Geosiyosat asoslari


Uchinchi taklif: “Preventiv diplomatiya”



Download 1,96 Mb.
bet68/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Uchinchi taklif: “Preventiv diplomatiya”. Sh. Mirziyoev bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinоyatchi1ik va narkоtrafik tahdidlariga duch kelayotgani, ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi amaliy hamkоrlik mexanizmlari dоirasida ta’minlash mumkinligini aytdi.
"Xavfsizlikka tahdidlarni "o’ziniki va o’zgalarniki" deb ajratishdan vоz kechish, "yaxlit xavfsizlik" tamоyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qat’iy fikrdamiz", - atohida ta’kidladi prezident. Sh. Mirziyoyevga ko’ra, Birlashgan Millatlar Tashkitoti mintaqaviy xavfsizlik muammоsini, avvato, preventiv diptomatiya usullaridan foydalangan holda hal qilishda muhim o’rin tutishi lozim. Shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur.
Shu o’rinda Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo’shni Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bilan chambarchas bog’liqligi ta’kidlab o’tildi. O’zbekiston rahbari birinchi galda Afg’onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo’shilishiga har tomonlama ko’maklashish kerakligi va bu dunyo hamjamiyatining Afg’onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y- harakatlariga g’oyat muhim hissa bo’lib qo’shilishini qayd etdi. Shuningdek, O’zbekiston bundan keyin ham bu qo’shni mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidladi.
Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashning ustuvor yo’nalishi ekstremistik g’oyalarga qarshi qat’iy kurashishdan iboratdir. Ko’pincha ayotga endi qadam qo’yayotgan yoshlar uning ta’siriga tushib qolmoqda. Markaziy Osiyo aholining yoshi bo’yicha eng “yosh” mintaqalardan biridir: bu erda aholining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi va bu dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichdan ancha yuqoridir.
Aynan shu maqsadda O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yaqinda Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan sessiyasida Yoshlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. “Ushbu tashabbuslarni Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari qo’llab-quvvatlagani yoshlar o’rtasida radikal qarashlar tarqalishining oldini olish, to’g’ri yo’ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitasiya qilish va ularni sog’lom hayotga qaytarishga tayyorligimizning amaldagi yaqqol ifodasi sifatida namoyon bo’ladi.
Bizning tajribamiz shuni ko’rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni ilm- ma’rifatga o’rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik", - deya ta’kidladi Sh. Mirziyoev.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish