Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Amaliy ish
Yozuvsiz xaritaga Avstraliya va Okeaniyaning iqtisodiy xaritasini tushiring hamda uni 
tahlil qiling, tashqi iqtisodiy aloqalariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang.
Savol va topshiriqlar
1 Xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini belgilang va ular to‘g‘risida so‘zlab bering.
2. Avstraliya sanoatida katta rol o‘ynayotgan tarmoqlarni aniqlang hamda ularning 
rivojlanish omillari to‘g‘risida so‘zlab bering.


181
10-mavzu. shimoliy va markaziy 
Amerika davlatlari
62-§. shimoliy va markaziy Amerika davlatlarining umumiy
iqtisodiy-geografik tavsifi
Tayanch iboralar
shimoliy Amerika, markaziy Amerika, federativ respublika, unitar respublika, 
migratsiya.
Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlari qatoriga Amerika Qo‘shma 
Shtatlari, Kanada, Kosta-Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Meksika, 
Nikaragua, Panama va Beliz kiradi.
Umumiy maydoni 21825 ming km
2
, aholisining soni (2013-yil iyul oyiga 
nisbatan) 506 mln. kishi, shundan 353,2 mln. kishi (69,6 %) AQSH va Kanada 
mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatlarning aksariyat qismi respublikalar (Kosta-Rika, Gvatemala, 
Gonduras, Nikaragua, Panama, Salvador)dan iborat. Federativ respublikalarga 
AQSH va Meksika kiradi. Kanada – Hamdo‘stlik tarkibidagi mustaqil Federativ 
davlat, beliz esa hamdo‘stlik tarkibidagi davlatdir.
Mamlakatlarning geografik o‘rni juda qulay, ularning ba’zilari (AQSH, 
Kanada, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) ikki, 
hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo‘liga ega.
Tabiiy resurslarga juda boy. Bu o‘rinda, ayniqsa, AQSH, Kanada va Meksika 
keskin ajralib turadi. AQSH va Kanada tabiiy resurslarning xilma-xil turlari 
va ulkan zaxiralariga ega. Meksika ham neft, polimetall rudalari va kimyoviy 
xomashyo resurslariga boy. Neft Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi. Markaziy 
Amerika mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi – bu o‘rmonlardir. o‘rmonlarda 
qimmatbaho daraxtlar o‘sadi.
Aholisining asosiy qismi AQSH, Meksika va Kanadaga to‘g‘ri keladi. Qolgan 
mamlakatlarda 0,3 mln. kishidan (Beliz) 14,0 mln. kishigacha (Gvatemala) aholi 
yashaydi. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish va qisman migratsiya (AQSH, Kanada) 
hisobiga o‘smoqda. Aholi sonining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari AQSH va 
Kanadada 0,6 – 0,7 % dan Gvatemala, Gonduras va Nikaraguada 2,5 –3,0 % 


182
gacha yetadi. Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g‘arbiy 
va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan tekislik va tog‘oldi 
mintaqalarida istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning Buyuk ko‘llarga tutash 
hududlarida, Atlantika va Tinch okeani sohillarida aholi, ayniqsa, zich joylashgan. 
Aholi amerikalik inglizlar, kanadalik inglizlar, kanadalik fransuzlar, meksika-
lik lar va boshqa, asosan, ispan tilida so‘zlashuvchi xalqlardan iborat. Shahar 
aholisining ulushi AQSH va Kanadada 80 % dan oshadi, qolgan mamlakatlarda 
u nisbatan past darajaga ega (Gonduras – 50,2 %, Meksika – 78,1 %).
Xo‘jalikning negizini AQsh va kanadada sanoat, Meksikada sanoat bilan 
dehqonchilik, Panamada dengiz transporti, qolgan mamlakatlarda dehqonchilik, 
asosan, banan, kofe, shakarqamish, jo‘xori yetishtirish tashkil etadi.
Markaziy Amerika mamlakatlari sanoatida tog‘-kon va oziq-ovqat sanoati 
tarmoqlari yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda, ya’ni eksport-import ope-
ratsiyalarida dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo‘l va avtomobil transporti 
muhim rol o‘ynaydi.
Quvur transporti AQSH, Kanada va Meksikada yuqori darajada rivojlangan.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish