179
61-§. Avstraliya va Okeaniya xo‘jaligi
Tayanch iboralar
Avstraliya ittifoqi, Yangi Zelandiya, Okeaniya, issiqlik stansiyalari, gidravlik
stansiyalar, neft, ko‘mir, qo‘y, qoramol.
Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya dunyoning eng rivojlangan mamlakat-
lari qatoriga kiradi. Fiji, Marshall orollari va Mikroneziyada iqtisodiyot nisba tan
rivojlangan, qolgan mamlakatlar va orollar qoloq xo‘jalik tizimiga ega.
Avstraliyada mahalliy mineral resurslar va qishloq xo‘jaligi xomashyosiga
asoslangan sanoat tarmoqlari: tog‘-kon,
metallurgiya, mashinasozlik, yengil va
oziq-ovqat sanoati yuqori darajada rivojlangan.
Mamlakat yirik issiqlik va gidravlik elektrostansiyalariga ega.
Avstraliyada 2012-yilda 250 mlrd. kVt/soatdan ortiq
elektroenergiya ishlab
chiqarildi. Bu ko‘rsatkich Yangi Zelandiyada 47 mlrd. kVt/soatga teng bo‘ldi.
Avstraliyada hozirgi vaqtda yiliga 30 mln. t neft, 30 mlrd. m
3
tabiiy gaz,
400 mln. t ko‘mir qazib olinmoqda, 12 – 15 mln. t po‘lat eritilmoqda, 300 ming
donadan ko‘p yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Don ekinlarining yalpi
hosili 35 – 40 mln. t ni tashkil etadi, yarim mln. t dan ortiq paxta tolasi ishlab
chiqarilmoqda. Avstraliyada salkam 30 mln. bosh yirik shoxli qoramol (Yangi
Zelandiyada 10 mln. bosh), 150 mln. boshdan ziyod qo‘y va echkilar (Yangi
Zelandiyada 60 mln. bosh) mavjud. Avstraliyada o‘rtacha yiliga 4,0 mln. t
go‘sht (Yangi Zelandiyada 1,5 mln. t), 8 mln. t (Yangi Zelandiyada 9 mln. t) sut
tayyorlanadi.
Avstraliyada qora metallurgiya Port-Kembla, Nyukasl, Uandovi shaharlarida,
rangli metallurgiya Maunt-Ayza, Klonkarri, Gladston,
Kalgurli-Boulder, Port-
Piri, Kanberra, Xobart, Risdon, Bell-Bey shaharlarida rivojlangan. Yirik, katta
hamda o‘rta shaharlarining barchasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash
sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatda neftni qayta ishlash va neft-kimyo
sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Melburn, Sidney, Nyukasl, Brisben,
Pert, Adelaida va boshqa shaharlar ushbu tarmoq markazlari bo‘lib hisoblanadi.
Avstraliyada yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoati yaxshi rivoj-
langan. Mam lakatda 2,0 mln. t ga yaqin qog‘oz ishlab chiqariladi.
Mazkur
tarmoqning yirik korxonalari mamlakatning janubi-sharqidagi ko‘pchilik
shaharlarda joylash gan. Avstraliyada 5 – 6 mln. t sement va katta miqdorda
boshqa qurilish material lari ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati
mamlakatning barcha region lari va shaharlarida mavjud.
180
Avstraliyada yengil sanoat, ayniqsa, uning to‘qimachilik, teri-poyabzal
tarmoqlari yaxshi rivojlangan. To‘qimachilik
korxonalari Sidney, Melburn,
Ballarat, Adelaida, Pert, Albani shaharlarida joylashgan.
Mamlakatda oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ichida un va omixta yem ishlab
chiqarish, qand-shakar, go‘sht, sut, baliq-konserva sanoati korxonalari deyarli
barcha shaharlarida mavjud.
Qishloq xo‘jaligida yaylov chorvachiligi (qo‘ychilik) va qoramolchilik yax-
shi rivojlangan. Avstraliya yaylovlarining kattaligi va ularda boqilayotgan qo‘y-
larning soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Chorvachilik qish-
loq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatda dehqonchilik ham
yuqori darajada rivojlangan. Shakarqamish, paxta va, ayniqsa, donchilik yuqori
tovar ahamiyatiga ega. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yengil va oziq-
ovqat sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi.
Okeaniya mamlakatlarining aholisi, asosan, baliqchilik, qishloq xo‘jaligi bilan
shug‘ullanadi. Ko‘pchilik orollar (Fransiya Polineziyasi, Vanuatu, Kiribati, Fiji)
dunyoning yirik turizm va sayyohlik markazlariga aylandi.
Avstraliya doirasidagi asosiy yuklar temiryo‘l transporti orqali tashiladi.
Xal qaro savdo aloqalarida dengiz transportining ahamiyati beqiyosdir. Avs-
traliyada keyingi yillarda quvur transportining rivojlanishiga katta e’tibor
qaratilmoqda. Avstraliyaning tashqi savdo aylanmasi 2012-yilda 301,1 mlrd.
dollarni tashkil etdi. Avstraliya chetga, asosan, AQSH, Yaponiya, Yevropa
mamlakatlariga tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-
ovqat sanoati mahsulot la rini chiqaradi. Avstraliya hozirgi vaqtda Sharqiy va
Janubi-sharqiy Osiyo mam lakatlarining asosiy xo mashyo bazasiga aylanmoq-
da.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyalarga tayanib ishlab chiqarilgan
sanoat mahsulotlari ham mam lakatdan keng miqyosda eksport qilinmoqda.
Import ulushining ko‘payishi neft va neft mahsulotlari hamda ko‘p miqdorda
kompyuterlarni import qilish bilan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: