Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Savol va topshiriqlar
1. Afrika qit’asi tarkibiga kiruvchi orollar ro‘yxatini tuzing.
2. Afrika siyosiy xaritasining o‘zgarishi qaysi davrlarda chuqur va miqyosli bo‘ldi? 
Buning sababini aniqlang.
3. Materik relyefi va iqlimini xo‘jalik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan baholang.
4. Afrika aholisining soni, ko‘payish sur’atlari, manbalari va joylashishiga xos 
xususiyatlarni aniqlang.
5. Afrika aholisining irqiy, milliy-etnik va diniy tarkibi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?


173
57-§. Afrika mamlakatlari: xo‘jaligi, iqtisodiy rayonlari
Tayanch iboralar
Qayta ishlovchi sanoat, o‘simlik yakkahokimligi, shimoliy Afrika, Tropik Afrika, 
Janubiy Afrika.
Qayta ishlovchi sanoat JAR, Misr, Jazoir, Nigeriya, Marokash, Liviya hamda 
Zimbabve, Tunis, KDR, Keniya mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. Aynan shu 
mamlakatlar elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha ham Afrikada yetakchi 
o‘rinlarni egallaydi.
O‘simlik yakkahokimligi – bu nafaqat tabiiy-geografik, balki tarixiy, ijtimoiy 
hodisadir. Shunday ixtisoslashuv mustamlaka davridan qolgan «meros»dir.
Afrikaning iqtisodiy rayonlashtirish masalasi hozirgi vaqtgacha yakuniy 
yechimini topgani yo‘q. Tadqiqotchilar ichida Afrikani ikki: Shimoliy Afrika va 
Tropik Afrika subregionlariga bo‘lish keng tarqalgan. 
Shimoliy Afrikaning umumiy maydoni 9555,2 ming km
2
, aholisining soni 
216,0 mln. kishi, shu jumladan, shahar aholisining soni 102,8 mln. kishi, ulushi 
47,5 % (2013-y.). Bu, asosan, arablar, barbarlar va tuareglar istiqomat qiluvchi 
tarixiy subregion. Shimoliy chegarasini O‘rta dengiz suvlari yuvib turadi, janubiy 
chegarasi shartli ravishda Sahroyi Kabirning markaziy va janubiy qismlaridan 
o‘tadi. Subregionda Misr, Liviya, Tunis, Sudan, Jazoir, Marokash, Mavritaniya 
hamda G‘arbiy Sahroyi Kabir mamlakatlarining hududi joylashgan. Geografik 
o‘rni qulay.
Aholisining soni o‘rtacha yiliga 2,1–2,2 % ga o‘smoqda.
Xo‘jaligining asosini tog‘-kon sanoati tashkil etadi. Jazoir, Liviya va 
Misrda neft va gaz qazib olish, qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlangan bo‘lib, 
u tovar ahamiyatiga ega. Qora metallurgiya sanoati Misr (Xeluan) va Jazoir 
(Annaba)da, rangli metallurgiya Jazoir, Misr, Marokashda, mashinasozlik 
mamlakatlarning poytaxtlari hamda katta shaharlarida rivojlangan. Shimoliy 
Afrikada kimyo sanoati, ayniqsa, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yuqori 
darajada rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi, avvalambor, dehqonchilik, qulay tabiiy sharoit va suv 
resurslari bilan bog‘liq holda rivojlangan. Asosiy shaharlari va sanoat markazlari 
kabi dehqonchilik makonlari O‘rta dengiz hamda Atlantika okeani sohillariga 
yaqin hududlarda va Nil vodiysida joylashgan. Sug‘orma dehqonchilik Nil 
vodiysida (Misr) rivojlangan bo‘lib, u ingichka tolali paxta, shakarqamish hamda 
boshqa ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan.


174
Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari: neft va neft mahsulotlari, tabiiy 
gaz, fosforitlar, rangli metallar, paxta, sitrus mevalari, xurmo, oziq-ovqat 
mahsulotlari.
Amaliy ish
1. Yozuvsiz xaritaga Afrika mamlakatlarining iqtisodiy xaritasini tushiring va uni tahlil 
qilib bering.
2. Shimoliy Afrika bilan Tropik Afrika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mavjud farqlarni 
aniqlang va ularni baholang.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish