Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Amaliy ish
1. Yozuvsiz xaritaga Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasini tushiring.
2. Avstraliya va Okeaniyada qaysi millat vakillari, qaysi dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar 
istiqomat qilishini «Atlas»dan aniqlang va uni tavsiflang.
Savol va topshiriqlar
1. Okeaniya tarkibiga qaysi orollar, mamlakatlar, mustamlakalar kiradi? Shularning 
nomlari keltirilgan ro‘yxat tuzing.
2. Avstraliya qanday tabiiy resurslarga boy, qanday tabiiy resurslarga kambag‘al?
3. Avstraliyaning xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan foydali qazilma boyliklarining
nomlarini yozib, xaritada ko‘rsating.


179
61-§. Avstraliya va Okeaniya xo‘jaligi
Tayanch iboralar
Avstraliya ittifoqi, Yangi Zelandiya, Okeaniya, issiqlik stansiyalari, gidravlik 
stansiyalar, neft, ko‘mir, qo‘y, qoramol.
Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya dunyoning eng rivojlangan mamlakat-
lari qatoriga kiradi. Fiji, Marshall orollari va Mikroneziyada iqtisodiyot nisba tan 
rivojlangan, qolgan mamlakatlar va orollar qoloq xo‘jalik tizimiga ega.
Avstraliyada mahalliy mineral resurslar va qishloq xo‘jaligi xomashyosiga 
asoslangan sanoat tarmoqlari: tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va 
oziq-ovqat sanoati yuqori darajada rivojlangan.
Mamlakat yirik issiqlik va gidravlik elektrostansiyalariga ega.
Avstraliyada 2012-yilda 250 mlrd. kVt/soatdan ortiq elektroenergiya ishlab 
chiqarildi. Bu ko‘rsatkich Yangi Zelandiyada 47 mlrd. kVt/soatga teng bo‘ldi.
Avstraliyada hozirgi vaqtda yiliga 30 mln. t neft, 30 mlrd. m
3
tabiiy gaz, 
400 mln. t ko‘mir qazib olinmoqda, 12 – 15 mln. t po‘lat eritilmoqda, 300 ming 
donadan ko‘p yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Don ekinlarining yalpi 
hosili 35 – 40 mln. t ni tashkil etadi, yarim mln. t dan ortiq paxta tolasi ishlab 
chiqarilmoqda. Avstraliyada salkam 30 mln. bosh yirik shoxli qoramol (Yangi 
Zelandiyada 10 mln. bosh), 150 mln. boshdan ziyod qo‘y va echkilar (Yangi 
Zelandiyada 60 mln. bosh) mavjud. Avstraliyada o‘rtacha yiliga 4,0 mln. t 
go‘sht (Yangi Zelandiyada 1,5 mln. t), 8 mln. t (Yangi Zelandiyada 9 mln. t) sut 
tayyorlanadi.
Avstraliyada qora metallurgiya Port-Kembla, Nyukasl, Uandovi shaharlarida, 
rangli metallurgiya Maunt-Ayza, Klonkarri, Gladston, Kalgurli-Boulder, Port-
Piri, Kanberra, Xobart, Risdon, Bell-Bey shaharlarida rivojlangan. Yirik, katta 
hamda o‘rta shaharlarining barchasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash 
sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatda neftni qayta ishlash va neft-kimyo 
sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Melburn, Sidney, Nyukasl, Brisben, 
Pert, Adelaida va boshqa shaharlar ushbu tarmoq markazlari bo‘lib hisoblanadi. 
Avstraliyada yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoati yaxshi rivoj-
langan. Mam lakatda 2,0 mln. t ga yaqin qog‘oz ishlab chiqariladi. Mazkur 
tarmoqning yirik korxonalari mamlakatning janubi-sharqidagi ko‘pchilik 
shaharlarda joylash gan. Avstraliyada 5 – 6 mln. t sement va katta miqdorda 
boshqa qurilish material lari ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati 
mamlakatning barcha region lari va shaharlarida mavjud.


180
Avstraliyada yengil sanoat, ayniqsa, uning to‘qimachilik, teri-poyabzal 
tarmoqlari yaxshi rivojlangan. To‘qimachilik korxonalari Sidney, Melburn, 
Ballarat, Adelaida, Pert, Albani shaharlarida joylashgan.
Mamlakatda oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ichida un va omixta yem ishlab 
chiqarish, qand-shakar, go‘sht, sut, baliq-konserva sanoati korxonalari deyarli 
barcha shaharlarida mavjud.
Qishloq xo‘jaligida yaylov chorvachiligi (qo‘ychilik) va qoramolchilik yax-
shi rivojlangan. Avstraliya yaylovlarining kattaligi va ularda boqilayotgan qo‘y-
larning soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Chorvachilik qish-
loq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatda dehqonchilik ham 
yuqori darajada rivojlangan. Shakarqamish, paxta va, ayniqsa, donchilik yuqori 
tovar ahamiyatiga ega. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yengil va oziq-
ovqat sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi.
Okeaniya mamlakatlarining aholisi, asosan, baliqchilik, qishloq xo‘jaligi bilan 
shug‘ullanadi. Ko‘pchilik orollar (Fransiya Polineziyasi, Vanuatu, Kiribati, Fiji) 
dunyoning yirik turizm va sayyohlik markazlariga aylandi.
Avstraliya doirasidagi asosiy yuklar temiryo‘l transporti orqali tashiladi.
Xal qaro savdo aloqalarida dengiz transportining ahamiyati beqiyosdir. Avs-
traliyada keyingi yillarda quvur transportining rivojlanishiga katta e’tibor 
qaratilmoqda. Avstraliyaning tashqi savdo aylanmasi 2012-yilda 301,1 mlrd. 
dollarni tashkil etdi. Avstraliya chetga, asosan, AQSH, Yaponiya, Yevropa 
mamlakatlariga tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-
ovqat sanoati mahsulot la rini chiqaradi. Avstraliya hozirgi vaqtda Sharqiy va 
Janubi-sharqiy Osiyo mam lakatlarining asosiy xo mashyo bazasiga aylanmoq-
da. Shu bilan birga, yuqori texnologiyalarga tayanib ishlab chiqarilgan 
sanoat mahsulotlari ham mam lakatdan keng miqyosda eksport qilinmoqda. 
Import ulushining ko‘payishi neft va neft mahsulotlari hamda ko‘p miqdorda 
kompyuterlarni import qilish bilan bog‘langan.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish