Geosiyosat asoslari


Markaziy Osiyo va Yangi Katta O’yin



Download 1,96 Mb.
bet56/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

2. Markaziy Osiyo va Yangi Katta O’yin. Gegemon davlatlarning Markaziy Osiyodagi manfaatlari. Sobiq sovet ittifoqi tarqalib ketishidиn so’ng amerikиliklarning Osiyo yo’nalishida harakati faollashdi, 2000-yillarda mintaqada bir nc’clia yirik derjavalarning qiziqishlari bir nuqtada yig’ildi. 200l-yilda Afg’onistonda kampaniya boshlanganda AQSH yana bu hududga e’tiborni qaratadi. Pandjsherda harbiy qo’shinlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida mintaqa logistika sifatida foydalanilgan; keyinchalik Vashingtonning to’g’ridan-to’g’ri ishtirokida “demokratiyaning tranziti” boshlanib, Qirg’izistonda 2005-yilda “Lola inqilobi” sodir bo’ldi.
Qo’shma shtatlarning Markaziy Osiyo davlatlariga qiziqishi tushunarli holat. AQSHning ikki asosiy geosiyosiy raqiblari - Rossiya va Xitoy mintaqaga juda yaqin. AQSh prezidenti Donald Tramp bu ikki davlat iqtisodiyotlarini zaiflashtirish maqsadini oldiga qo’ydi. Amerika yetakchisi bu yil fevral oyida Iroqdan Afg’onistonga harbiy qo’shin o’tkazish to’g’risida qarorni qabul qildi. Mintaqa Osiyoning kuchli davlatlari uchun kapitalni keng miqyosda eksport qilish uchun jozibador joyga aylandi. Xususan, Janubiy Koreya O’zbekiston iqtisodiyotiga o’n milliarlab dollar invest^iyalarni kiritdi. Biroq, bu mintaqada asosiy siyosiy va iqtisodiy maqsadlar Xitoyga tegishlidir. Xitoyda Markaziy Osiyo Yevropa bozorlariga to’g’ridan-to’g’ri chiqish bo’yicha "Bir belbog’-bir yo’l" strategik loyihasini amalga oshirish katta qiziqish uyg’otmoqda. Pekin buning uchun hech qanday pul ayamayapti.
200l-20l3-yillarning o’zida Xitoy 5 ta mintaqadagi respublikalari (Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston) bilan tashqi savdo aylanuvini l,8 milliarddan 50 milliard dollarga ko’tarildi. Bu davlatlarning iqtisodiyoti Xitoy bozoriga yo’naltirilgan. Xususan, Turkmaniston davlatda qazib olinadigan gazning 60 foizini Xitoyga jo’natadi. Qozog’istonda Xitoy investorlari neft qazib olish sohasida to’rtdan bir qismidan ko’prog’ini nazorat qilmoqda. Qirg’izistonda davlat qarzining 40 foizi Xitoy hukumat Eksport-import bankiga to’g’ri keladi, shuningdek ko’plab loyihalar xitoylik ishbilarmonlarining puliga amalga oshirilmoqda.
2020-yil l5-oktyabrda Markaziy Osiyoning beshta mamlakati va Rossiyaning tashqi ishlar vazirlarining onlayn uchrashuvi bo’lib o’tdi, unda "Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirlarining hamkorlikning strategik yo’nalishlari to’g’risida bayonoti" qabul qilindil.
Ushbu tarkibdagi uchinchi uchrashuv bir necha yil oldin yaratilgan Amerika C5 + l ga o’xshash diplomatik format paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, Xitoy, o’z navbatida, "5 + l" modeli bo’yicha mintaqaga nisbatan xuddi shunday yondashuvni birlashtirishga harakat qilmoqda. Buyuk davlatlar tomonidan Markaziy Osiyoga qaratilayotgan bunday e’tibor qarama- qarshi talqinlarni, baholarni va kutishlarni keltirib chiqaradi.
Ushbu formatlarning bir-biriga o’xshab ketsa-da, ularning mazmuni va mohiyati bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu asosan, AQSh-Rossiya-XXRning geosiyosiy uchburchagi ichidagi “tortishish arqoni” (tag of war) bilan haqiqiy siyosat ruhida bog’liq bo’lib, bu haqda siyosiy tahlilchilar bi narsani takrorlaydilar. Mintaqa mamlakatlarining mustaqilligiga 30 yil to’lgan bo’sada hali ham ushbu o’yinlar markazidan chiqib ketmagan. Yaqinda kashf etilgan geosiyosiy arifmetika raqamlari o’ziga xos sehrli bo’ldi: “5+l” ning yig’indisi biz kerakli uchburchakning qaysi burchagida turganimizga qarab har xil yechimlarni beradi. AQSh uchun “5+l=5”, Rossiya uchun “5+l=6”, Xitoy uchun “5+l=x’. Keling, ushbu arifmetikani har bir davlat formatida ko’rib chiqamiz.
AQSH uchun “5+l”
C5+l formati 20l5-yil sentabr oyida boshlangan va birinchi uchrashuv o’sha yilning noyabr oyida Samarqandda bo’lib o’tgan edi. O’shandan beri ma’lum bir muntazamlikka ega bo’lgan bir nechta uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Ushbu format shu yil fevral oyida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog’iston va O’zbekistonga tashrif buyurgan Toshkentdagi uchrashuv paytida alohida tus oldi. Ushbu tashrif deyarli 20l9-2025-yillar oralig’ida AQShning Markaziy Osiyo bo’yicha yangi strategiyasi qabul qilingan paytga to’g’ri keldi.
Aslida strategiya ham yangi formatdagi Toshkent uchrashuvi “C5 + l” mintaqadagi “Katta O’yin”ning yangi bosqichini boshlab berdi. Shuningdek, u strategiyaning ham me’yoriy o’lchamining o’zgarmasligini va uchrashuvlar formatining o’zi haqida gapirib berdi. [2] Strategiyada aytilishicha: Markaziy Osiyo AQShning Afg’onistondagi ishtiroki darajasidan qat’i nazar, AQShning milliy xavfsizlik manfaatlari uchun geostrategik jihatdan muhim mintaqadir. Ushbu xatboshida Markaziy Osiyo mustaqil mintaqa va Afg’oniston AQShning Markaziy Osiyo bilan aloqalari uchun hal qiluvchi omil emasligi to’g’risida muhim xabar keltirilgan.
20l6 yildan boshlab “C5+l” formati davlatlarning beshta loyiha doirasida birgalikdagi ishlarini ta’minlaydi: l) terrorizmga qarshi kurash; 2) biznesdagi raqobatbardoshlik; 3) transport koridorlarini rivojlantirish; 4) kelajak energiyasi; 5) ekologiya sohasida milliy va mintaqaviy moslashishni rejalashtirishni qo’llab- quvvatlash90.
5+l jarayonini so’nggi 30 yil ichida Qo’shma Shtatlar tomonidan olib borilgan siyosat bilan taqqoslaganda, shunisi aniqki, AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati mintaqaning mustaqilligini tan olish va qo’llab-quvvatlashga asoslangan edi. Masalan, 1999 yilda qabul qilingan “Ipak yo’li strategiyasi” qonun loyihasida Qo’shma Shtatlarning quyidagi asosiy manfaatlari ko’rsatilgan edi:
l) mintaqadagi barqaror, demokratik davlatlarning rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan mintaqaviy ziddiyatlarni hal qilish;
2) mintaqadagi davlatlar va AQSh va uning ittifoqchilari bilan do’stona munosabatlarni rivojlantirish;
3) mintaqa, gegemon davlatlari tomonidan ekspluatatsiya qilish orqali emas, balki bozor talablari asosida mintaqa iqtisodiyoti va tabiiy resurslarini rivojlanishini qo’llab-quvvatlashl.
Shuni ta’kidlash kerakki, “C5 + l” formati, AQShning Markaziy Osiyodagi barcha avvalgi sa’y-harakatlari bilan ko’paytirilib, ushbu jarayonning maqsadi va mazmuni sifatida mintaqalararo hamkorlikni aniq aytadi. Buni Qo’shma Shtatlarning Markaziy Osiyoga nisbatan qo’shma bayonotlari va avvalgi strategik hujjatlari tasdiqlaydi91. Shunday qilib, Amerikaning “C5 + l” formulasi mintaqada qandaydir AQSh hukmronligini o’rnatishga intilmaydi va shu sababli uning yo’nalishi va mazmuni bo’yicha mintaqaga yo’naltirilgan.
Rossiya uchun C5+l. XIX asrda Rossiyaning Buyuk Britaniya bilan “Katta o’yin”i aynan Markaziy Osiyo mintaqasida borgan edi. XXI asrda esa u AQSH va Xitoy harakatlarini mintaqada cheklash maqsadida faol siyosat olib borishi tabiiy. Mintaqaga nisbatan “ta’sir zonasi” atamasini qo’llashi ham buning yaqqol isbotidir.
- Rossiya dunyo siyosatida Sovet Ittifoqining asosiy merosxo’ri sifatida o’zining eski mavqeini tiklashga harakat qiladi. Eski qudratiga ega bo’lishi bevosita Sharqiy Yevropa (Ukraina, Belorus, Moldova), Janubiy Kavkaz (Ozarboyjon va Armaniston) va Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’sir o’tkazish, bu davlatlarni ta’sir doirasida ushlab turishi bilan bog’liqdir.
- Sovet Ittifoqi qulashi natijasida MDHning tashkil etilishidan maqsad G’arb va AQSH uchun mintaqada geosiyosiy bo’shliq yaralishining oldini olishdan iborat edi. Rossiya bunday tashkilotlarni, jumladan, Evrosiyo iqtisodiy hamkorlik, Erkin iqtisodiy zonani so’zda teng huquqli, amalda esa o’z manfaatlariga xizmat qilish va ta’sir ko’rsatish vositalari sifatida ishlatgan.
- Rossiya uchun ham AQSH va Xitoy kabi Markaziy Osiyoda tinchlik va siyosiy barqaror muhit bo’lishi juda muhim.
- Rossiya AQSHning Markaziy Osiyo davlatlarida faol siyosat yuritishidan cho’chiydi. SHarqiy Yevropada NATO ta’siri kuchayishi Rossiyani qanchalik xavotirga solsa, Markaziy Osiyoda AQSH harbiy bazasi va G’arbga moyil siyosiy rahbarlarning hukumatga kelishi, mintaqada AQSH “ko’magi” ostida demokratik islohotlarning amalga oshishi Rossiya manfaatlariga jiddiy zarar beradi.
Yaqinda Rossiya va Markaziy Osiyoning beshta davlati tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi natijalarini tahlil qilib, "Kommersant" quyidagicha yozadi: "Bundan buyon Moskva nafaqat ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiradi, balki Markaziy Osiyoni ham bir butun deb hisoblaydi... Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatining yangi strategiyasidir ". Ammo aslida bu yangi emas, balki eski strategiya ekanligini hamma biladi. «Moskvaning niyatiga ko’ra, ushbu jarayonning natijasi hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha qo’shma dastur bo’lishi kerak edi va Rossiyaning «beshlar » « +l » emas, balki oltinchi a’zo sifatida qabul qilishdi ularning birlashmasidir”92.
“5 +l” formatining rus tilidagi versiyasini Rossiyaning so’nggi 30 yillik mustaqillik davrida Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasi bilan taqqoslab (Amerika strategiyasida bo’lgani kabi), biz g’oyalar va qadriyatlar bo’yicha farqlanishini bilib olamiz. Rossiya formatida demokratiya aks etmaydi va Amerika va Yevropa strategiyasidan keskin farq qiladi. Shunday qilib, "yangi" formatda Moskvaning mintaqadagi status-kvoni saqlab qolish bo’yicha avvalgi yo’nalishi amalda davom etmoqda. Bu yerda Markaziy Osiyo mamlakatlari geosiyosiy fantasmagoriyaga duch kelmoqdalar: shubhasiz, Markaziy Osiyo uchun rus formati Amerika formatiga javob sifatida paydo bo’ldi. Agar biz masalani shu nuqtai nazardan ko’rib chiqsak, u ko’rinadigan yoki ko’rinmas holda geosiyosiy o’lchovga ega bo’ladi. Binobarin, ikkala formatning maqsadlari va mazmunidagi ochiq yoki yashirin farq mintaqaning beshta davlatini tanlab olish holatiga keltiradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, Rossiyaning 5+l formati paydo bo’lishidan oldin ham Rossiyaning ushbu mamlakatlar bilan aloqalari, aytganda, ko’p formatli edi. Masalan, Qozog’iston va Qirg’iziston YeOIIga a’zo, O’zbekiston ushbu tashkilotga faqat kuzatuvchi sifatida a’zo bo’lishga qaror qildi, Tojikiston va Turkmaniston esa undan chetda qolmoqda.
Rossiya ommaviy axborot vositalari va ekspertlar doiralarida Yevropa Ittifoqi va AQShga nisbatan shubhali va qochib qutulish holatlari tez-tez qo’zg’atilishi, bu bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik sheriklik munosabatlari o’rnatgan va hamkorlikni rivojlantirayotganliklari vaziyatni og’irlashtirmoqda. Albatta, ushbu sherikchilik beshta mamlakatning ham milliy manfaatlariga javob berishi kerak. Shunday qilib, Rossiyaning "C5 + l" formulasi mintaqaga qaraganda ko’proq Rossiyaga yo’naltirilgan.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish