Geosiyosat asoslari


ShhTning tashkil etilishi ob’ektiv zaruriyat sifatida



Download 1,96 Mb.
bet61/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

ShhTning tashkil etilishi ob’ektiv zaruriyat sifatida. ShHT ishtirokchi davlatlariga Yevrosiyoning 60 foiz hududi to’g’ri kelib, unda yer kurrasining 25 foiz aholisi yashaydi, jahon yalpi ichki mahsulotining to’rtdan biri ishlab chiqariladi. Hozirgi kunga kelib, ShHT yirik mintaqaviy tashkilot sifatida oltita ishtirokchi-davlatlarni - O’zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikistonni birlashtirib, endilikda uning faoliyati dunyo va mintaqaviy jarayonlarga ta’sir o’tkazish salohiyatiga ega.
O’zbekiston Respublikasi Shanxay Hamkorlik tashkilotiga “...tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan, ochiq, konstruktiv sherikchilik va avvalambor, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, agressiv separatizm, narkobiznes kabi global hamda mintaqaviy tahdidlarga qarshi turuvchi ko’ptomonlama hamkorlik mexanizmi sifatida qaraydi”.
ShHTning boshqa a’zo davlatlari singari O’zbekiston ham o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir qator maqsadlarni ko’zlab tashkilotga a’zo bo’lgan edi. ShHT vazifalaridan asosan ikkitasi - terrorizmga qarshi kurash va keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik, tashkilotga a’zo davlatlar uchun doimo muhim yo’nalishlar bo’lib qoladi. Afg’onistonda terrorchi guruhlarning keng masshtabda faoliyat yuritish imkoniyatlari sirtdan qaraganda kamaygan bo’lsada, lekin Markaziy Osiyoda terrorizm, ekstremizm va separatizm kuchlari asosiy tahdidlar sifatida saqlanib qolmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, qisqa muddat ichida ShHT hozirgi zamon geosiyosatining ta’sirchan xalqaro tuzilmasiga aylandi.
ShHT keng qamrovli masalalar (xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim) doirasi bilan shug’ullanmoqda. Ishtirokchi-davlatlar muntazam ravishda birgalikda aksilterror o’quvlarini amalga oshirmoqdalar. 2001 yilning iyunida tashkil etilgan ShHTda davlatimizning ishtiroki mazkur tashkilotning keyingi rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
O’zbekiston ShHTga raislik qilgan davrda (2003-2004, 2009-2010 yillar) tashkilotning institusional-huquqiy jihatdan shakllanishi nuqtai nazaridan muhim hujjatlar imzolandi. Bundan tashqari, Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitimning imzolanishi ham diqqatga molik voqea bo’ldi. Zero, Bitim giyohvandlik xavfiga qarshi kurashda ko’p tomonlama hamkorlik uchun huquqiy asos yaratdi. 2010-yilda esa Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi.
2015-yil 11-iyul kuni ShHT raisligi navbati O’zbekiston Respublikasiga o’tdi. Unga qadar O’zbekiston tashkilotga ikki marotaba raislik qilgan. Respublikamiz o’tgan davr mobaynida ShHT a’zosi bo’lgan mamlakatlar bilan birgalikda jahon va mintaqa ahamiyatiga molik muammolar hal etilishida tashkilot salohiyatini, o’zaro hamkorlik muvofiqlashuvini yanada kuchaytirish, tashkilotning xalqaro maydondagi rolini oshirish yuzasidan keng qamrovli tashabbuslarni ro’yobga chiqarib kelmoqda.
Jumladan, 2009-yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasida BMT va ShHT hamkorligi to’g’risida Rezolyusiya qabul qilindi. Mazkur ikki xalqaro tashkilotlar tajribasi va salohiyatining qo’shilishi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni ta’minlashning yangi istiqbollarini ochib berdi. Shuningdek, BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning 2010-yilning aprelidagi tashrifi davomida O’zbekiston tashabbusi bilan ShHT va BMT kotibiyatlari o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi qo’shma deklarasiya qabul qilindi. Ushbu hujjatning imzolanish marosimida BMT rahbari O’zbekistonning ShHTdagi raisligiga yuksak baho berib, uning tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning ko’pgina dolzarb masalalar yechimi uchun favqulodda muhim ekanligini ta’kidladi. Albatta, ShHT boshqa davlat va mintaqalar manfaatlariga qarshi qaratilgan siyosiy-harbiy ittifoq bo’lmay, u o’z faoliyatida doimo ochiqlik tamoyiliga amal qiladi. SHu sababli Hindiston va Pokistondek ikki yadro quroliga ega davlatning ShHTga a’zo bo’lishi nafaqat mintaqada, balki sayyoramizdagi xavfsizlikni ta’minlashni kuchaytiradi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchlik, barqarorlik, farovonlik va osoyishtalik sari odimlashi ko’p qirrali iqtisodiy hamkorlik, taraqqiyot evaziga ta’minlanishi shubhasiz. Mintaqa davlatlarining nihoyatda boy tabiiy zaxiralari, ilmiy-intellektual salohiyati hamda iqtisodiy va texnologik imkoniyatlari muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, savdo-sotiq, investisiya va boshqa sohalarda ShHTning barcha ishtirokchilari manfaatlarini ko’zlovchi, xususan, o’zaro hamkorlikning yanada rivojlantiruvchi muhim omil bo’la oladi.
Bunday xalqaro miqyosdagi tadbirlarning davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi kеng nishonlanadigan yilda o’tkazilishi mustaqil yurtimiz tarixida katta vоqеa bo’lishiga ishоnchimiz komil. Mazkur anjuman davоmida ShHT 15 yilligining Tоshkеnt dеklaratsiyasi, ShHTga а’zо davlatlarning 2017-2022-yillarda giyohvandlikka qarshi stratеgiyasi va uni bajarish bo’yicha Harakat dasturlari imzо1anishi kutilayapti. Bundan tashqari, jinоyatchi1ikka qarshi kurashda haшkоr1ik to’g’risidagi bitimni bajarish bo’yicha Tadbirlar rojasi hamda ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish stratеgiyasini amalga оshirish rejasining tasdiqlanishi ham mo’1jallanmоqda.
Bugungi kunda ShHT dunyoning eng nufuzli va jahоnda kеchayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazish sa1оhiyatiga ega tashki1оtiga aylandi. Shubhasiz, ShHT unga а’zо davlatlarga dunyoning turli mintaqalari bilan iqtisоdiy hamkоrlik va integratsiya uchun yangi istiqbоllarni ochib bеradi va Markaziy Osiyoda hamda o’z navbatida, xalqaro miqyosda xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
ShHTini 2017-yilda navbatdagi Sammiti 9-iyun kuni Ostona (hosirgi Nur Sultan) shahrida bo’lib o’tdi. Majlisda ShHT va uning tuzilmalari faо1iyatini yanada takоmillashtirish, Tashki1оtga а’zо davlatlar o’rtasida siyosiy, savdо- iqtisоdiy va gumanitar hamkоr1ikni rivojlantirish, tеrrоrizm, diniy ekstremizm, nakоtik moddalar va qurol-yarog’ kоntrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokma qilindi.
Davlat rahbarlari ShHTning so’nggi sammitida kе1ishi1gan masalalar - Tashki1оtga а’zо davlatlar o’rtasida savdо-iqtisоdiy, ilmiy-tеxnikaviy, ijtimоiy- madaniy, gumanitar hamda transpоrt sоhalaridagi аlоqalarni rivоjlantirishga doir kеng ko’lamli masalalarni ko’rib chiqdilar. ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga оshirish bo’yicha 2016-2020-yillarga mo’ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to’g’risidagi qarоr, ShHTga а’zо davlatlarning turizm sоhasidagi hamkоrligini rivojlantirish dasturi va bоshqa hujjatlar ijrosiga e’tibor qaratildi.
Umuman olganda, «Shanxay beshligi» va Shanxay Hamkorlik Tashkilotining shakllanish tarixini shartli ravishda bir necha bosqichga bo’lish mumkin.
Birinchi bosqich - 1989-yil noyabr oyidan 1991-yil dekabr oyiga qadar sobiq Sovet Ittifoqi parchalanib ketishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. «Sovuq urush» sharoitida sobiq sovet ittifoqining Xitoy bilan munosabatlari bir xil rivojlanmaydi. Ulardagi siyosiy tizim yagona kommunistik qarashlarga asoslangan. Tarixshunoslikda «Shanxay beshligi» yoki Shanxay Hamkorlik Tashkiloti uchun dastlabki qadamlar aynan chegara masalasidagi muzokaralardan boshlandi deb qaraladi.
Ikkinchi bosqich sifatida 1991-yil dekabrdan 1997-yil aprelgacha bo’lgan davrni ko’rsatishadi. Bu davrga kelib, sobiq SSSR davlat sifatida tugab, uning o’rnida qator mustaqil davlatlar vujudga kelishi sababli endi Xitoy hukumati yuqoridagi muzokaralarni «sobiq ittifoqdosh» to’rt davlat - Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari hukumatlari bilan alohida-alohida holda olib borishga to’g’ri keldi.
Uchinchi bosqichi 1997-yil aprel oyidan 2000-yilga qadar bo’lgan vaqt qamrab oladi. Aynan mana shu davrda tashkilotning besh a’zosi Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston respublikalari o’rtasida harbiy va boshqa sohalarga oid doimiy muzokaralar o’tkazila boshlandi. Ayniqsa ular hududiy da’volardan voz kechib, mintaqaviy muammolarni hal etishga harakat qila boshladi. Harbiy sohadagi muzokaralarda bir tomondan Xitoy Xalq Respublikasi va ikkinchi tomondan Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari birgalikda ishtirok etishdi. Boshqa sohalarda besh davlat teng huquqli a’zo sifatida muzokaralarni ko’p tomonlama tartibda olib borishdi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish