Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Savol va topshiriqlar
1. Sayyoramiz bo‘ylab chuchuk suv qanday taqsimlangan? Unga «boy» va «kam bag‘al» 
hududlarni ajrating.
2. Nima uchun bir qator mamlakatlar o‘zlarida daryo va ko‘llar yetarli bo‘lishiga 
qaramay, ichimlik suvini boshqa mamlakatlardan sotib olishga majbur bo‘lmoqdalar? 
Ular qaysi mamlakatlar ekanligini aniqlang.
3. «Atlas» ma’lumotlaridan foydalanib, biologik resurslarga baho bering.
4. Dunyo okeani qanday sabablar tufayli ifloslanib bormoqda? Uning qanday oqibatlarga 
olib kelishini o‘ylab ko‘ring.
5. Iqlimiy va kosmik resurslar, noan’anaviy resurslar deb qanday boyliklarga aytiladi?
6. Rekreatsiya resurslari deb qanday tabiiy boyliklarga aytiladi va ularning jamiyat 
hayotida tutgan o‘rni qanday? Rekreatsiya resurslariga boy bo‘lgan mamlakatlarni 
O‘zbekistonning shunday resurslarga boyligi bilan taqqoslang va baholang.


28
7-§. Atrof-muhitning ifloslanishi
Tayanch iboralar
Tabiiy omillar, antropogen omillar, gidrosfera, atmosfera, atrof-muhitning if-
loslanishi, ekologik siyosat.
Atrof-muhitning ifloslanishida 
tabiiy
va 
antropogen
omillar asosiy rol 
o‘ynaydi.
Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo‘l bilan – 
chaqmoq chaqishi, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlarning otilishi, 
shamol harakati, biosferada uzluksiz boradigan chirish (o‘simlik va hayvonot 
qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab 
tonna chang-to‘zonlarni havoga chiqarib yuboradi.
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun’iy omillar (antropogen 
jarayon) eng ko‘p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 
2/3 qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o‘simlik va hayvonot 
dunyosi, ko‘p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko‘rmoqda. 
Xalqimiz orasida «Suv yetti yumalab toza bo‘ladi» degan tushuncha bor. 
Darhaqiqat, tabiat me’yorida bo‘lsa, turli oqova, chiqindilarni zarar sizlantirish, 
tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan 
is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o‘simliklar tomonidan uzluksiz qayta 
ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo 
tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so‘nggi davrlarda shu darajada 
me’yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o‘z-o‘zini tiklash, tozalash 
xususiyatidan tobo ra mahrum bo‘lib bormoqda.
Atrof-muhitning ifloslanishi barcha geografik qobiqlarda kuchayib bor-
moqda.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish