Geosiyosat asoslari


Markaziy Osiyo regionning tabiiy-geografik imkoniyatlari



Download 1,96 Mb.
bet58/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

3. Markaziy Osiyo regionning tabiiy-geografik imkoniyatlari. 1991-yilda SSSRning qulashi bilan dunyo geosiyosiy sahnasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Xususan, Markaziy Osiyo qudratli davlatlar o’rtasida “Yangi katta o’yin” nomi bilan mashhur bo’lgan o’ziga xos raqobat maydoni vujudga keldi. Markaziy Osiyoning ulkan energiya zaxiralari ushbu yangi katta o’yinda Rossiya, Xitoy va AQSh kabi buyuk davlatlarning ishtroki va kurashining asosiy sababi sifatida e’tirof etiladi. Mintaqaning asosiy ahamiyati ya’ni Yevrosiyoning yuragiga olib boruvchi o’ziga xos ko’prik vazifasini o’tash mumkinligini inobatga olinganda, e^rgiya zaxiralari uchun kurash omili biroz o’z ahamiyatini yo’qotishini ko’rishimiz mumkin.
Ingliz geosiyosatchisi Piter Xopkirk o’zining “Rossiyaga qarshi Katta o’yin: Osiyo sindromi”95 asarida Markaziy Osiyo ustida “Katta o’yin”ning qaytadan boshlanganligi, uning negizida Saudiya Arabistoni va Fors ko’rfazining boshqa davlatlari salohiyatidan ancha ko’p bo’lgan afsonaviy neft va gaz zaxiralari, boshqacha aytganda XXI asrning tom ma’nodagi xazinasi yotganligini ta’kidlaydi. Bunga qo’shicha ravishda qator nodir metallar, temir rudasi, ko’mir va paxtani ham qayd etgan geosiyosatchi, Markaziy Osiyoning tashqi kuchlar uchun naqadar ahamiyatli ekanini yashirmaydi . Bunday geosiyosiy jarayonlarga Markaziy Osiyo mintaqasining munosabati qanday? Ushbu masala bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyoning geosiyosiy mavqei, balki uning atrofidagi geosiyosiy jarayonlarni anglashga yordam beradi .
Mintaqaning geosiyosiy mavqei bir necha omillarga bog’liq. Mumtoz geosiyosiy nazariyaga ko’ra har bir mintaqaning geosiyosiy mavqei quyidagilar bilan belgilanadi:
• geografik joylashuvi va tabiiy-iqlim xususiyatlari;
• iqtisodiy salohiyati;
• shu hududda yashovchi xalqlarning qat’iy ravishda tabiiy-geografik omillar ta’siri ostida shakllangan mentaliteti hamda an’analari;
• ushbu xususiyatlar ta’sirida shakllangan siyosiy tuzumning tabiati96.
Bunda bipolyar dunyo elementlarining hanuz saqlanib qolayotganiligi hamda buyuk davlatlarning sovuq urush tendeniiiyalaridan voz kecha olmayotganliklari oqibatida imkon qadar dunyoning turli burchaklarida o’z ta’sir doiralariga ega bo’lishga intilishning har qachongidan ham kuchayganligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligining dastlabki bosqichida ko’pgina siyosatshunoslar mintaqada o’z ta’sirini o’rnatish uchun geosiyosiy raqobat asosan Turkiya va Eron o’rtasida bo’lishini taxmin qilgan edilar. Jahonda Xitoy mavqei mustahkamlanishi bilan unga Markaziy Osiyodagi mavqei va ta’siri baland kuch sifatida qarala boshlandi. Global markazlar mintaqaning muhimligini qayd etgan holda, amalda bu erda ro’y berayotgan jarayonlarga uncha aralashmadilar. 2001-yil ll-sentyabrdan so’ng vaziyat butunlay o’zgardi. Markaziy Osiyo xalqaro terrorizmga qarshi kurashning istehkomiga aylandi. Bu erda NATO harbiy-siyosiy kuchlari hozirligi prenedenti vujudga keldi.
Afg’onistondagi antiteroristik opermiyaning dastlabki bosqichida ko’pchilik Markaziy Osiyo o’z tarixida birinchi marta raqobat ob’ektiga emas, ko’p taraflama, balki uzoq muddatli hamkorlik maydoniga aylanmoqda, degan fikrni ilgari surdi. «Katta O’yin» tugagandek va bir tomonning g’alabasi ikkinchi tomon manfaatiga zid, kelmaydigan holat, ya’ni «non-zero-sum-game» davri boshlangandek bo’lib tuyuldi. Biroq, terrorizmga qarshi urush cho’zilgani sari ayrim mamlakatlarning manfaatlari o’rtasida ziddiyatlar namoyon bo’la boshladi. Ular Markaziy Osiyoda o’z ta’sirini o’rnatish uchun o’zaro ko’rash olib borayotgani ayon bo’lib qoldi.
Oldingi davrlardan farqli o’laroq, mintaqa uchun geosiyosiy kurashning hozirgi bosqichi bir qancha o’ziga xos fundamental xususiyatlarga ega.
Bu kurashga oldingidan ancha ko’proq davlatlar qo’shilganligi sababli, qarama-qarshilikning murakkab, ko’p yo’nalishli shaklini namoyon etadi. Bunda o’xshash yondashuvli mamlakatlar guruhlari, masalan, AQSH va Yevropa Ittifoqi bir tomondan va Shanxay hamkorlik Tashkiloti davlatlari ikkinchi tomondan kuzatilmoqda. Bu Markaziy Osiyo tevaragida bloklar qarama-qarshiligi vujudga kelishiga zamin hozirlaydi va bu mintaqa uchun juda xavflidir. Mintaqa o’z tarixida birinchi marta har xil mo’ljalli mamlakatlarning harbiy kuchlari bir-biridan xavfli yaqinlikda joylashgan zonaga aylandi.
Markaziy Osiyoni imkon qadar yangi vositalar orqali ushlab turishga intilishlar kuchaydi. Ushbu yangi katta o’yinda har bir davlatning o’z uslubini ko’rish mumkin. Xitoy mintaqada na siyosiy, na harbiy motivlarini ko’rsatadi, balki turli iqtisodiy loyihalar orqali mintaqa davlatlari bilan ishonchli, do’stona aloqalar o’rnatish va mavjud poziniyasini mustahkamlash yo’lidan bormoqda. Rossiyaning yagona maqsadi esa imkon qadar Markaziy Osiyoni o’z ta’sir doirasiga saqlab turishdir. Bunda u barcha imkoniyatlaridan to’la foydalanishga urinadi. YA’ni mintaqaviy tashkilotlar tuzadi, mintaqaviy harbiy blok yaratadi, yagona bojxonani tashkil etish singari qaram qilish yo’lidan ilgarilab bormoqda. AQSHning ushbu yangi katta o’yindan yagona maqsadi azaliy raqibi bo’lgan Rossiya va Xitoyga boy bermaslik va uni imkon qadar holdan toydirish, l3 yilga yaqin davom etayotgan Afg’oniston missiyasi AQSHga mintaqa davlatlari bilan yaqin aloqa o’rnatish va Markaziy Osiyoda o’z o’rni va ta’sir dorasini bir muncha kuchaytirish imkonini beradi. Turli loyihalar SASA-l000, TAPI, YAngi buyuk ipak yo’li orqali tashlash orqali Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyadagi siyosiy va iqtisodiy qaramligini kamaytirishga urinayotganligi ushbu fikrimizga asos bo’lib xizmat qiladi.
So’ngi l0-yillikda dunyo bo’yicha 90-yillarda kuzatilgan bir qutbli dunyoning qaytadan bo’laklarga ajralishini kuzatmoqdamiz. Hozir bu dunyoni biz ko’p qutbli deya atamoqdamiz. Shunga monand ravishda nafaqat siyosiy qutblar, balki iqtisodiy va savdo bo’yicha ham “qutblar” yuzaga kelmoqda. Shu paytgacha dunyo iqtisodida o’ta ilgarilab ketgan G’arb dunyosi endilikda bu iqtisodiy liderlikni Osiyo mamlakatlariga asta-sekinlik bilan bo’shatib berayotganini ko’rib turibmiz. Albatta jarayon sekinlik bilan, lekin progressiv ravishda yuz bermoqda. G’arb davlatlari Osiyodagi Xitoy va Hindiston davlatlarining iqtisodiy o’sish darajalari haqidagi xavotirlarini bundan l0-yillarcha oldin bildirishgan edi va bugungi kunda ular haq bo’lganini, bu ikki davlat dunyo iqtisodini kelajakdagi asosiy markazlariga aylanayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Dunyo globallashar ekan undagi savdo aloqalari ham tezlashgandan tezlashmoqda. Agar shu yo’sinda davom ettirilsa kim arzon, sifatli va tez yetkazib berila oladigan mahsulotlarni ishlab chiqarsa o’sha tomon iqtisodda ilgarilab ketaveradi. Erkin iqtisodning bu “tabiiy” qonuniga faqatgina mamlakatlarning o’z xalqi va manfaati doirasida ishlab chiqqan qonunlarigina qarshilik ko’rsata oladi. Bunday qonunlarni biz standartlar, normalar, reglamentlar va hokazolar deb ataymiz. Masalan O’zbekistonga ruli o’ng tomonda joylashgan avtomobillarni import qilishni iloji yo’q, chunki bizning mamlakatda avtomobillarning standartiga rulning chap tomonida joylashganligi kiradi. Bunday misollar talaygina va aynan mana shunday qoidalar davlatlar orasidagi savdoga to’siq bo’ladigan birinchi to’siqlar - bojxona, qo’shimcha qiymat solig’i va hokazolar olib tashlangandan so’ng ko’zga tashlanishni boshlaydi.
Resurslarga boy, barqaror, hamkorlikka tayyor, mustaqil xalqaro siyosat olib borishga qodir mamlakatlarning mintaqaviy hamkorligi rivojlanishidan Vashingtonning manfaatdorligi AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatining muhim yo’nalishi bo’lib qolayotir. Mintaqaning barqarorligi, unda xavfsizlik va hamkorlikning mustahkamlanishi iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirish bo’yicha tashlangan qadamlarga bog’liq ekanligiga AQSH ma’muriyatining ishonchi komil. Bunda jahon xo’jalik aloqalari tizimiga mintaqaning qo’shilishi muhim ahamiyat kasb etadi. «Ipak yo’li strategiyasi: XXI asr» qonun loyihasi shu yo’nalishda tashlangan muhim qadamlardan biri bo’ldi. U Markaziy Osiyoga nisbatan tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida AQSH Kongressining ishtiroki faollashganidan dalolat beradi. Qonun loyihasi Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari Yevropaning rivojlangan mamlakatlari bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishiga imkoniyat yaratuvchi ko’p darajali infratuzilma - «Evrosiyo koridori»ni barpo etish bo’yicha ko’p taraflama muzokaralar olib borishni taklif qildi. Kongressda muhokama qilinayotgan ushbu qonun loyihasi mintaqa mamlakatlarining mustaqilligi va suverenitetini qo’llab-quvvatlash, mintaqaviy hamkorlikni rag’batlantirish, mintaqa mamlakatlari jahon hamjamiyatiga qo’shilishiga, ijtimoiyiqtisodiy va demokratik o’zgarishlarga imkoniyat yaratish, mintaqaviy mojarolarni tartibga solish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish