Geosiyosat asoslari


O’zbekistonning chuqur o’ylangan, odilona milliy siyosati va geosiyosiy kelajagi



Download 1,96 Mb.
bet66/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

O’zbekistonning chuqur o’ylangan, odilona milliy siyosati va geosiyosiy kelajagi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega O’zbekiston, shubhasiz, mintaqani barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo’shnichilik hududiga aylantirishdan manfaatdor. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo’lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan chambarchas bog’1iq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, xavfsizligi ta’minlangan Markaziy Osiyo O’zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport- kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo’shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta’minlamasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. Mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlarni umumiy ma’naviy qadriyatlar va o’tmish, o’xshash milliy an’ana va urf-odatlar, asrlar davomida shakllangan mentalitet birlashtirib turadi. Ushbu mushtaraklik mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam va ishonchli poydevordir.
O’zbekistonning mikroiqtisodiy geografik o’rni (hududning o’ziga qo’shni bo’lgan davlatlarga nisbatan tutgan o’rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o’rtasida joylashganligi va barcha mintaqa davlatlari bilan to’g’ridan to’g’ri chegaradoshligi tufayli kelib chiqadi. O’zbekistonning mikro IGO’ qulayligi qo’shni respublikalar bilan barcha turdagi quruqlik transport (avtomobil, temiryo’l, quvur) tuzilmalari bilan nisbatan yaxshi bog’langanligida ham o’z ifodasini topadi. Mikro IGO’dagi bunday qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O’zbekistonni mintaqa davlatlari orasida aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan darajaga olib chiqqan.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida bu borada quyidagi fikmi keltirgan: «O’zbekistonning hududiy makon xususiyatlari, uning geografik o’rni bizning ichki va tashqi siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega... O’zbekiston bugungi kunda qo’shni davlatlar Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston o’rtasida bog’lovchi halqa vazifasini o’taydi. Bulaming barchasi respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, diet el investitsiyalarini jalb qilish, O’zbekistonni davlatlar o’rtasida o’zaro foydali hamkorlikning, tovarlar va kapital tranzitining o’zida xos mintaqaviy markaziga aylantiradi».
O’zbekistonning bunday qulay iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari har bir qo’shnilari tomonidan aholisi zich joylashgan tutash (kontakt) hududlarda (Farg’ona vodiysi, Zarafshon, Quyi Amudaryo mintaqalari, Surxondaryo viloyati) hozirgi davrda ko’plab turli ixlisosdagi respublikalararo hududiy ishlab ehiqarish majmualari, qo’shma korxonalardan tortib erkin iqtisodiy hudularni tashkil qilishgacha keng imkoniyatlar beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo’lgan transchegaraviy daryolar va yo’llar muammolari hal etilishi respublika mikrogeografik o’rnining yanada qulaylashuviga olib keladi99.
Yaqin atrofida joylashgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Afg’oniston, Eron, Kavkaz respublikalarijga nisbatan O’zbekistonning mezoiqtisodiy geografik o’rni (yaqin mintaqalarga nisbatan tutgan o’rni) o’rtacha qulayliklarga egaligi bilan tavsillanadi. Mezo IGO’ni bunday baholanishining sababi shundaki, O’zbekiston bir tomondan, Kavkaz respublikalari, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan, asosan, zamonaviy transport vositalari orqali samarali bog’langan va bu davlatlar bilan an’anaviy ravishda ko’p tomonlama yaqin aloqalar olib boradi. Jahon davlatlari orasida eksport-import aloqalari hajmiga ko’ra, Rossiyaning yetakchilik qilib kelayotganligi buning isbotidir. Ikkinchi tomondan, janubda joylashgan va O’zbekistonning mezo IGO’ guruh davlatlari toifasiga kiruvchi Afg’oniston, Eron davlatlari butun o’tgan tarixiy davrlar davomida respublikamiz bilan har tomonlama keng ijtimoiy aloqada bo’lib kelgan bo’lsa-da, hozirgi vaqtda bunday aloqalarni olib borishga mavjud texnik va siyosiy qiyinchiliklar to’siq bo’lib turibdi.
O’zbekiston Respublikasining siyosiy geografik o’rni klassik geosiyosatchilar tomonidan ajratilgan Yevrosiyoning ichki kontinental qismi, ya’ni Xartlend (ingl. Heartland - "dunyoning yuragi”), hamda Yevrosiyoning janubi- g’arbiy dengizga yaqin mintaqasi Rimlend (Rimland "ichki yarim oy”)ning o’zaro tutashgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Bu holat esa jahonda yetakchilikni qo’lga kiritishni rejalashtirayotgan ko’plab davlatlarning respublikamizga nisbatan geosiyosiy qiziqishlarining yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari aynan yaxshi qo’shnichilik va o’zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida eng dolzarb va muhim masalalarda o’z salohiyatini yanada samarali amalga oshira oladi. Ishonchim komil, bundan barcha Markaziy Osiyo davlatlari qatorida boshqa mamlakatlar ham birdek manfaat ko’radi, dedi Samarqanddagi 2017-yil 10-noyabrda “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo ‘lidagi hamkorlik” deb nomlangan xalqaro anjumanda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Markaziy Osiyoni yaqin kelajakda barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishga xizmat qiladigan olti taklifni ilgari surdi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish