Geosiyosat asoslari


Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlar



Download 1,96 Mb.
bet59/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

4. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlar. AQShning mintaqadagi eng asosiy manfaati sifatida xavfsizlikni ko’rsatish mumkin. Yaqin Sharqda yuritilayotgan tashqi siyosatda milliy xavfsizlikni ta’minlash tamoyili birinchi o’rinda turadi. 20l0 yildagi AQSh Milliy Xavfsizlik Strategiyasida belgilanganidek “ushbu ma’muriyatning Amerika fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashdan kattaroq mas’uliyati yo’q. Va Amerika fuqarolariga ommaviy qirg’in qurollaridanda xavfliroq tahdid yo’q, ayniqsa, ommaviy qirg’in qurollarini qo’lga kiritishga urinayotgan ekstremist kuchlar va ularning firqalaridan xavfliroq dushman mavjud emas”.
Yaqin Sharq terroristlar va ekstremistlar yig’ilgan joy sifatida AQSh milliy xavfsizlik strategiyasining muhim qismiga aylandi. Milliy Xavfsizlik Strategiyasida “biz al-Qoida va uning firqalarini parchalaymiz, yo’q qilamiz. Shuningdek, yadro va biologik qurollar tarqalishining oldini olamiz hamda yadroviy materiallar xavfsizligini ta’minlaymiz,” deb belgilab qo’yilgan. Bularning hayotdagi in’ikosi sifatida, Obama ma’muriyati Afg’onistondagi urushga katta e’tibor qarata boshladi, Eronning yadro dasturi va Suriyadagi kimyoviy qurollardan foydalanish holati bo’yicha keng ko’lamli diplomatik amallar olib bordi. Xavfsizlikni ta’minlash manfaatidan kelib chiqib, AQSh Fors ko’rfazi monarxiyalarini qo’llab keldi, terrorizmga kurashish doirasida yordamga muhtoj bo’lgan Obama hukumati Eron va Suriya rejimlari bilan turli darajada bevosita hamda bilvosita aloqalarni kuchaytirib bordi. Suriyadagi vaziyat yanada murakkablashib ketishini istamagan Obama Bashar al-Assadning hokimiyatda qolishiga bayonotlarida qarshilik qilishda davom etsada, amalda buni to’xtatdi. Xulosa qilib aytganda, milliy xavfsizlikni ta’minlash Obama birinchi ma’muriyatining Yaqin Sharq siyosatida eng yuqori darajali manfaati bo’ldi.
Neft resurslarini qo’lga kiritish imkoniyatini nazorat qilish AQSh Yaqin Sharq siyosatidagi navbatdagi manfaatdir. AQSh prezidenti Duayt Eyzenhover dunyodagi neft zahiralarining yarmidan ko’pi joylashgan Yaqin Sharqni “biz uchun strategik jihatdan eng muhim mintaqa”, deb ta’riflagan edi. 20l0 yildagi statistik ma’lumotlarga qaraganda, Yaqin Sharq mamlakatlari kuniga 30 million barrel neft qazib olgan va kunlik 86 million barrel bo’lgan global neft ehtiyojining uchdan bir qismini qondirgan. Uch mamlakat: Saudiya Arabistoni (kunlik l0 mln barrel), Eron (kunlik 4 mln barrel) va BAA (kunlik 2,8 mln barrel) hisobiga Yaqin Sharqdagi neft qazib chiqarishning 57 foizi to’g’ri kelgan. 21 asr boshlariga qadar neft AQShning Yaqin Sharqdagi asosiy manfaati bo’lib kelgan. Biroq ichki neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish miqdorining o’sishi ortidan import qilinadigan neftga bo’lgan ehtiyoj 2008 yildagi 57 foizdan 20ll yilga kelib 45 foizga tushdi. Shunday bo’lsada, xorijiy neft hanuz Amerika uchun muhim energetika manbasi bo’lib qolmoqda. Neftga qiymatining xalqaro munosabatlarga ta’sir o’tkazishi omili esa ushbu tabiiy resurs AQSh uchun hali yana uzoq vaqt asosiy manfaatlardan biri bo’lib qolishini anglatadi. Mobodo Yaqin Sharqdagi kunlik neft ishlab qazib olish ma’lum miqdorga kamaysa, jahondagi kunlik ehtiyojning 30 foizga yaqinini ta’minlash uchun O’rmuz bo’g’ozidan o’tuvchi neftning narxi keskin oshib ketadi. Shu sababli AQSh jahondagi siyosiy hamda iqtisodiy tartibotni nazorat qilib turish uchun Yaqin Sarqdagi energetika resurslarini muhofaza qilish, ularga erishish imkoniyatlarini saqlab qolish va energetika mahsulotlari o’tuvchi koridorlar (masalan, O’rmuz bo’g’ozi)larni doimiy o’z ta’sir doirasida tutib turish uchun harakat qiladi.
AQShning Isroil bilan o’ziga xos ittifoqchiligining bir qancha sabablar bilan izohlash mumkin:
Birinchisi, muhim geostrategik ahamiyatga ega bo’lgan Isroilning geografik joylashuvi AQShga mintaqadagi ta’sir doirasini saqlab turish uchun geosiyosiy platform vazifasini o’taydi.
Ikkinchisi, harbiy jihatdan qudratli Isroil AQShni mintaqadagi manfaatlari xavfsizligini ta’minlashi mumkin. Harbiy qudrati ta’minlangan Isroil mintaqadagi AQSh manfaatlariga zid bo’lgan kuchlar, masalan, terroristik va ekstremistik kuchlarni tiyib turishga qodir bo’ladi.
Uchinchisi, Isroilni qo’llab-quvvatlash va ta’minlashning AQSh milliy manfaati darajasiga ko’tarilgani mintaqadagi boshqa iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan davlatlarni amerikaparast siyosat yuritishiga undashi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida Amerika ta’siri ostida Misrning Arab davlatlari ichida Isroilga ma’lum darajada yon bosgan yagona mamlakat bo’lganligi bundan dalolat beradi. Shu sababli Isroilni dastaklash AQShning mintaqadagi eng uzoq davrdan beri davom etib kelayotgan hayotiy muhim manfaatlaridan biri hisoblanadi.
Bunday strategiya doirasida AQSh Turkiya va Eronning mintaqadagi kuchlari muvozanatini kafolatlash, o’zaro teng raqobatini shakllantirish uchun harakat qilmoqda. Buning ikki muhim sababi mavjud: l) Turkiya o’zaro manfaatlar sababli AQShga qarshi siyosat yuritmaydi, rasmiy Vashingtonning raqibiga aylanmaydi 2) Turkiya va Eronning manfaatlari xech qachon bir joydan kesishmagan. Iroq-Eron raqobatidan so’ng mintaqada Turkiya-Eron ziddiyati avj ola boshladi. Ushbu ikki davlatning mintaqaviy ittifoq tuzish ehtimoli deyarli nolga teng. Shu sababli ular o’rtasida o’zaro teng kuchlar muvozanatini shakllantirish orqali AQSh mintaqani biror bir mahalliy davlatning mutlaq ta’siriga tushib qolishidan saqlashi mumkin. Bundan tashqari Turkiya va Eronning o’zaro raqobat doirasida qo’llashi mumkin bo’lgan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy resurslar bo’yicha salohiyati o’zaro muvozanatda.
Obama hokimiyat tepasiga kelgan vaqtda Eron sanksiyalar tufayli ancha ojizlanib qolgan edi. Kuchlar muvozanati strategiyasi doirasida Obama ma’muriyati Eronning qudratini Turkiyaniki bilan tenglashtirishdan manfaatdor edi. Turkiya mintaqada dominantlik qilish ambitsiyalariga ega davlat bo’lib, Eron qudratining ortishiga toqat qila olmaydi va shu bilan birga Eronga nisbatan uzoq vaqt davomida raqiblik qilish salohiyatiga ega. Shuningdek, Turkiya Rossiyadan import qilinuvchi energetika resurslariga nisbatan qaramlikni kamaytirish maqsadida Yaqin Sharqdagi neftini qo’lga kiritish uchun harakat qilmoqda. Turkiyaning mintaqada qanday manfaati mavjud bo’lmasin, bu manfaatlar deyarli doimo Eronniki bilan qarama-qarshi chiqadi, shuning uchun turklar Arab Yarimoroli va arab mamlakatlaridagi Eronning ta’sirini susaytirish orqali mintaqa janubidagi neft resurslariga erishishni o’zlarining bosh maqsadlaridan biri deb hisoblaydilar. Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlaridagi davlat institutlari faoliyati izdan chiqar ekan, qudratli Turkiya va Eron navbatdagi mintaqaviy kuchlar muvozanatining asosiy ishtirokchilari bo’lib qolaveradilar. Natijada xaos va anarxiyaga botgan Yaqin Sharqdan ko’ra, ikki qutbli kuch markaziga ega nisbatan barqaror yangi tartibot paydo bo’ladi.
AQSh tashqi siyosatidagi Yaqin Sharq vektori turli manfaatdor tomonlar, murakkab siyosiy tizim, ommaning siyosatga ta’siri, alohida guruhlar, ayniqsa, isroilparast lobbichilar, harbiy-sanoat komplekslari, shuningdek, doimo prezident vakolatlarini cheklashga urinadigan Kongress kabi ishtirokchilarning ta’siri ostida shakllangan. Oldingi prezidentlar kabi Obama ham bunday murakkab vaziyatda, manfaatdor va qudratli kuchlar o’rtasidagi muvozanatni saqlagan holda Yaqin Sharqqa nisbatan siyosat yuritishga majbur bo’ldi. O’z Yaqin Sharq siyosatini shakllantirishda turli ta’sir o’tkazuvchi kuchlar, manfaatdor tomonlar talablarini hisobga olishiga to’g’ri keldi. Natijada birinchi ma’muriyat tomonidan mintaqaga nisbatan olib borilgan siyosatda turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Shuningdek, Obama uch tomondan ichki bosimga uchradi: ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, manfaatdor guruhlar va saylov.
Iqtisodiy-ijtimoiy muammolar ichki bosimning eng birinchisi bo’ldi. Obama 2009 yilda prezident sifatida qasamyod keltirgandan so’ng moliyaviy inqiroz ortidan yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va iqtisodiyotni qayta tiklash yangi ma’muriyat zimmasidagi eng birinchi vazifalardan biri edi. Obama o’z oldiga iqtisodiyotni rivojlantirish, ishsizlik darajasini pasaytirish, sog’liqni saqlash sohasida islohotlar o’tkazish va muqobil energiya olish imkoniyatlarini kengaytirishni o’zi uchun asosiy maqsad qilib qo’ydi. Iroq va Afg’oniston urushlariga sarflanayotgan katta miqdordagi mablag’lar Obamaning sanab o’tilgan maqsadlariga erishish yo’lidagi imkoniyatlarini keskin kamaytirdi. Obama Iroqdan AQSh harbiylarini olib chiqdi va birinchi prezidentlik muddati davomida mavjud l,3 trillionga teng moliyaviy kamomadni ikki barobarga qisqartirishni rejalashtirdi. Moliyaviy inqiroz oqibatida ishsizlik darajasining l0 foizdan oshib ketgani ijtimoiy beqarorlik keltirib chiqarayotgan edi. 20ll yil sentyabridagi iqtisodiy- ijtimoiy qiyinchiliklarga qarshi boshlangan “Occupy Wall Street” (Uoll Stritni egalla) harakati mazkur beqarorlikning yuqori cho’qqisi bo’ldi. Obama global terrorizmga qarshi kurash siyosatiga resurslar ajratishni keskin kamaytirib, asosiy e’tiborni ichki barqarorlikni ta’minlash uchun xalqaro iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni mustahkamlashga qarata boshladi.
Obama uchun ikkinchi ichki bosim manfaatdor guruhlar tomonidan keldi. Bunday guruhlar hukumat yuritayotgan tashqi siyosatga ta’sir o’tkazish va manipulyatsiya qilish orqali o’z manfaatlarini amalga oshirib olishga harakat qiladilar. Yaqin Sharq siyosati misolida manfaatdor guruhlar sifatida isroilparast lobbichilar va harbiy-sanoat komplekslarini misol keltirish mumkin. Amerika- Isroil Ijtimoiy Ishlar Qo’mitasi (AIPAC), Amerika Yahudiylari koalitsiyasi kabi guruhlar Yaqin Sharqda AQShning Isroil manfaatlarini ko’zlab siyosat yuritishiga katta ta’sir ko’rsatadilar. Isroilga ko’rsatilayotgan katta miqdordagi moliyaviy va harbiy ko’makdan tashqari isroilparast lobbichi guruhlar Vashingtonni Isroil- Falastin mojarosi, Iroq Urushi va Eron yuzasidan o’z manfaatlariga mos siyosat yurishitishi uchun undashga urindilar. Bunday guruhlarning ta’sir o’tkazish yo’llari turlicha, masalan, saylov kampaniyalariga homiylik qilish, ovoz berish jarayonlarida to’siqlar yuzaga keltirish, Kongress faoliyatiga lobbichilik orqali aralashish va h.k. Yaqin Sharq masalasida Kongress faoliyatiga isroilparast lobbichilar aralashgan vaqtda prezidentning mustaqil tashqi siyosat yuritish imkoniyatlari keskin cheklanadi.
AQSH MO davlatlari bilan turli xil kelishuvlarga erishdi. O’zbekiston janubida Qarshi-Xonobod harbiy bazasi, Qirg’istonda esa Manas aviabazasini ijaraga oldi. Qozog’istondan davlat ustidan uchib o’tish huquqini oldi, Tojikistondan aeroportni vaqtinchalik ishlatish uchun ruxsat oldi. XXI asrdagi AQSHning global etakchilika ochiqdan-ochiq davogarlik qilayotganligi va shu sababdan ham Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi mintaqada ta’sir dorasini kengaytirishga intilishi ajablanarli hol emas. Sobiq Petagon rahbari Paul Volfvits o’zining YAngi Amerika asri loyihasida ta’kidlaganidek: AQSH nafaqat YAngi katta o’yinda, balki butun “Jahon oroli”da gegemonlikni qo’lga kiritishdagi kurashda hech qaysi millatga zarracha imkoniyat qoldirmasligimiz kerak.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish