Savol va topshiriqlar
1. Afrika qit’asi tarkibiga kiruvchi orollar ro‘yxatini tuzing.
2. Afrika siyosiy xaritasining o‘zgarishi qaysi davrlarda chuqur va miqyosli bo‘ldi?
Buning sababini aniqlang.
3. Materik relyefi va iqlimini xo‘jalik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan baholang.
4. Afrika aholisining soni, ko‘payish sur’atlari, manbalari va joylashishiga xos
xususiyatlarni aniqlang.
5. Afrika aholisining irqiy, milliy-etnik va diniy tarkibi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
173
57-§. Afrika mamlakatlari: xo‘jaligi, iqtisodiy rayonlari
Tayanch iboralar
Qayta ishlovchi sanoat, o‘simlik yakkahokimligi, shimoliy Afrika, Tropik Afrika,
Janubiy Afrika.
Qayta ishlovchi sanoat JAR, Misr, Jazoir, Nigeriya, Marokash, Liviya hamda
Zimbabve, Tunis, KDR, Keniya mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. Aynan shu
mamlakatlar elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha ham Afrikada yetakchi
o‘rinlarni egallaydi.
O‘simlik yakkahokimligi – bu nafaqat tabiiy-geografik, balki tarixiy, ijtimoiy
hodisadir. Shunday ixtisoslashuv mustamlaka davridan qolgan «meros»dir.
Afrikaning iqtisodiy rayonlashtirish masalasi hozirgi vaqtgacha yakuniy
yechimini topgani yo‘q. Tadqiqotchilar ichida Afrikani ikki: Shimoliy Afrika va
Tropik Afrika subregionlariga bo‘lish keng tarqalgan.
Shimoliy Afrikaning umumiy maydoni 9555,2 ming km
2
, aholisining soni
216,0 mln. kishi, shu jumladan, shahar aholisining soni 102,8 mln. kishi, ulushi
47,5 % (2013-y.). Bu, asosan, arablar, barbarlar va tuareglar istiqomat qiluvchi
tarixiy subregion. Shimoliy chegarasini O‘rta dengiz suvlari yuvib turadi, janubiy
chegarasi shartli ravishda Sahroyi Kabirning markaziy va janubiy qismlaridan
o‘tadi. Subregionda Misr, Liviya, Tunis, Sudan, Jazoir, Marokash, Mavritaniya
hamda G‘arbiy Sahroyi Kabir mamlakatlarining hududi joylashgan. Geografik
o‘rni qulay.
Aholisining soni o‘rtacha yiliga 2,1–2,2 % ga o‘smoqda.
Xo‘jaligining asosini tog‘-kon sanoati tashkil etadi. Jazoir, Liviya va
Misrda neft va gaz qazib olish, qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlangan bo‘lib,
u tovar ahamiyatiga ega. Qora metallurgiya sanoati Misr (Xeluan) va Jazoir
(Annaba)da, rangli metallurgiya Jazoir, Misr, Marokashda, mashinasozlik
mamlakatlarning poytaxtlari hamda katta shaharlarida rivojlangan. Shimoliy
Afrikada kimyo sanoati, ayniqsa, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yuqori
darajada rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi, avvalambor, dehqonchilik, qulay tabiiy sharoit va suv
resurslari bilan bog‘liq holda rivojlangan. Asosiy shaharlari va sanoat markazlari
kabi dehqonchilik makonlari O‘rta dengiz hamda Atlantika okeani sohillariga
yaqin hududlarda va Nil vodiysida joylashgan. Sug‘orma dehqonchilik Nil
vodiysida (Misr) rivojlangan bo‘lib, u ingichka tolali paxta, shakarqamish hamda
boshqa ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan.
174
Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari: neft va neft mahsulotlari, tabiiy
gaz, fosforitlar, rangli metallar, paxta, sitrus mevalari, xurmo, oziq-ovqat
mahsulotlari.
Amaliy ish
1. Yozuvsiz xaritaga Afrika mamlakatlarining iqtisodiy xaritasini tushiring va uni tahlil
qilib bering.
2. Shimoliy Afrika bilan Tropik Afrika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mavjud farqlarni
aniqlang va ularni baholang.
Do'stlaringiz bilan baham: |