Geosiyosat asoslari



Download 1,96 Mb.
bet57/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Xitoy uchun 5+l. 2020-yil l6-iyulda Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy tashqi ishlar vazirlari darajasida birinchi 5+l uchrashuvini o’tkazdi. Uchrashuvda asosan pandemiya oqibatlarini bartaraf etish va mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotini tiklashga e’tibor qaratildi93. Xitoy ShHT va "Bir kamar va bir yo’l tashabbusi" kabi formatlarning mavjudligiga qaramasdan, rasmiy Pekin Markaziy Osiyo uchun o’yinni yangi shaklga o’tishni oshladi. Bu bir tomondan, kerakli formatning xitoycha versiyasi deb tan olinsa-da, boshqa tomondan, u hali rivojlanish istiqbollari to’g’risida aniqroq tasavvurni e’lon qilgani yoq. Yaqinda taklif qilingan "Belgilar va yo’llar" doirasida Xitoy rahbarining "Umumiy taqdirlar jamiyati" shiori xitoyliklarning Markaziy Osiyodagi ishtirokining kelajakdagi oqibatlarini yashiradi.
Ushbu noaniqlik ikki holatdan kelib chiqadi: birinchi, ushbu shiorni tobora rivojlanib borayotgan jahonshumul kuchini ilgari surayotgani, uning dunyo tartibotida paydo bo’layotgan mavqeini turli xil uyushmalar va sxemalarni keltirib chiqarishi; ikkinchisi ushbu kuchning Markaziy Osiyo mintaqasiga qo’shni ekanligigadir94. Shuning uchun ham mintaqa mamlakatlarida shuningdek, xalqaro ekspertlar orasida Xitoyning ushbu mintaqada tobora ko’payib borayotganligini baholash bo’yicha sinofobiya kuchayib bormoqda.
XXI asrda Xitoyning geosiyosati hali AQSh va Rossiyaning geosiyosatidan farqli o’laroq o’rganilmagan. “Kamar va yo’l” formati yashirishi mumkin bo’lgan xatarlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro ekspertlar ham ta’kidlamoqda. Eng keng tarqalgan narsalardan biri bu Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ehtiyotkorlik va qo’rquvning sabablari quyidagilardir: yerlarni xitoylarga berishga nisbatan millatchilik reaktsiyalarining kuchayishi (20l6-yilda Qozog’istonda bo’lgani kabi); savdo raqobati; xitoylik firmalar bilan tuzilgan shartnomalarning oshkoraligi va ularning mahalliy atrof-muhit qoidalari va qonunlariga mos kelmasligi; mahalliy ishchilarni yollash talablariga rioya qilmaslik va hk.
Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan siyosatining asosida, avvalo, xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik hamda energetika yotadi.
- Xavfsizlik: a) chegaradosh Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligi;
b) Xitoydagi separatistik va mustaqillikka qaratilgan turli harakatlarga qarshi kurashda Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik;
- Xitoyning demokratik islohotlar va inson huquqlari sohasida hech qanday talablari yo’q. Balki iqtisodiy hamkorlikda xavfsiz mintaqa va progressiv hukumatlar bilan munosabat qulayroq;
- Xitoy uchun mudofa sohasida hamkorlik muhim. Bu borada Chegara davlatlari o’rtasida harbiy ishonchni kuchaytirish to’g’risida shartnoma Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida imzolangan;
- Xitoy, Rossiya, O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’istonni ichiga olgan SHanxay klubidan asosiy maqsad ham terrorizmga qarshi kurash, mustaqil davlatlarning diL’gara va xavfsizligini saqlashga qaratilgan;
- SHanxay hamkorlik tashkiloti Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va harbiy yo’nalishlarda hamkorlik uchun asos solgan bo’lsa-da, u, asosan, Xitoyning iqtisodiy manfaatlari uchun samarali xizmat qilib kelmoqda;
- Xitoy o’z ichki bozorini ta’minlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari bilan kuchli iqtisodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda;
- Xitoy ham AQSH singari Markaziy Osiyo davlatlarining kuchli davlatlarning ta’siridan xoli, siyosiy barqaror va iqtisodiy rivojlangan mintaqa bo’lib qolishidan manfaatdor;
- Xitoy AQSHning mintaqada demokratiyani yoyish siyosatiga qarshi bo’lib, u mintaqa davlatlarining G’arb manfaatlariga xayrixoh bo’lishiga ko’p ham moyillik bildirmaydi. G’arbparast hukumatlar uning ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaatlari uchun to’siq bo’lishi mumkin;
- Xitoy 20l4 yildan keyin Markaziy Osiyo mintaqasida saxiy investor sifatida faol iqtisodiy rol o’ynaydi;

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish