Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


-§. Avstraliya va Okeaniyaning umumiy tavsifi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

60-§. Avstraliya va Okeaniyaning umumiy tavsifi
Tayanch iboralar
Avstraliya, Okeaniya, melaneziya, mikroneziya, Polineziya, aholining milliy tarkibi, 
aborigenlar.
Avstraliya Ittifoqi Avstraliya materigining maydonini to‘liq egallagan du n-
yo dagi yagona mamlakatdir. Uning tarkibiga materikdan tashqari Tasmaniya va 
boshqa qator mayda orollar kiradi. Maydoni 7741 ming km
2
, shundan 7692,0 
ming km
2
maydonni materikning o‘zi egallagan. Dunyoning quruqlik orqali 
o‘tgan chegarasiga ega bo‘lmagan mamlakatlaridan biri.
Iqtisodiy-geografik o‘rni uning janubiy yarimsharda yirik materiklar, regionlar 
va mamlakatlardan ancha olisda joylashganligi bilan belgilanadi. Shu bilan 
birga, zamonaviy dengiz va havo transportining yuqori darajada rivojlanganligi 
mamlakatni jahonning barcha regionlari, davlatlari bilan doimiy aloqada bo‘lib 
turishini ta’minlaydi.
Okeaniya Tinch okeanida joylashgan orollar to‘plamidir. Okeaniya uch 
qismdan: Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyadan iboratdir. Melaneziya 
(Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga 
juda yaqin joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) 
esa aksincha, Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy 
qismlarida joylashgan. Mikroneziya (Karolina, Marshall, Mariana, Gilbert va
boshqa orollar) Yangi Gvineya orolidan shimolda, Filippin orollaridan sharq 
tomondagi akvatoriyada tarqalgan. 
Asosiy daryosi Murrey va uning irmog‘i Darlingning suvi mavsumlar bo‘yi-
cha o‘zgarib turadi. 
12 – A. Qayumov, i. safarov, M. tillaboyeva


178
Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Shulardan ba’zilari ahamiyati 
va zaxirasi bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Temir rudasi, mis, nikel, 
uran rudalari, boksitlar, ko‘mir, oltin, olmos konlari shular jumlasidandir.
Ko‘mir konlari materikning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida topilgan, 
neft va tabiiy gaz mamlakatning sharqiy hududlarida va g‘arbida, okean shelfida 
qazib olinadi. 
Aholisi
. Avstraliya va Okeaniyada (Gavayi orollarisiz) 2013-yilning iyul oyiga
nisbatan 32,0 mln. kishi istiqomat qilgan. Shu jumladan, Avstraliyada 21,0 mln. 
(2/3 qismi), Yangi Zelandiyada 4,0 mln., Papua-Yangi Gvineyada 6,0 mln., boshqa 
mayda orollarda 1 mln. aholi mavjud. Aholining soni juda past sur’atlar bilan 
ko‘paymoqda. Aholi juda notekis taqsimlangan. Aholining o‘rtacha zichligi 1 
km
2
ga 2,8 kishini tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich mamlakatning janubi-
sharqiy qismida 100 – 250 kishiga yetadi. Umuman olganda, aholi materikning
chekka sohil qismlarida nisbatan zich, markaziy va g‘arbiy hududlarida siyrak 
tarqalgan. Ba’zi bir hududlarda doimiy aholi umuman yo‘q (Eyr ko‘li atroflari va 
markaziy qismlarida). Aholining o‘rtacha yashash davri erkaklarda 80 yoshga, 
ayollarda 84 yoshga teng. Aholining milliy tarkibida avstraliyalik inglizlarning 
ulushi deyarli 90 % ga yetadi. Ulardan tashqari, mamlakatda amerikaliklar, 
fransuzlar, nemislar, afrikaliklar, hindistonliklar, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari 
va, hatto, o‘zbeklar ham bor. Sidney shahrida o‘zbeklar jamoasi mavjud.
Okeaniya aholisining tarkibida mahalliy xalqlarning ulushi anchagina. Jum-
ladan, Yangi Zelandiyada mahalliy xalq – maorillarning jami aholi sonidagi 
ulushi 20 % ga yetadi. Bu ko‘rsatkich Papua-Yangi Gvineyada 70 – 80 % ga, 
mayda orollarda esa 100 % gacha boradi. Shahar aholisining ulushi Avstraliyada 
89,3 % ga, Yangi Zelandiyada 86,2 % ga, Mikroneziyada 22,8 % ga teng. Papuane
Yangi Gvineyada ushbu ko‘rsatkich 12,6 % ni tashkil qiladi, xolos.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish