amaliy qadam bo’ldi. Ushbu konferensiya doirasida tizimli muloqot asosida o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, o’zaro manfaatlarni hisobga olish masalalari ko’rib chiqildi, buni mintaqamizning barcha davlatlari qo’llab-quvvatladi.
2018-yil Qozog’iston poytaxti Ostona (hozirgi Nur-Sulton) shahrida bo’lib o’tgan sammit eng muhim tashabbusning amaldagi ifodasi bo’lib, Markaziy Osiyo xalqlarining do’stligi, yaxshi qo’shnichiligi, o’zaro qo’llab-quvvatlash va hamkorligi zamonaviy tarixida yangi sahifa bo’ldi. Aslida Ostonadagi sammitni xalqaro va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari bo’yicha yuqori darajadagi fikrlar almashuvi uchun maydoncha sifatida baholash mumkin.
Iqtisodiy integrasiyaga intilish bu mintaqaviy hamkorlik ustuvorliklarining aniq mexanizmlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish yo’lidagi dastlabki qadam bo’lib, millatlararo totuvlikni ta’minlashni asosiy bo’g’inidir. Mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida amal qilayotgan erkin savdo tartibining to’laqonli faoliyat yuritishini, chegaraoldi savdo, ishlab chiqarish kooperasiyasini intensiv rivojlantirishni ta’minlash hamda mamlakatlarimiz hududlari o’rtasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi vazifalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu o’z navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlari haqiqatan ulkan salohiyatga ega eng yirik mintaqaviy bozorni shakllantirishlari mumkin. Bu borada Toshkentda birinchi Mintaqaviy iqtisodiy forumni o’tkazish bo’yicha tashabbus katta qiziqish uyg’otmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari biznes-hamjamiyatlari va etakchi chet el investorlari o’rtasida aniq loyihalarni ilgari surish uchun bevosita muloqotni yo’lga qo’yish imkonini beradi.
Jumladan, O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan o’zaro savdo aylanmasi faqat 2017 yil yakunlari bo’yicha 20 foizga o’sib, qariyb 3 milliard dollarga etdi. Bunda o’zaro savdo xajmini besh milliard dollargacha etkazishga manfaatdorlik mavjud. Bundan tashqari, ushbu uchrashuv Markaziy Osiyo mamlakatlarining kuchi umumiy muammolarni birgalikda hal etishga kirishish imkoniyatini yana bir bor ko’rsatdi. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorligini kengaytirish mintaqaviy yalpi ichki mahsulotni yaqin 10 yil mobaynida kamida ikki barobarga o’sishiga olib kelishi mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning mazmuni va sur’atlaridagi ayrim farqlar ham millatlar va elatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi o’z-o’zidan ayon. Bu hol etnik siyosatni etarli darajada puxta o’ylab amalga oshirishni talab qiladi. Shunisi quvonarliki, mintaqadagi hamma davlatlar millatidan qat’i nazar, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash hamda bu mamlakatlarda yashayotgan xalqlarning milliy madaniyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan o’zaro majburiyatlar olgan.
O’zbekistonning ko’p millatli tarkibi uning madaniy o’ziga xosligini, qulay va boy imkoniyatlarini belgilab beradi. Bu imkoniyatlar, bizning nuqtai nazarimizga ko’ra, quyidagilardir:
- birinchidan, mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlari, tarixiy-madaniy tajribaning bu erda yashayotgan odamlar hayotiga ta’sir ko’rsatishi bilan izohlanadi;
- ikkinchidan, mintaqaning qo’shni davlatlar chegara hududlariga yaqinligi bilan izohlanadi. Bu hol iqtisodiy hamkorlik izchilligini bildiradi. Savdo- iqtisodiy munosabatlar bir-biriga ta’sir ko’rsatishiga va ko’p tillilik vujudga kelib, aholi bir necha tillarni erkin bilishiga yordam beradi;
- uchinchidan, ijtimoiy va sosial munosabatlar - oilaviy, hududiy va boshqa munosabatlarni tashkil etishning tarixan tarkib topgan shakllari bilan izohlanadi;
- to’rtinchidan, Markaziy Osiyoning tub xalqlari tabiatida boshqa millatlarning vakillariga nisbatan keng fe’llikning mavjudligi bilan izohlanadi. Bu sof insoniy tuyg’u, masalan, o’zbeklarda shu qadar rivojlanganki, milliy- ma’naviy kengfe’llik ularning umumiy madaniyati va ruhiyatining ajralmas qismiga aylanib ketgan.
O’zbekiston o’z tashqi siyosatida, avvalo, qo’shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Keyingi paytda Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi sheriklik aloqalari faollashayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, Qirg’iziston Respublikasi bilan hamkorlik yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Parlamentlar, turli vazirlik va idoralar, hududlar o’rtasida aloqalar tobora kengaymoqda.
O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasidagi savdo- iqtisodiy munosabatlar rivojida ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya muhim o’rin tutmoqda. Ikki mamlakat Bosh vazirlari mazkur komissiyaning hamraislari etib tayinlangani tomonlarning o’zaro hamkorlikni rivojlantirishga yuksak e’tiboridan dalolat beradi.
Keyingi paytda mamlakatlarimiz o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi jadal ortib bormoqda. 2019-yilning yanvar-noyabr oylarida o’zaro savdo ko’rsatkichlari 56 foizdan ziyodga o’sib, 235 million dollarga yetdi.
Muzokarada ta’kidlanganidek, bu ko’rsatkich ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini to’liq aks ettirmaydi. O’zaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini diversifikasiya qilish va yaqin yillarda uning hajmini 500 million dollarga etkazish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Tashqi savdо infratuzilmasi va ekspоrt-impоrt оperasiya1arini qo’llab- quvvatlash mexanizmlarini faо1 rivоj1antirish, qo’shma savdо uylari оchish, biznes-forumlar va milliy sanоat mahsulotlari ko’rgazma1arini o’tkazish zarurligi ta’kidlandi.
Qirg’iziston Prezidentining rasmiy tashrifi dоirasida O’zbekiston sanоat mahsu1оt1ari ko’rgazmasi va biznes-forum tashkil etilgani, ishbi1armоn скжа1аг vakillarining muzоkara1ari o’tkazi1gani va ularda ikki mamlakatdan ko’p1ab tadbirkоr1ar ishtirok etgani, qariyb 140 millmn dоllar1ik shartnоma1ar imzо1angani savdо-iqtisоdiy munоsabat1ar jadal rivоj1anayotgani tasdig’idir.
Qirg’iziston hududida O’zbekiston qishbq xo’ja1igi texnikasi, engil avtоmоbillari, avtobuslari, maxsus pritseplari va maishiy buyumlarini yig’ishni yo’1ga qo’yish bo’yicha 1оуШа1агт amalga оshirish hamda qurilish materiallari va to’qimachi1ik sanоatida qo’shma kоrxоna1ar tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Tоmоn1ar bu 1оyixlar bilan cheklanib qо1masdan, sanоat kооperasiyasi sоhasida ham birgalikda istiqbоlli yo’na1ish1ar topishga kelishib о1di1ar. Tashriflar almashish, barcha sоha1arda qo’shma tadbirlar o’tkazish, ikki mamlakat fuqarolari o’rtasidagi а1офllапн kengaytirish оrqali O’zbekiston bilan Qirg’iziston o’rtasida hududlararo hamkоr1ikni rivоj1antirish va yanada mustahkamlashga bundan buyon ham а1оккк1 e^tor qaratiladi. Qirg’iziston O’zbekistonning ikki mamlakat Bоsh vazirlari rahbarligida Hоkim1ar va chegaraоldi viloyat ma’muriyatlari rahbarlari kengashining birinchi majlisini O’zbekistonda o’tkazish to’g’risidagi taklifini qo’llab-quvvatladi.
Prezidentlar qisqa muddatda jahоn bоzоriga chiqish im^nim beradigan transpоrt va tranzit yo’1ak1arini rivоj1antirish sоhasida o’zaro hamkоr1ik strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.
Davlat rahbarlari «O’zbekistоn-Qirg’izistоn-Xitоy» temir yo’li qurilishini imkon qadar tezlashtirish mintaqa mamlakatlari manfaatiga xizmat qilishini аlohida ta’kidladilar. Bu Markaziy Osiyoning jоzibadоr1igini оshirish va tranzit salohiyatini to’1a yuzaga chiqarish imkonini beradi. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan “Bir kamar - bir yo’1” tamoyili asosida ipak yo’lining eski qismini tiklash ishlarini olib bormoqda.
Millatning shakllanishida mоddiy оmillаr muhim ahamiyatga ega, shubhasiz, ашшо ular millatning abadiyligini ta’minlashning mezоni emas. Ular millat taraqqiyoti uchun tashqi shart-sharoit hisоblanadi. Millatning abadiyligini, uning barqarorligini ta’minlashning asоsiy оmili - uning ichki ma’naviy-ruhiy, etnоpsixоlоgik holatidir. Millatlarning salohiyati, qоbiliyati, matonati, tadbirkоrligi va tinimsiz mehnati, hozirgi zamon sivilizasiyasiga mоslashib bоrishi, mоddiy va ma’naviy madaniyati, ularni boyitib bоrish va rivоjlantirish yo’llari va usullari millatlarning abadiyligini ta’minlaydi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish