Mavzu: Muhit ifloslanishida transportning o’rni



Download 62,5 Kb.
Sana31.01.2021
Hajmi62,5 Kb.
#58085
Bog'liq
Ekologiya


Mavzu: Muhit ifloslanishida transportning o’rni

Reja:


  1. Avtotransport vositalarining havo muhitiga ta’siri.

  2. Suv transportining suv muhitiga ta’siri.

  3. Xavo transportining atmosfera havosiga ta’siri.

  4. Atmosfera havosini avtotransport chiqindilaridan muhofaza qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Hozirgi davrda inson salomatligi uchun eng xavfli manbalardan yana biri avtotransport vositalaridan chiqadigan zaxarli gazlardir. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, AQSH va Yaponiyada atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi o’rinda turadi. Xorijiy mamlakatlar atmosfera havosini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar, shuningdek, azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60-70 % ini tashkil qilsa, bizda 14 % ini tashkil qiladi. Umuman, ichki yonuv vositalari atmosfera xavosini ifloslantirish borasida salmoqli o’rinni egallaydi.

MDXda avtotransport vositalari 1988-yilning o’zida 35,8 mln.tonna zararli moddalarni havoga chiqarib tashlagan. Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent, Erevan va boshqa shaharlar havosida is gazi ruxsat etilgan mikdoridan 3-10 barobar ziyod ekanligi qayd etilgan.

Qizig’i shundaki, sulfat angidridi atmosfera xavosida turli reaksiyalarga kirishib, atmosfera xavosi namligida erib, qataliz hamda fotokimyoviy jarayonlar vositasida oqsidlanadi va pirovardida, sulfat kislotasini hosil qiladi. Bunday kimyoviy birikmalar 750-1500 metr balandlikka ko’tarilib, hatto 3000-4000 metr masofaga yetadi. Shuning uchun sanoat korxonalari joylashgan markazlar atrofidagi turar joylarda sulfat kislotasi yomg’ir bo’lib yog’adi va tabiatga shu jumladan, tirik organizmlarga katta zarar etkazadi.

Agar 1950-yili atmosferaga 70 mln.tonna, 1975-yili 120 mln.tonna, 1980- yili 181 mln.tonna zaxarli moddalar chiqarib tashlangan bo’lsa, 2000-yilda 280 mln.tonna tajavvuzkor moddalar atmosferani bulg’ashi taxmin qilinmoqda. Atmosfera havosining kundan-kunga, yildan-yilga bunchalik ifloslanib borishiga avtotransportning “aybi” borligi yaqqol ko’rinib turibdi. Shuni ham qayd qilish kerakki, avtomabillar purkagan gazlar tarkibidagi is gazlari (SO), azot qo’sh oksidi(NO2), uglevodorodlar bilan bir qatorda juda zaxarli modda qurg’oshin ham mavjud.

Avtotransport vositalari tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi dudbo’ronlardan chiqadigan gazlarning tarkibi va mikdoriga, transport xarakati tezligiga, mashinalar soniga, ko’chalarning katta-kichikligiga ularning loyixasiga, relefiga, turar joylarning topografik xolatiga, joylarning xolatiga, iqlim sharoitiga va meteorologik omillariga bog’lik bo’ladi. Avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy moddalari is gazi, uglevodorodlar, azot oksidlari, aldegidlar, ketonlar, akrolein, qo’rg’oshin va boshqalar aksariyat xollarda gigienik nuktai nazardan juda zararli hisoblanib, belgilangan me’yordan ortgan xolda bo’ladi.

Avtotransport vositasidan atmosfera havosiga tashlanadigan ba’zi zaxarli gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Azot qo’sh oksidi parchalanib, azot oksidiga aylanadi, natijada atomlar xolidagi oksigen(kislorod) xosil bo’ladi, aldegid va kationlar esa radikallarni paydo qiladi. Mazkur ko’rinishdagi reaksiyalar navbatdagi ikkinchi reaksiyalarning kelib chiqishiga yordam beradi, oqibatda o’ta zaxarli tarkibga ega bo’lgan smog xosil bo’ladi. Biz yuqorida tashqi muxitga nixoyatda tasirchan ko’rg’oshin bilan ifloslanishiga asosan avtomobillar sababchi ekanligini ko’rsatib o’tgan edik. Manbalarda keltirilishicha, 1928-yildan avtotransport yonilg’ilari tarkibiga tetroetilko’rg’oshin birikmasi ko’shiladigan bo’ldi va bu usul 1959-yildan boshlab tadbiq etila boshlandi.

Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan qo’rg’oshin birikmalari 1 m3

atmosfera h avosida 1-2 mg.dan 4-5 mg.gacha yetadi, bunda albatta, motorlarning

ish rejimiga qarab, xavoning ifloslanish darajasi o’zgarib turadi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, qishloqlardagi turar joylardagi 1m3 havo tarkibida qo’rgoshin miqdori 0,1 dan 0,5 m ga teng bo’lsa, shaharlar havosida 1 dan 5 mkg atrofida bo’ladi. Katta magistral yo’llar atrofidagi 1 m3 havo tarkibida 14-38 mkg qo’rgoshin borligi aniqlangan.

Avtotransport vositalari sonining ortib borishi tashqi muhitga ajralib chiqayotgan qonserogen moddalarning salmog’ini ortishiga olib keladi. Ko’rinib turibdiki, tajovuzkor va zaxarli hisoblangan qo’rg’oshin va qonserogen moddalar orasida qandaydir uzviy bog’lanish bo’lib, ulardan biri salmog’ining ortishi ikkinchisining ham ortishiga ham bog’liq bo’ladi. Ularning tabiatda aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin:

> inson


Xavo —> tuproq—> o’simliklar dunyosi —> odamlar.

> hayvon


Ko’rsatilgan tarix asosida xavfli, tajovuzkor moddalar tashqi muhitda aylanib yurib, pirovardida odam organizmiga salbiy tasirini ko’rsatmasdan qolmaydi, degan xulosaga kelish mumkin.

Avtotransport vositalari atmosfera xavosini azot oksidi bilan 40,5%, uglerodlar bilan 42% zararlantiradi. Xavoga chiqarib tashlanadigan 100 mln.tonnaga yaqin is gazining 73,5 mln.tonnasi yoki 78% i avtotransport vositalariga to’g’ri keladi. Shaxarlar havosining 60% ini zaxarli gazlar bilan ifloslanishi avtotransport hisobiga to’g’ri keladi.



  1. Tabiat boyliklari shunday taqsimlanganki, bir region neftga boy bo’lsa,

boshkasi metallarga boy, qaysi bir mamlakat qurilish materiallariga juda boy

bo’lsa, ikkinchi mamlakat undan maxrum. Bunday tabiiy boyliklarni bir regiondan

ikkinchi regionga tashishni avtotransportlar orqali amalga oshirish mumkin emas.

Bunga bir tomondan, kit’alar katta okean va dengizlar bilan ajratilganligi bo’lsa,

ikkinchidan, katta hajmdagi yuklarni avtotransportlarda tashish iqtisodiy jixatdan

samara bermaydi. Shu sababli transport vositalari orqali tashilayotgan yukning

umumiy miqdori bo’yicha hisoblaydigan bo’lsak, birinchi o’rinda dengiz va okean taransportlari turadi. 1980 yillar atrofida neft maxsulotlari qazib olish dunyo bo’yicha o’zining eng baland nuqtasiga chiqqan edi. O’sha yillarda 3 mlrd.tonna atrofida neft qazib olingan bo’lsa, uning taxminan 60% i Fors ko’ltig’i mamlakatlariga to’g’ri keldi. Shu bilan birga jaxonda ayrim mamlakatlar borki, ularda umuman neft qazib olinmaydi. Masalan: Yaponiyaga o’xshagan sanoati juda rivojlangan mamlakat yiliga 300-400 mln.tonna neftni qayta ishlab undan energiya, avtotransport yoqilg’ilari, kimyoviy maxsulotlar va boshqa dori- darmonlar ishlab chiqaradi. Shu neftni taxminan 90 % dan ko’prog’i tankerlarda O’rta Shark mamlakatlaridan va uzoq indoneziyadan olib kelinadi. Yevropadagi juda ko’pchilik mamlakatlar Fors qo’ltig’i mamlakatlaridan, bir qismini sobik ittifoqdan olar edi. Mana shunday katta xajmdagi neft va neft mahsulotlarini tankerlar va super tankerlarda tashilishi natijasida yiliga 10-12 mln.tonna neft va neft maxsulotlari dengizlarga to’kilmoqda. Tankerlarni qanday yuk bilan avariya bo’lishi va cho’kishidan qat’iy nazar, dengiz suvlar u yomon darajada ifloslanadi.

1960-yili AQSH ning Liberiya bayrog’i bilan yurgan “Tori kanvon” nomli

super tankeri Angliyaning janubiy Yevropa qismida dengizning sayoz joyida

toshga urilishi natijasida 12000 tonna xom neft bilan halokatga yuz tutdi. Juda

katta urinishlarga qaramay qutqarish mumkin bo’lmadi, natijada tanker cho’kib

ketdi. Undan to’kilgan katta miqdordagi neft Angliya va Fransiya qirg’oqlarigacha

yetib keldi. Bir necha oy davomida cho’milish xavzalaridan foydalanish mumkin

bo’lmadi. Eng achinarlisi shundaki, biosferaga, ayniqsa gidrosferaga juda katta

zarar etdi. Bir necha ming tur dengiz hayvonlari va shuningdek dengiz kirg’og’ida

yashaydigan hayvonlar va qushlar xalok bo’ldi. Dengiz ekologiyasi buzildi. 1976

yili Tinch okeanida 10000 tonnali tanker, shu yili Ispaniyaning uncha uzok

bo’lmagan rayonida 40000 tonnali tanker, shu yili Amerikaning shimoliy sharqida

27000 tonnali tanker, Los-Anjeles yakinida 40 ming tonnali tanker avariyaga

uchradi. Amerikada chiqadigan “Taym” jurnalida ta’kidlanishicha, fakat 1976

yilning o’zidagina 19 ta tanker xalokatga uchradi. 1964-1976 yillar orasida 198 ta

tanker xalokatga uchradi va uning oqibatida 108 kishi xalok bo’lgan. 1917 yili 2 ta

AQSHning super tankeri har biri 330 ming tonnadan neft bilan o’zaro to’qnashib xalokatga uchradi va okeanga 26 ming tonna neft to’kildi. Tarixda eng katta xalokat 1978 yili Amerikaning Liberiya bayrog’i bilan yuradigan ―Amakades” super tankerida O’rta yer dengizida yuz berdi. Tankerda 220 ming tonna neft maxsulotlari bo’lib, ularning to’kilishi natijasida dengizning 3,5 ming kv.m qismi neft maxsulotlari bilan qoplangan. Bir necha yuz ming dengiz hayvonlarining xalokatiga sabab bo’ldi. 3. Atmosfera xavosining ifloslanishiga juda tez rivojlanayotgan aviatsiya ham o’z xissasini qo’shmoqda. Bitta o’rtacha xavo layneri 8 soat uchishi davomida 25 tonna aviakerosin sarflab, 200 tonna kislorodni boshqa gazlarga aylantirib yuboradi. TU-144 tipidagi samolyotlar yuqoridagiga nisbatan 3-4 barobar ko’proq yoqilg’i va kislorod sarflaydi. Samolyotlarda ham yonish maxsulotlari asosan avtomabillarnikiga o’xshash. Ammo bu yerda azot oksidlarining miqdori ancha ortiq. Samolyotlar uchishi natijasida atmosferada sun’iy bulut xosil bo’ladi va o’z navbatida mikroiqlim yomonlashuviga olib keladi. Eng yomoni shundaki, samolyotlardan xosil bo’layotgan azot oksidlari xisobiga ozon kavati yemirilib

bormoqda.



4. Yuqorida aytib o’tilganidek, shaharlar xavosini ifloslantiradigan asosiy omillardan biri avtotransport vositalaridir. Bular ifloslantirgan havoning zaxarliligini kamaytirish maqsadida yoki xavoga chikarib tashlanadigan chikindilarning umumiy miqdorini kamaytirish uchun turli texnologik jarayonlarni qo’llash yo’li bilan istalgan maqsadga erishish mumkin. Masalan, motor silindrlarida paydo bo’ladigan zaxarlar kuchini neytralizatorlar yordamida kesish mumkin. Bundan tashqari har qanday yo’qilgi to’la yonishini ta’minlaydigan motorlar ishlab chiqarilishi kerak. Atmosfera xavosini avtotransport chikindilaridan saklash uchun shaxar asosiy erlari, yo’laklar soz bo’lishini ta’minlash, chorraxalarda tartib o’rnatish, transprot xarakatini tog’ri yo’lga qo’yish maqsadida shaxar qurilish loyixalarini lozim darajada o’zgartirish, ko’cha chetlariga daraxtlar o’tkazish, yer osti yo’llarini ko’paytirish, ayniqsa, chorraxalarda avtotransport to’planib qolishiga yo’l ko’ymaslik kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. N.Jabbarov “Ximiya va atrof-muxit”, Toshkent “O’qituvchi”, 1992 yil 13-27 betlar.

  2. Sh.Otaboev, M.Nabiev “Inson va biosfera”, Toshkent “O’qituvchi”, 1995 y. 24­35 bet.

  3. Yu.SHodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish”, Toshkent “O’qituvchi”, 1994 yil, 169- 171 betlar.

  4. X.T.Tursunov “Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish”, Toshkent 1997 yil, 19-26 betlar.




Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish