Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Atmosfera
elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, 
transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong‘inlar 
tufayli ifloslanmoqda. Bular natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, 
aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmos ferada, ayniqsa, is 
gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO
2
) salmog‘ining oshib borishi katta ekologik 
muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur 
olim Y.B.Xaritondan: «Dahshatli termoyadro qurol larining ishlab chiqarilishi va 
uning tarqalishi insoniyatni yo‘q qilib yuborish xavfini tug‘dirmaydimi?» – deb 
so‘ra ganlarida, u: «Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki 
«issiqxona samarasi» katta xavf tug‘diradi, ya’ni iqlimning global miqyosda 
isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi», – deb javob 
bergandi.
Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, 
fosforli, qo‘rg‘oshin, simob, aluminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar 
bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O‘z 
navbatida, bu iqlimning o‘zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland 
tog‘lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi 
mumkin.
Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muam moni 
qo‘ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko‘p chiqarib 


30
yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining 
tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. «Ozon tuynugi» deb nomlangan ana shu 
holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so‘nggi yillarda 
esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi.
Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi 
munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq. 
Demak, insoniyat oldida tabiatga «Siz» deb munosabatda bo‘lish vazifasi turadi.
Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo‘llarini izlash va 
bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi.
Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo‘llari ishlab chiqilgan. 
Ulardan 
birinchisi
– atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yo‘l 
bermaslik choralarini ko‘rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi 
tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg‘ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta 
ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish 
kabi yo‘llardan foydalanish lozim.
Ikkinchi yo‘l
– ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay 
oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz 
ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir.
Uchinchi yo‘l 
– aholi zich yashaydigan hududlarni «iflos» ishlab chiqarish 
tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko‘p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari 
qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, sellu-
loza-qog‘oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So‘nggi davrlarda dunyoning 
ko‘pchilik yetakchi industrial mamlakatlarida bunday «iflos» ishlab chiqarish 
tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o‘zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylash-
tirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida 
O‘zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So‘nggi yillarda bunyod 
etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo‘ng‘irot soda va Sho‘rtan gaz-kimyo 
sanoat markazlari keng yaydoq cho‘l hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik 
sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish