Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

iqtisodiyotning 
eng muhim tarmog‘i sanoatga (YIM ning 34,9 %i), 
xizmat ko‘rsatish sohasiga (60,1 %), qishloq xo‘jaligiga (3 % i) to‘g‘ri keladi. 
Metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika va 
elektronika ma shinasozligi, og‘ir mashinasozlik), kimyo va neft-kimyo sanoati, 
yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya 
«Samsung-Elektroniks», «Xunday», «Posko» va boshqa shu kabi industrial 
gigantlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Ushbu korxonalar mahsulotlarining 
katta qismi eksport qilinadi. 
Dehqonchilikda
sholichilik, sabzavotchilik (tarvuz, qovoq, turli xil ko‘katlar), 
mevachilik (nok, olma, shaftoli yetishtirish) va uzumchilik muhim o‘rin egallaydi. 
Chorvachilikda sut-go‘sht chorvachiligi, qoramolchilik va cho‘chqachilik rivoj-
langan.
Transporti 
juda yaxshi rivojlangan. Seul va Inchxon shaharlari xalqaro trans-
port logistik markazlari rolini bajarmoqda. Inchxon dunyodagi eng yirik aeroport 
bo‘lib, 44 ta mamlakatdagi 141 shahar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri avialiniyalarga ega. 
Temiryo‘l Seul shahrini tezyurar poyezdlar (350 km/soat) orqali mamlakatning 
boshqa shaharlari bilan bog‘laydi.
Janubiy Koreya tashqi savdosining hajmi 1980-yilgi 17,5 mlrd. AQSH dolla-
ridan 2012-yilga kelib 950 mlrd. AQSH dollariga oshdi. Ushbu ko‘rsatkich
bo‘yicha Janubiy Koreya jahon mamlakatlari ichida 11-o‘rinni, eksport bo‘yicha 
(473 mlrd. doll.) esa 12-o‘rinni egallaydi. Koreya Respublikasi O‘zbekiston bilan 
istiqbolli tashqi iqtisodiy aloqalarga ega. Ushbu mamlakatlar o‘rtasida 2011-yilda 
amalga oshirilgan savdo aylanmasi O‘zbekiston jami tashqi savdo aylanmasining 
10,6 % ini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Koreya Respublikasi jami davlatlar 
ichida Rossiya va Qozog‘istondan keyin 3-o‘rinni egallaydi. Mazkur ko‘rsatkich 
bo‘yicha Koreya Respublikasi O‘zbekistonga avtomobil dvigatellari, avtomobillar 
uchun rezina-texnika buyumlari, turli uskunalar, to‘qimachilik sanoati uchun 
asbob-uskunalar, uyali aloqaga oid telekommunikatsiya uskunalari eksport 
qiladi. U O‘zbekistondan paxta tolasi, rangli metallar (mis, rux), boyitilgan uran 
va boshqa mahsulotlarni import qiladi.


150
Amaliy ish
1. Yozuvsiz xaritaga Koreya Respublikasi iqtisodiy xaritasini tushiring va uni izohlab 
bering.
2. Koreya Respublikasi yirik shaharlarining geografik o‘rinlarini izohlang.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish