Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Savol va topshiriqlar
1. Koreya Respublikasi sanoati haqida gapirib bering.
2. Iqtisodiy o‘sish omillarini aniqlab, ularni baholang.
47-§. Yaponiya: iqtisodiy-geografik tahlili.
Tabiiy sharoiti va resurslari
Tayanch iboralar
Yaponiya, Nippon, Xonsyu, Xondo, Tokaydo, Kanto, musson iqlim, zilzila, arxipelag.
Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming km
2
. Hududining muhim xu-
susiyatlaridan biri uning bir-biriga yaqin katta va kichik orollarda joy-
lashganligidir. Ulardan 4 tasining maydoni ancha kattadir. Bularga Xonsyu, 
Xokkaydo, kyusyu va sikoku orollari kiradi. U unitar davlat bo‘lib, 47 ta 
prefekturaga bo‘linadi.
Yaponiya, asosan, tog‘li mamlakat. Hududining 75 % ini tog‘lar egallaydi. 
Eng baland tog‘i Fudziyama (3776 m) yapon xalqining ommaviy topinadi-
gan-sig‘inadigan muqaddas joyi hisoblanadi. Tekisliklari, asosan, Tinch okeani 
sohillari bo‘ylab joylashgan. Ayniqsa, Tokio qo‘ltig‘i bo‘yidagi Kanto past-
tekisligi mashhurdir. 
Yaponiya biron-bir yer osti boyliklari bilan o‘zini o‘zi ta’minlay olmasa-da, 
boy dengiz, geotermal, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega.
Iqlimi musson xarakterda. Qish oylari nisbatan qurg‘oqchil va sovuq, ammo 
shimoldan janubga qarab isib boradi. Yoz esa ancha namli va issiq o‘tadi. Yog‘in 
miqdori 1700 – 4000 mm, tez-tez yer silkinishlari bo‘lib turadi. Ba’zan u juda 
kuchli, halokatli tarzda ro‘y beradi.
Yaponiya aholisi
127,0 mln. kishi. Aholisining soni bo‘yicha jahon 
mamlakatlari orasida o‘ninchi o‘rinda turadi. Aholisi soni keyingi yillarda 
qisqarib bormoqda. Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan bo‘lishiga qaramasdan, 
Osiyoda birinchi bo‘lib, demografik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, II tipdan I tipga 
o‘ta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tug‘ilish 8 kishiga, o‘lim ham 8 kishiga 


151
to‘g‘ri kelmoqda, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari dunyo bo‘yicha eng pastdir. Shu 
bilan birga aholisi o‘rtacha 83 yoshdan ortiqroq umr ko‘rmoqda. Yaponiya bir 
millatli davlat. Aholisining 99 % i yapon millatiga mansub. Aholining o‘rtacha 
zichligi 1 km
2
maydonga 337 kishiga teng. Agar mamlakat aholisining asosiy 
qismi umumiy maydonining 10 % ida yashashini hisobga olsak, amalda aholi 
yashaydigan hududlarda bu ko‘rsatkich 1000 kishini tashkil qiladi. Yaponiya 
yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami 
aholining 67,0 % i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 
dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo‘lib, unda 34,4 mln. 
dan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan yana 6 ta 
shahari bor. Mamlakatda yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Tokio – 
Nagoya – Osaka yo‘nalishi bo‘ylab 600 km dan ortiq masofaga cho‘zilgan hudu-
dida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Xokaydo tashkil topgan, unda 
55 mln. kishi mavjud.
Foydalaniladigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo‘lganligi sababli, 
Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni «osmono‘par» qilib qurish bilan birga, 
ularning qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida 
texnopolis – ilmiy-muhandislik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo‘ltiq va 
ko‘rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to‘ldirish hisobiga hosil qilingan 
hududlarida qurilmoqda.
Amaliy ish
Yozuvsiz xaritaga Yaponiya chegaralarini tushirib, unga qarashli orollar va arxipelaglar 
nomlarini yozib qo‘ying. Aholisi va shaharlarining joylanishiga xos xususiyatlarni aniqlang.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish