Mustaqil ish 305-guruh Karimov Alisher Ekologik Turizm Dunyo mamlakatlaridagi ekoturizm Jahon turizmida jadallik bilan rivojlanib Dunyo mamlakatlaridagi ekoturizm Jahon turizmida jadallik bilan rivojlanib borayotgan ekoturizmda yevropaliklar Afrika, Osiyo, Janubiy Amerikaning inson qadami tegmagan tabiiy landshaftlari tomon oqib bormoqda. Ekologik turizm geografiyasida Laos, Keniya, Tanzaniya, Ekvador, Kosta-Rika, Nepal, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika Respublikasi yetakchilik qilmoqda. Kanada. Kanadada milliy parklarni tashkil qilish 1885-yilda tashkil qilingan Kanada. Kanadada milliy parklarni tashkil qilish 1885-yilda tashkil qilingan Banf milliy parkidan boshlandi. 1990-yillarning o„rtalarida kanada davlatida 37 ta yirik milliy parklar tashkil qilingan edi. Bu milliy parklarga hozirgacha 15 mln. ekoturist tashrif qildi. Kanadaning barcha provinsiyalarida tabiiy rezervatlar tashkil qilingan. Bu rezervatlarning vazifalari noyob, sonlari tobora kamayib borayotgan biologik turlarni muhofaza qilish va ko„paytirishdan iborat. Shuningdek, Kanada milliy tabiiy rezervatlarning ko„pligi jihatidan ham jahonda birinchi o„rinni egallaydi, bu milliy tabiiy rezervatlarning soni 1000 ta. Jahon miqyosida milliy parklardagi tabiiy ekotizimlarni saqlab qolish va muhofaza qilishda lider davlatlardan hisoblangan Kanada davlatida 5 ta dengiz tabiiy qo„riqxonalari ham tashkil qilingan. Amerika Qo‘shma Shtatlari. AQSH milliy parklar, tabiiy qo„riqxonalar va Amerika Qo‘shma Shtatlari. AQSH milliy parklar, tabiiy qo„riqxonalar va tabiiy rezervatsiyalar soni bo„yicha dunyoda birinchi o„rinni egallaydi (ikkinchi o„rinda Kanada davlati). AQSHda 300 ta milliy park tabiat qo„riqxonalari va rezervatsiyalar tashkil qilingan va shundan 14 tasi YUNESKOning “Jahon xalqlari milliy merosi” ro„yxatiga kiritilgan (Rangel-Sent-Elayas, XavayiVolkeynos, Gleysher, Gleysher-Bey, Grand-Kanon, GreytSmoking-Mauntins, Yelloustonskiy, Yosemitskiy, Karlsbadskie peùerû, Mamontova peùera, Mesa-Verde, Olimpik, Redvud, Evergleyds) va bitta milliy tarixiy park – Chako. Kosta-Rika. Bu davlat Lotin Amerikasida ko„p yillardan beri ekoturizmda Kosta-Rika. Bu davlat Lotin Amerikasida ko„p yillardan beri ekoturizmda liderlik qilib kelmoqda. Bu davlatda ekoturizmning birinchi ishqibozlari o„tgan asrning 90-yillaridan paydo bo„la boshladi. Kosta-Rikaning ekoturizmdagi liderligining bosh sabablari shundan iboratki, qo„shni davlatlar o„zlarining iqtisodiyotini tiklash uchun jungli o„rmonlarini kesib sota boshlaganda bu davlat o„z hududlaridagi jungli o„rmonlarini qattiq muhofazaga oldi. Bu o„rmonlarda Janubiy Amerikaning ko„plab davlatlarida yo„qolib ketgan hayvonlar va o„simliklar saqlanib qoldi, bu joylarda ekoturizm infratuzilmalarini tashkil qilib jahon miqyosida ekoturizm yo„nalishini maqsadli ravishda, rejali rivojlantirib bordi. Braziliya. Bu davlat birinchi navbatda dunyoning eng katta daryosi Braziliya. Bu davlat birinchi navbatda dunyoning eng katta daryosi Amazonka va uning betakror tabiati, dunyoning biror joyida uchramaydigan flora va faunasi, milliy parklarining ko„pligi bilan mashhur hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyodagi 7 mo„jizadan biri hisoblanadigan Iso payg„ambarga qo„yilgan haykalning poyiga gul qo„yish va sig„inish uchun har yili millionlab turistlar kelishadi. Dunyodagi eng katta sharsharalar ro„yxatida turgan Iguasu sharsharasiga har yili millionlab ekoturistlar tashrif qilishadi.Braziliya turizm industriyasida ekoturizm yetakchi yo„nalishni hosil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |